S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev




Download 10,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/183
Sana25.01.2024
Hajmi10,28 Mb.
#145814
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   183
Bog'liq
Axborot xavfsizligi

Tabiiy to ‘siqlarga tashkilot hududida yoki yonidagi yurish qi- 
yin bo‘lgan joylar (zovurlar, jarlar, qoyalar, daryolar, quyuq o ‘rmon 
va changalzor) taalluqli bo‘lib, ulardan chegaralar mustahkamligini 
kuchaytirishda foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
S u n ’iy to'siqlar odamlar tomonidan yaratilib, tabiiy to‘siqlar- 
dan konstruksiyasi va niyati buzuq ta’siriga barqarorligi bilan jiddiy 
farqlanadi. Ularga turli devorlar, qavatlararo pollar, shiplar, bino 
derazalari va h. taalluqli.
Barqarorligi eng past to‘siqlarga binolaming eshiklari va de­
razalari, ayniqsa, binoning birinchi va oxirgi qavatlaridagi eshiklar 
va derazalar taalluqli. Eshiklar (darvozalar)ning mustahkamligi ular- 
ning qalinligiga, ishlatilgan material xiliga va konstruksiyasiga ham- 
da qulflaming ishonchligiga bog‘liq.
Derazalar mexanik ta’sirga bardosh oyna va metall panjaralar 
yordamida mustaxkamlanadi.
Himoyaning oxirgi chegaralarini metall shkaflar, seyflar tash- 
kil etadi. Shu sababli ulaming mexanik mustaxkamligiga yuqori ta- 
lablar qo‘yiladi.
Metall shkaflar maxfiylik grifi yuqori bo‘lmagan hujjatlami, 
qimmatbaho narsalami, katta bo‘lmagan pul mablag'ini saqlashga
2 5 2


mo‘ljallangan. Shkaflaming ishonchliligi faqat metalning pishiqli- 
giga va qulflaming maxfiyligiga bogMiq.
Muhim hujjatlami, narsalami, katta pul mablag‘ini saqlash 
uchun seyflar ishlatiladi. Seyflarga devorlari orasidagi bo‘shliqqa 
turli materiallar, masalan, beton birikmalari bilan toidirilgan ikki 
qavatli metall shkaflar taalluqli.
Niyati buzuqlarning g‘ovlarni va mexanik to‘siqlami yengish- 
ga urinishlarini hamda yong‘inni aniqlash uchun turli fizik prinsip- 
larda qurilgan obyektlarni qo ‘riqlovchi texnik vositalardan foydala- 
niladi.
10.12-rasmda obyektlarni qo‘riqlovchi texnik vositalar komp- 
leksining namunaviy strukturasi keltirilgan. Qo‘riqlaydigan xabar- 
lovchi (datchik) texnik qurilma bo‘lib, u unga niyati buzuq tomo- 
nidan mexanik kuch va maydon ta’sir qilganida, trevoga signalini 
shakllantiradi.
10.12-rasm. Obyektlarni qo'riqlovchi texnik vositalar 
kompleksining namunaviy strukturasi.
Samarali universal datchiklami yaratish mumkin boim aganligi 
sababli, niyati buzuqning alohida alomatlarini va yong‘inni sezuvchi 
datchik turlarining katta soni yaratilgan. Turli xil datchiklardan olin- 
gan m a’lumotlardan birgalikda foydalanish xatoliklami kamaytirish- 
ga imkon beradi.
25 3


Signalizatsiya shleyfi elektr zanjimi hosil qilib, datchiklar va 
qabul qiluvchi - nazoratlovchi asboblaming elektr bog'lanishini 
ta’minlaydi. Ulovchi simlami tejash maqsadida datchiklar guruhlar- 
ga birlashtiriladi, shleyflar esa qabul qiluvchi - nazoratlovchi asbob 
bilan ulanadi. Masalan, qo‘riqlovchi va yong‘in datchiklari trevoga 
signallarini bitta shleyf orqali uzatadi.
Shleyflar qancha ko‘p bo‘lsa, datchiklaming o ’matilish joylari- 
ning lokalizatsiyalanganligi shunchalik aniq bo‘ladi va niyati buzuq- 
ning suqilib kirish joyi aniqroq aniqlanadi. Undan tashqari qo’riq- 
lash va yong’in signalizatsiyalari uchun alohida shleyflar bo‘lishi 
maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu holda yong‘indan qo’riqlash- 
ning signalizatsiya vositalarini ish vaqtida o ‘chirib qo‘yish mumkin.
Qabul qiluvchi - nazoratlovchi punkt datchiklardan keladigan 
signallami qabul qilish va ishlashga, qo‘riqlash xodimlarini tovush 
va yorug‘lik signali yordamida trevoga signallari kelganligi, dat­
chiklar va shleyflar ishlashidagi nosozliklar xususida xabardor qi- 
lishga mo‘ljallangan.
Hozirda televizion kuzatuv tizimi keng qo‘llanilmoqda. Bu ti- 
zim tarkibiga tungi vaqtda qo‘riqlanuvchi hududda kerakli yoritil- 
ganlik darajasini ta’minlovchi navbatchi yorituvchi vositalari ham 
kiradi. Kuzatish tizimi qo‘riqlanuvchi hudud va niyati buzuqlaming 
harakatini masofadan vizual nazoratlashga imkon beradi. Undan 
tashqari zamonaviy kuzatuv vositalarining imkoniyatlari niyati bu- 
zuqning nazoratlanuvchi zonalarga suqilib kirishini aniqlash va qo‘- 
riqlash masalalarini hal eta oladi.
Avtonom qo'riqlash tizimining ekspluatatsiyasi katta sarf - 
xarajatlami talab etadi. Shu sababli markazlashtirilgan qo‘riqlash 
tizimlari keng qo‘llaniladi. Ushbu tizimda niyati buzuqlami neytral- 
lashtirish masalasi bir necha tashkilotlar uchun umumiy hisoblanadi.
Markazlashtirilgan qo‘riqlashga misol tariqasida omonat bank 
filiallarini, kichik firmalami, xususiy uylami, dala hovlilami, xona- 
donlami qo‘riqlashni ko‘rsatish mumkin. Hududiy yonma - yon, 
masalan, bitta binoda joylashgan firmalar qo‘riqlashning umumiy 
bo‘linmasiga ega bo’lishlari mumkin. Samarali markazlashtirilgan 
qo‘riqlashni ichki ishlar vazirligining qo‘riqlash xizmati bo‘linmasi 
ta’minlaydi.
2 5 4


Trevoga signali kelishi bilan operator buyrug'i bo'yicha qo‘- 
riqlash obyektiga qurollangan xodimlar guruhi jo ‘natiladi. Qo'riq- 
lash guruhining obyektga yetib kelish vaqti qat’iy belgilangan (5-7 
daqiqa). Ammo markazlashtirilgan qo‘riqlash tizimining reaksiya 
vaqti avtonom qo'riqlash tizimiga qaraganda katta, ayniqsa, agar 
qo‘riqlanuvchi obyekt mobil qo‘riqlash guruhining mashinasi turgan 
joydan uzoqda bo‘lsa. Undan tashqari ushbu vaqt ba’zi hollarda no- 
joiz kattalashishi mumkin. Bunga misol tariqasida radioaloqaning 
buzilishini, yo‘llardagi tirbandlikni, tasodifiy yo‘l - transport hodisa- 
larini va h. ko‘rsatish mumkin. Ammo, markazlashtirilgan qo'riq­
lash tizimi tahdidlami, ayniqsa, qurolli hujumlami neytrallashda 
katta imkoniyatlarga ega.

Download 10,28 Mb.
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   183




Download 10,28 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev

Download 10,28 Mb.
Pdf ko'rish