ulanish holatini nazoratlashli filtrlash




Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/249
Sana20.05.2024
Hajmi7,8 Mb.
#246687
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   249
ulanish holatini nazoratlashli filtrlash
(state- 
fulinspection) yoki 
ekspert sathidagi filtrlash
deb yuritishadi. Bun­
day filtrlash paketlar holatini ko‘p sathli tahlillashning maxsus usul- 
lari (SMLT) asosida amalga oshiriladi.
Ushbu gibrid texnologiya tarmoq sathida paketlami ushlab qo­
lish va undan ulanishni nazorat qilishda ishlatiluvchi tatbiqiy sath 
axborotini chiqarib olish orqali ulanish holatini kuzatishga imkon 
beradi.
Ishlashi asosini ushbu texnologiya tashkil etuvchi tarmoqlararo 
ekran 
ekspert sath brandmaueri
deb yuritiladi. Bunday brandmauer- 
lar o‘zida ekranlovchi marshrutizatorlar va tatbiqiy sath shlyuzlari 
elementlarini uyg‘unlashtiradi. Ular har bir paket tarkibini berilgan 
xavfsizlik siyosatiga muvofiq baholaydilar.
Shunday qilib, ekspert sathidagi brandmauerlar quyidagilami 
nazoratlashga imkon beradi:
- mavjud qoidalar jadvali asosida har bir uzatiluvchi paketni;
- holatlar jadvali asosida har bir sessiyani;
- ishlab chiqilgan vositachilar asosida har bir ilovani.
Ekspert sath tarmoqlararo ekranlarining afzalliklari sifatida
ulaming foydalanuvchilar uchun shaffofligini, axborot oqimini ish- 
lashining yuqori tezkorligini hamda ular orqali o‘tuvchi paket- 
laming IP-adreslarini o‘zgartirmasligini ko‘rsatish mumkin. Oxirgi 
afzallik: IP-adresdan foydalanuvchi tatbiqiy sathning har qanday 
protokolining bunday brandmauerlardan hech qanday o‘zgarishsiz 
yoki maxsus dasturlashsiz birga ishlay olishini anglatadi.
Bunday brandmauerlaming avtorizatsiyalangan mijoz va tashqi 
tarmoq kompyuteri orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanishga yo‘l qo‘-
212


yishi, himoyaning unchalik yuqori bo‘lmagan darajasini ta’min­
laydi. Shu sababli, amalda ekspert sathini filtrlash texnologiyasidan 
kompleks brandmauerlar ishlashi samaradorligini oshirishda foyda- 
laniladi. Ekspert sathning filtrlash texnologiyasini ishlatuvchi komp­
leks brandmauerlarga misol tariqasida Fire Wall-1 va ON Guardlami 
ko‘rsatish mumkin.

Download 7,8 Mb.
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   249




Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish