Ta’kidlash lozimki, aloqaning kommutatsiyalanuvchi liniyasi
orqali ulanuvchi masofadagi foydalanuvchilaming ishi ham
tashkilotda o‘tkaziluvchi xavfsizlik siyosatiga muvofiq nazorat
qilinishi shart. Bunday masalaning namunaviy hal etilishi - zaruriy
funksional imkoniyatlarga ega bo‘lgan masofadan foydalanish ser-
verini (terminal servemi) o‘matish. Terminal server bir necha
asinxron portlarga va lokal tarmoqning bitta interfeysiga ega bo‘l-
gan tizim hisoblanadi. Asinxron portlar va lokal tarmoq orasida ax
borot almashish faqat tashqi foydalanuvchini autentifikatsiyalashdan
keyin amalga oshiriladi.
Terminal servemi ulashni shunday amalga oshirish lozimki,
uning ishi faqat tarmoqlararo ekran orqali bajarilsin. Bu masofadagi
foydalanuvchilaming tashkilot axborot resurslari bilan ishlash xavf-
sizligining kerakli darajasini ta’minlashga imkon beradi.
Terminal servemi ochiq qismtarmoq tarkibiga kiritilganida,
bunday ulanish joiz hisoblanadi. Terminal serveming dasturiy ta’-
minoti kommutatsiyalanuvchi kanallar orqali aloqa seanslarini ma’-
murlash va nazoratlash imkoniyatini ta’minlashi lozim. Zamonaviy
terminal serverlami boshqarish modullari serveming o‘zini xavfsiz
ligini ta’minlash va mijozlaming foydalanishini chegaralash bo‘-
yicha yetarlicha rivojlangan imkoniyatlarga ega va quyidagi funk-
siyalami bajaradi:
- ketma-ket portlardan, PPP protokoli bo‘yicha masofadan
hamda ma’mur konsolidan foydalanishda lokal parolni ishlatish;
- lokal tarmoqning qandaydir mashinasining autentifikatsi-
yalashga so‘rovidan foydalanish;
- autentifikatsiyalashning tashqi vositalaridan foydalanish;
- terminal served portlaridan foydalanishni nazoratlovchi ro‘y-
xatni o‘matish;
- terminal server orqali aloqa seanslarini protokollash.