ISO/IEC 27001:2005 - “Axborot texnologiyalari. Xavf­




Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/249
Sana20.05.2024
Hajmi7,8 Mb.
#246687
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   249
ISO/IEC 27001:2005 - “Axborot texnologiyalari. Xavf­
sizlikni ta’minlash metodlari. Axborot xavfsizligini boshqarish
tizimlari. Talablar”. 
Ushbu standart axborot xavfsizligini 
boshqarish tizimini (AXBT) ishlab chiqish, joriy etish, uning 
ishlashi, monitoringi, tahlili, unga xizmat ko‘rsatish va uni 
takomillashtirish modeli va talablaridan iborat. AXBT joriy etilishi 
tashkilotning strategik qarori bo‘lib qolishi kerak. AXBTni ishlab 
chiqish va joriy etishda xavfsizlikning ehtiyojlari, maqsadlari, 
foydalaniladigan jarayonlari, tashkilotning ko‘lami va strukturasi 
hisobga olinishi kerak. AXBT va uning yordamchi tizimlari vaqt 
o‘tishi bilan o‘zgaradi degan taxmin bor. Shuningdek, AXBTni 
kengaytirish masshtablari tashkilotning ehtiyojlariga bog‘liq bo‘ladi, 
masalan, oddiy vaziyat AXBT uchun oddiy yechimni talab qiladi.
36


Muvofiqlikni baholash uchun ushbu standartdan ichki va tashqi 
tomonlar foydalanishi mumkin.
Jarayonli yondashuv.
Ushbu standart tashkilot AXBTni ishlab 
chiqish, joriy etish, uning ishlashi, monitoringi, tahlili, unga xizmat 
ko‘rsatish va uni takomillashtirishda jarayonli yondashuvning 
qo‘llanishiga yo‘naltirilgan.
Tashkilot muvaffaqiyatli ishlashi uchun faoliyatning ko‘p sonli 
o‘zaro bog‘liq turlarini aniqlashi va ulami boshqarishni amalga 
oshirishi 
kerak. 
Aktivlardan 
foydalanuvchi 
va 
kirishlami 
chiqishlarga o‘zgartirish maqsadida boshqariladigan faoliyatning 
barcha turlariga jarayonlar sifatida qarash mumkin. Ko‘pincha bir 
jarayonning chiqishi keyingi jarayonning bevosita kirishini hosil 
qiladi.
Tashkilotda jarayonlar tizimini identifikatsiyalash va ulaming 
o‘zaro harakati bilan bir qatorda jarayonlar tizimidan foydalanish, 
shuningdek, jarayonlami boshqarish 
jarayonli yondashuv
deb 
hisoblanishi mumkin.
Bunday yondashuv 
axborot xavfsizligida 
qo‘llanganda 
quyidagilaming muhimligini ta’kidlaydi:
- tashkilotning axborot xavfsizligi talablarini va axborot 
xavfsizligi siyosati va maqsadlarini belgilash zarurligini tushunish;
- tashkilot barcha biznes-tavakkalchiliklaming umumiy kon- 
tekstida tashkilot axborot xavfsizligi xatarlarini boshqarish chora- 
larini joriy etish va qo‘llash;
- AXBT unumdorligi va samaradorligining doimiy monitoringi 
va tahlili;
- obyektiv o‘lchashlar natijalariga asoslangan uzluksiz tako- 
millashtirish.
Ushbu standartda AXBT har bir jarayonini ishlab chiqishda 
qo‘llanishi mumkin bo‘lgan 
rejalashtirish - amalga oshirish -
tekshirish - harakat
[«Plan-Do-Check-Act» (PDCA)] modeli 
keltirilgan.
Ushbu model AXBT axborot xavfsizligi talablari va man- 
faatdor tomonlaming kutilayotgan natijalaridan kiruvchi ma’lu- 
motlar sifatida qanday foydalanishini va zarur xatti-harakatlar va 
jarayonlami amalga oshirish natijasida e’lon qilingan talablar va
37


kutilayotgan natijalami qanoatlantirishidan dalolat beradigan 
ma’lumotlami olishini ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, PDCA modeli «Axborot tizimlari va 
tarmoqlari xavfsizligi bo‘yicha iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish 
tashkiloti»ning amaldagi ko‘rsatmalariga mos keladi. Ushbu stan- 
dart xatarlami boshqarish, xavfsizlik choralarini rejalashtirish va 
amalga oshirish, xavfsizlikni boshqarish va qayta baholashda ushbu 
prinsiplami qo‘llashning amaliy modelini taqdim etadi.
1-misol.
Axborot xavfsizligining buzilishi tashkilot uchun 
jiddiy moliyaviy yo‘qotishlaming va/yoki qandaydir qiyinchi- 
liklaming sababi bo‘la olmaydi degan talab qo‘yilishi mumkin.
2-misol.
Qandaydir jiddiy mojaro, masalan, sayt yordamida 
elektron savdoni amalga oshirayotgan tashkilot saytining buzilishi 
natijasida yuzaga keladigan holat uchun - tashkilot buzilish 
oqibatlarini minimumga keltirish uchun yetarli bilim va tajribaga 
ega bo‘lgan mutaxassislarga ega bo‘lishi kerak. 3.1-rasmda AXBT 
jarayonlariga PDCA modelini qo‘llash ko‘rsatilgan.

Download 7,8 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   249




Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ISO/IEC 27001:2005 - “Axborot texnologiyalari. Xavf­

Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish