lari uchun axborotni shifrlashning umumiy algoritmini va ma’lu-
motlami shifrlash qoidasini belgilaydi.
0 ‘z DSt 1092:2009 - “Axborot texnologiyasi. Axborotning
kriptografik muhofazasi. Elektron raqamli imzoni shakllan-
tirish va tekshirish jarayonlari”.
Ushbu standart umumiy foydalanishdagi muhofazalanmagan
telekommunikatsiya
kanallari orqali uzatiladigan, berilgan xabar
(elektron hujjat) ostiga qo'yilgan elektron raqamli imzo ( ERI)ni
shakllantirish va uning haqiqiyligini
tasdiqlash uchun elektron
raqamli imzo algoritmi (ERIA)ni belgilaydi.
Standart elektron raqamli imzoni shakllantirish va uning
haqiqiyligini tasdiqlashda turli maqsadlar uchun kerakli axborotlami
qayta ishlash tizimlarida qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
Ushbu standartda quyidagi standartlarga
havolalardan foyda-
lanilgan:
0 ‘z DSt 1047:2003 Axborot texnologiyalari. Atamalar va
ta’riflar.
0 ‘z DSt 1109:2006 Axborot texnologiyasi.
Axborotning
kriptografik muhofazasi. Atamalar va ta’riflar.