Xesh-funksiya foydalanuvchini autentifkatsiyalashda ham
keng qo‘llaniladi. Axborot xavfsizligining
qator texnologiyalarida
shifrlashning o‘ziga xos usuli
bir tomonlama xesh-funksiya yorda
mida shifrlash
ishlatiladi. Bu shifrlashning o‘ziga
xosligi shundan
iboratki, u mohiyati bo‘yicha bir tomonlamadir, ya’ni teskari muo-
laja - qabul qiluvchi tomonda rasshifrovka qilish bilan birga olib
borilmaydi. Ikkala taraf (jo‘natuvchi va qabul qiluvchi) xesh-funk
siya asosidagi bir tomonlama shifrlash muolajasidan foydalanadi.
Eng ommabop xesh-funksiyalar -MD4, MD5,SHA1, SHA2.
MD4 va MD5 - P. Rayvest tomonidan ishlab chiqilgan axborot
daydjestini hisoblovchi algoritm. Ulaming har biri 128
bitli xesh-
kodni tuzadi. MD2 algoritmi eng sekin ishlasa, MD4 algoritmi
tezkor ishlaydi. MD5 algoritmi MD4 algoritmining
modifikatsiyasi
bo‘lib, MD4 algoritmida xavfsizlikning oshirilishi evaziga tezlikdan
yutqazilgan. SHA(Secure Hash Algorithm) - 160 bitli
xesh-kodni
tuzuvchi axborot daydjestini hisoblovchi algoritm. Bu algoritm
MD4 va MD5 algoritmlariga nisbatan ishonchliroq.
SHA-1 xeshlash funksiyasi algoritmi.
Kafolatiangan bar-
doshlilikka ega bo‘lgan xeshlash algoritmi SHA (SecureHash-
Algorithm) AQShning standartlar va texnologiyalar Milliy instituti
(NIST) tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, 1992-yilda axborotni
qayta ishlash federal standarti (PUBFIPS 180) ko‘rinishida
nashr
qilindi. 1995-yilda bu standart qaytadan ko‘rib chiqildi va SHA-1
deb nomlandi (PUB FIPS 180). SHA algoritmi MD4 algoritmiga
asoslanadi va uning tuzilishi MD4 algoritmining tuzilishiga juda
yaqin. Bu algoritm elektron raqamli imzoni shakllantirish bo‘yicha
DSS standartida qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Bu algoritmda kiruv-
chi ma’lumot
uzunligi
2M
bitdan kichik, xesh qiymat uzunligi 160
bit bo‘ladi. Kiritilayotgan ma’lumot 512 bitlik bloklarga ajratilib,
qayta ishlanadi.
Xesh qiymatni hisoblash jarayoni quyidagicha bosqichlardan
iborat:
1-bosqich: To‘ldirishbitlarini qo‘shish.
2-bosqich: Ma’lumotning uzunligini qo‘shish.
3-bosqich: Xesh qiymat uchun bufer initsializatsiya qilish.
4-bosqich: Ma’lumotni 512
bitlik bloklarga ajratib, qayta ish
lash.
108
5-bosqich: Natija.
SHA-1 algoritmidagi bir iteratsiya sxemasi 5.17-rasmda kel
tirilgan.