• El-Gamal tizimi
  • Мак-Elis kriptotizimida
  • Nazorat uchun savollar
  • S. K. Ganiyev




    Download 7,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet65/249
    Sana20.05.2024
    Hajmi7,8 Mb.
    #246687
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   249
    (mod
    33
    ) = 
    9
    Dastlabki son ketma-ketligi rasshifrovka qilingan 
    X(i)=<4,
    1,9> 
    ko‘rinishida dastlabki matn  bilan almashtiriladi.
    Keltirilgan misolda hisoblashlaming soddaligini ta’minlash 
    maqsadida mumkin bo‘lgan kichik sonlardan foydalanildi.
    El-Gamal tizimi
    chekli maydonlarda diskret logarifmlaming 
    hisoblanish murakkabligiga asoslangan. RSA va El-Gamal tizim­
    larining asosiy kamchiligi sifatida modul arifmetikasidagi murakkab 
    amallaming bajarilishi zaruriyatini ko‘rsatish mumkin. Bu, o ‘z nav- 
    batida, anchagina hisoblash resurslarini talab qiladi.
    Мак-Elis kriptotizimida
    xatoliklami tuzatuvchi kodlar ishlatila­
    di. Bu tizim RSA tizimiga nisbatan tezroq amalga oshirilsa-da, 
    jiddiy kamchilikka ega. Мак-Elis kriptotizmsida katta uzunlikdagi 
    kalit ishlatiladi va olingan shifrmatn uzunligi dastlabki matn 
    uzunligidan ikki marta katta bo‘ladi.
    Barcha ochiq kalitli shifrlash usullari uchun 
    NP-
    to‘liq masalani 
    (to‘liq saralash masalasini) yechishga asoslangan kriptotahlil usuli- 
    dan boshqa usullarining yo‘qligi qat’iy isbotlanmagan. Agar bunday 
    masalalami yechuvchi samarali usullar pay do bo‘Isa, bunday xildagi 
    kriptotizim obro‘sizlantiriladi.
    Yuqorida ko‘rilgan shifrlash usullarining kriptobardoshligi ka­
    lit uzunligiga bog‘liq bo‘lib, bu uzunlik zamonaviy tizimlar uchun, 
    loaqal, 90 bitdan katta bo‘lishi shart.
    Ayrim muhim qo‘llanishlarda nafaqat kalit, balki shifrlash al­
    goritmi ham maxfiy bo‘ladi. Shifrlaming kriptobardoshligini oshi­
    rish uchun bir necha kalit (odatda uchta) ishlatilishi mumkin. Birin­
    chi kalit yordamida shifrlangan axborot ikkinchi kalit yordamida 
    shifrlanadi va h.
    105


    Nazorat uchun savollar:
    1. Asimmetrik shifrlash tizimlarini ishlash prinsipini tushun- 
    tirib bering.
    2. RSA asimmetrik algoritmining shirflash qadamlarini yoritib 
    bering.
    3. El Gamal asimmetrik shifrlash algoritmi qanday matematik 
    muammolarga asoslangan?
    4. Asimmterik shirflash algoritmlari turiga kiruvchi qanday 
    algoritmlarni bilasiz?
    5. Asimmterik shirflash algoritmlarining afzalliklari va kam- 
    chiliklari.

    Download 7,8 Mb.
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   249




    Download 7,8 Mb.
    Pdf ko'rish