|
Elektron multimedia taqdimoti mediareallikni idrok etish ob'ekti sifatida
|
Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 1,26 Mb. | | #244513 |
Elektron multimedia taqdimoti mediareallikni idrok etish ob'ekti sifatida.
Reja:
- Prezi dasturi imkoniyatlari.
- Prezi.com da ro‘yxatdan o‘tish.
- Prezi dasturida yangi taqdimot yaratish.
- Taqdimotga ob’ektlarni joylashtirish
Flesh taqdimotlarning zamonaviy vositalaridan biri bu - Prezi dasturidir. Prezi dasturining o`ziga xosligi shundan iborat-ki, bu dasturda taqdimotlar ketma-ket namoyish etiladi.
Power Point bilan Prezi dasturlari orasidagi eng katta farq shundaki, Prezi asosan linyali formatga urg’u beradi. Prezi g’oya, fikr va rejalar tarmog’ini qurush uchun ishlatiladi.
ZUI – (zooming user interface) ob’yektivdagi suratni foydalanuvchilarga yaqinlashtirib yoki uzoqlashtirib ko’rsatadi. ZUI foydalanuvchilarga turli xil hujjatlarni o’zaro, to’gridan to’g’ri ko’rib, o’rganib chiqishga imkon beradi.
Umuman olganda, Prezi Windows operatsion tizimida ishlash uchun mo’ljallangan dastur. Prezi murakkab taqdimot yaratishda Adobe Flashning oxirgi versiyalaridan foydalanadi. Prezi dasturining uchta shakli mavjud:
- Prezi public
- Prezi enjoy
- Prezi pro.
Prezi public barcha foydalanuvchilar uchun bepul bo’lsa, Prezi pro va Prezi enjoy esa ma’lum bir to’lovlarni talab qiladi.
Canvas – (“mustahkam va dag’al mato” ma’nosini anglatadi) prezentatsiya tayyorlash uchun maydon. Prezi ZUI texnologiyasidan foydalanganligi sababli har qanday berilgan canvas, ya’ni maydon ko’rinib turgan hududiga nisbatan kattaroq bo’ladi. ZUI texnologiyasi foydalanuvchilarga maydon bo’ylab erkin harakatlanish va ma’lumot qo’shish imkonyatlarini beradi.
Prezi dasturi kompyuter kabi, planshet, mobil telefonlarda ham ishlaydi. Dasturni oson va qulay shaklda o’rganish mumkin. Zoom yordamida Prezi taqdimoti slaydma-slayd ko’chmaydi, balki yangi joyga izma-iz keladigan yo’lak (Pathwaypoint) dan foydalanib yaqinlashtiriladi.
Prezi – onlayn chiroyli taqdimotlar yaratishga moljallangan ilovalar. Bunda chiziqli bo`lmagan taqdimotlar tayyorlanadi, xohlagan bir fragmentni kattalashtirish va kichiklashtirish mumkin.
Prezi dasturi Zui Labs kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, 2008 yil 15 dekabrda servis ishga tushirilgan.
Dasturda ishlashdan avval tayyor taqdimotlarning namunasini ko’rib chiqish mumkin.
//prezi.com saytida ro`yxatdan o`tish oddiy bo`lib, avvalo dastur versiyasi tanlanadi, so`ng ro`yxat shakli to`ldiriladi. Shaklni to’ldirishda elektron manzilni kiritish talab etiladi.
Yangi taqdimotni yaratish uchun New Prezi tanlanadi. Shundan so’ng bir necha shablonlardan iborat yangi oyna paydo bo’ladi. Toza varaqda ish boshlash uchun Start blank prezi varianti tanlanadi.
Taqdimot shablonini tanlash muloqot oynasi
Taqdimot uchun shablonlarni tanlash orqali taqdimot asosi quriladi va u kerakli ma’lumotlar bilan to’ldiriladi. Buning uchun taqdimot muharriridan foydalaniladi. Ish stoli elementlarini sichqoncha tugmasini bosish orqali tanlash mumkin. Demak, shablondagi barcha elementlarni, sarlavha, matn, rasmlarni tahrirlash va o’zgartirish mumkin.
• Insert: kerakli ma’lumotlarni taqdim etish uchun tasvirlar, video va boshqa fayllarni qo’shish. KlipArt galeriyasidan foydalanish mumkin. Taqdimotga musiqa jo’rligini ham joylashtirish mumkin.
• Theme: taqdimot ko’rinishini sozlash mumkin. Ushbu menyu yordamida xohlagan vaqtda boshqa mavzuni tanlash imkoniyati mavjud. Taqdimotni jihozlash yoki biror bir element rangini o’zgartirish orqali amalga oshirish mumkin.
Taqdimot bilan ishlaganda zarur bo’ladigan asosiy uskunalar oynaning yuqori qismida joylashgan va ular uchta menyu guruhiga bo’lingan:
• Frames and Arrows: formaning turli sohalarini belgilash va taqdimotga yangi slayd ko’rinishlarini qo’shish.
Prezi taqdimoti muharriri oynasi
E`tiboringiz uchun rahmat!!!
|
| |