Bir martali parollarga asoslangan autentifikatsiyalashda




Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/249
Sana20.05.2024
Hajmi7,8 Mb.
#246687
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   249
Bir martali parollarga asoslangan autentifikatsiyalashda
foy- 
dalanishga har bir so‘rov uchun turli parollar ishlatiladi. Bir martali 
dinamik parol faqat tizimdan bir marta foydalanishga yaroqli. Agar, 
hatto kimdir uni ushlab qolsa ham parol foyda bermaydi. Odatda, bir 
martali parollarga asoslangan autentfikatsiyalash tizimi masofadagi 
foydalanuvchilami tekshirishda qollaniladi.
Bir martali parollami generatsiyalash apparat yoki dasturiy 
usul orqali amalga oshirilishi mumkin. Bir martali parollar asosidagi 
foydalanishning apparat vositalari tashqaridan to‘lov plastik kar- 
tochkalariga o‘xshash mikroprotsessor o‘matilgan miniatyur quril- 
malar ko‘rinishda amalga oshiradi. Odatda, kalitlar deb ataluvchi 
bunday kartalar, klaviaturaga va katta bo‘lmagan displey darchasiga 
ega.
Foydalanuvchilami autentifikatsiyalash uchun bir martali 
parollami qo‘llashning quyidagi usullari ma’lum:
1. Yagona 
vaqt 
tizimiga 
asoslangan 
vaqt 
belgilari 
mexanizmidan foydalanish.
2. Legal foydalanuvchi va tekshiruvchi uchun umumiy bo‘lgan 
tasodifiy parollar ro‘yxatidan va ulaming ishonchli sinxronlash 
mexanizmidan foydalanish.
3. Foydalanuvchi va tekshimvchi uchun umumiy bo‘lgan bir 
xil dastlabki qiymatli psevdotasodifiy sonlar generatoridan foyda­
lanish.
Birinchi usulni amalga oshirish misoli sifatida SecurlD auten- 
tikatsiyalash texnologiyasini ko‘rsatish mumkin. Bu texnologiya 
Security Dynamics kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan boiib
qator kompaniyalaming, xususan, CiscoSystems kompaniyasining 
serverlarida amalga oshirilgan.
Vaqt sinxronizatsiyasidan foydalanib autentifikatsiyalash sxe­
masi tasodifiy sonlami vaqtning ma’lum oralig‘idan so‘ng gene­
ratsiyalash algoritmiga asoslangan. Autentifikatsiya sxemasi quyi­
dagi ikkita parametrdan foydalanadi:
139


• har bir foydalanuvchiga atalgan va autentifikatsiya serverida 
hamda foydalanuvchining apparat kalitida saqlanuvchi noyob 64- 
bitli sondan iborat maxfiy kalit;
• joriy vaqt qiymati.
Masofadagi foydalanuvchi tarmoqdan foydalanishga uringa- 
nida, undan shaxsiy identifikatsiya nomeri PINni kiritish taklif 
etiladi. PIN to‘rtta o‘nli raqamdan va apparat kaliti displeyida aks- 
lanuvchi tasodifiy sonning oltita raqamidan iborat. Server foyda­
lanuvchi tomonidan kiritilgan PIN-koddan foydalanib, ma’lumotlar 
bazasidagi foydalanuvchining maxfiy kaliti va joriy vaqt qiymati 
asosida tasodifiy sonni generatsiyalash algoritmini bajaradi. So‘ngra 
server generatsiyalangan son bilan foydalanuvchi kiritgan sonni 
taqqoslaydi. Agar bu sonlar mos kelsa, server foydalanuvchiga ti- 
zimdan foydalanishga ruxsat beradi.
Autentifikatsiyaning bu sxemasidan foydalanishda apparat ka­
lit va serveming qat’iy vaqtiy sinxronlanishi talab etiladi. Chunki 
apparat kalit bir necha yil ishlashi, server ichki soati bilan apparat 
kalitining muvofiqligi asta-sekin buzilishi mumkin.
Ushbu muammoni hal etishda Security Dynamics kompaniyasi 
quyidagi ikki usuldan foydalanadi:
• apparat kaliti ishlab chiqilayotganida uning taymer chas- 
totasining me’yoridan chetlashishi aniq o‘lchanadi. Chetlashishning 
bu qiymati server algoritmi parametri sifatida hisobga olinadi;
• server muayyan apparat kalit generatsiyalagan kodlami kuza- 
tadi va zaruriyat tug‘ilganida ushbu kalitga moslashadi.
Autentifikatsiyaning bu sxemasi bilan yana bir muammo bog‘- 
liq. Apparat kalit generatsiyalagan tasodifiy son katta bo‘lmagan 
vaqt oralig‘i mobaynida haqiqiy parol hisoblanadi. Shu sababli, 
qisqa muddatli vaziyat sodir bo‘lishi mumkinki, xaker PIN-kodni 
ushlab qolishi va uni tarmoqdan foydalanishga ishlatishi mumkin. 
Bu vaqt sinxronizatsiyasiga asoslangan autentifikatsiya sxemasining 
eng zaif joyi hisoblanadi.
Bir martali paroldan foydalanib autentifikatsiyalashni amalga 
oshiruvchi yana bir variant - «so‘rov-javob» sxemasi bo'yicha au­
tentifikatsiyalash. Foydalanuvchi tarmoqdan foydalanishga urin- 
ganida server unga tasodifiy son ko‘rinishidagi so‘rovni uzatadi.
140


Foydalanuvchining apparat kaliti bu tasodifiy sonni, masalan, DES 
algoritmi va foydalanuvchining apparat kaliti xotirasida hamda 
serveming ma’lumotlar bazasida saqlanuvchi maxfiy kaliti yorda­
mida rasshifrovka qiladi. Tasodifiy son - 
so ‘rov
shifrlangan ko‘- 
rinishda serverga qaytariladi. Server ham o‘z navbatida o‘sha DES 
algoritmi va serveming ma’lumotlar bazasidan olingan foydala­
nuvchining maxfiy kaliti yordamida o‘zi generatsiyalagan tasodifiy 
sonni shifrlaydi. So‘ngra server shifrlash natijasini apparat kalitidan 
kelgan son bilan taqqoslaydi. Bu sonlar mos kelganida foyda­
lanuvchi tarmoqdan foydalanishga mxsat oladi. Ta’kidlash lozimki, 
«so‘rov-javob» autentifikatsiyalash sxemasi ishlatishda vaqt sinxro- 
nizatsiyasidan foydalanuvchi autentifikatsiya sxemasiga qaraganda 
murakkabroq.
Foydalanuvchini autentifikatsiyalash uchun bir martali parol- 
dan foydalanishning ikkinchi usuli foydalanuvchi va tekshimvchi 
uchun umumiy bo‘lgan tasodifiy parollar ro‘yxatidan va ulaming 
ishonchli sinxronlash mexanizmidan foydalanishga asoslangan. Bir 
martali parollaming bo‘linuvchi ro‘yxati maxfiy parollar ketma- 
ketligi yoki nabori bo‘lib, har bir parol faqat bir marta ishlatiladi. 
Ushbu ro‘yxat autentifikatsion almashinuv taraflar o‘rtasida oldin- 
dan taqsimlanishi shart. Ushbu usulning bir variantiga binoan so‘- 
rov-javob jadvali ishlatiladi. Bu jadvalda autentifikatsiyalash uchun 
taraflar tomonidan ishlatiluvchi so‘rovlar va javoblar mavjud bo‘lib, 
har bir juft faqat bir marta ishlatilishi shart.
Foydalanuvchini autentifikatsiyalash uchun bir martali parol- 
dan foydalanishning uchinchi usuli foydalanuvchi va tekshiruvchi 
uchun umumiy bo‘lgan bir xil dastlabki qiymatli psevdotasodifiy 
sonlar generatoridan foydalanishga asoslangan. Bu usulni amalga 
oshirishning quyidagi variantlari mavjud:
• o‘zgartiriluvchi bir martali parollar ketma-ketligi. Navbatdagi 
autentifikatsiyalash sessiyasida foydalanuvchi aynan shu sessiya 
uchun oldingi sessiya parolidan olingan maxfiy kalitda shifrlangan 
parolni yaratadi va uzatadi;
• bir tomonlama funksiyaga asoslangan parollar ketma-ketligi. 
Ushbu usulning mohiyatini bir tomonlama funksiyaning ketma-ket 
ishlatilishi (Lampartning mashhur sxemasi) tashkil etadi. Xavfsizlik
141


nuqtayi nazaridan bu usul ketma-ket o‘zgartiriluvchi parollar 
usuliga nisbatan afzal hisoblanadi.
Keng tarqalgan bir martali paroldan foydalanishga asoslangan 
autentifikatsiyalash protokollaridan biri Intemetda standartlashtiril- 
gan S/Key (RFC 1760) protokolidir. Ushbu protokol masofadagi 
foydalanuvchilaming haqiqiyligini tekshirishni talab etuvchi ko‘p- 
gina tizimlarda, xususan, Cisco kompaniyasining TACACS+ ti- 
zimida amalga oshirilgan.

Download 7,8 Mb.
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   249




Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bir martali parollarga asoslangan autentifikatsiyalashda

Download 7,8 Mb.
Pdf ko'rish