Saidkulov nuriddin akramkulovich




Download 0,66 Mb.
bet24/33
Sana21.03.2017
Hajmi0,66 Mb.
#506
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33

III BOB BOʻYICHA XULOSA

Oʻzbekistonda huquqiy demokratik davlat hamda erkin fuqorolik jamiyatini qurar ekanmiz, eng avvalo biz, mustaqil hayotga endigina qadam qoʻyayotgan yoshlarimizdan tortib, katta yoshli yurtdoshlarimizning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini shakllantirish, oʻrnatilgan huquqiy me’yorlarga itoatda boʻlish hamda milliy gʻoya ruhi bilan qurollantirish va eng asosiysi goʻzal axloq qoidalariga amal qilishga yoʻnaltirish zarurligi, asosiy maqsadlardan biri hisoblanadi. Zero, huquqiy madaniyat yuksalgan joyda oʻzaro hurmat, tenglik, tinchlik va birdamlik kabi ulugʻvor gʻoyalar xalqning asosiy shioriga aylanadi. Bu ulugʻvor yoʻlning samarali boʻlishi uchun esa, Oliy vakillik organi tomonidan chiqarilayotgan qonun va qonun osti hujjatlarini yanada takomillashtirish joiz boʻladi. Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish shartlaridan biri ham, ularning huquqiy madaniyatini oshirishdan iboratdir. Chunki, ertangi kun egalari boʻlgan yoshlar har tomonlama yetuk boʻlmogʻi shart.

Qabul qilinayotgan qonun hujjatlarini xalqimizga tez va ravon yetkazib berish, har doimgidek, OAV zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklaydi. Shuning uchun bugun yurtimizda OAV ochiqligi yanada takomillashtirilmoqda. Internet va AKT dan toʻgʻri foydalanish ham olib borilayotgan islohatlar targʻibotini yanada oshiradi.

Bundan tashqari, AKT milliy strategiyasini yurtimiz ta’lim tizimiga joriy etishning bugungi ahvoli, kelgusi istiqbollari, elektron ta’lim va telekommunikatsion imkoniyatlarni oʻrganish va amaliyotga tatbiq etishga oid masalalarni tahlil qilish bizning asosiy vazifamizdir. Zero, Oʻzbekiston ilm-fani butun dunyoda katta obroʻ-e’tiborga ega va uning innovatsion xususiyatga ega boʻlgan amaliy yutuqlariga xalqaro texnologiyalar bozorida talab katta. AKT jamiyat hayotining barcha jabhalariga kirib borar ekan, u davlatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlanishini ta’minlashi va qolaversa, asrimiz taraqqiyotini olgʻa yetaklovchi eng asosiy kuch boʻlib qolishi, shubhasizdir.



Download 0,66 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33




Download 0,66 Mb.