XULOSALAR…………………………………………………………...……….42




Download 1.78 Mb.
bet3/15
Sana28.07.2021
Hajmi1.78 Mb.
#16191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
XULOSALAR…………………………………………………………...……….42

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………….............…43

KIRISH.

Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda kamyob Yer metallari(KYeM) va ular asosidagi birikmalarning fizik xossalarini shu jumladan magnit xossalarini o’rganishga bo’lgan qiziqish ularning elektron tuzilishining o’ziga xosligi va amalda keng qo’llanilishi bilan bevosita bog’liqdir. Bu ob’ektlarda kechikib to’ladigan 4f – elektron qobiqning mavjud bo’lishi, ularning kinetik, optik, magnit va boshqa fizikaviy, kimyoviy xossalarining o’ziga xosligini aniqlaydi. Ulardan doimiy magnitlar, transformator va drossellarning o’zaklari tayyorlashda, axborotlarni yozishda va qayta eshittirish texnikasining xotirlash qismlari sifatida hamda boshqa o’ziga xos magnit xossali yangi magnit materiallari yaratishda keng qo’llaniladi. Bu ob’ektlarning fizik xossalarini o’rganish ilmiy jihatdan ham ahamiyatlidir. Chunki, bu ob’ektlardagi almashinuv o’zaro ta’sir tabiati hali to’la aniqlanmagan. Ularning o’ziga xos magnit xossalarini 4f - elektronlar bilan bog’lab tushuntiradigan yangi nazariy modellar yaratildi [ 1 - 4 ] va yaratilishi zarur.

Ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan bu masalani hal etish uchun ularning elektron, kristall va magnit tuzilishi haqida to’la ma’lumotga ega bo’lish kerak bo’ladi. Hozirgi kunda mavjud bo’lgan bunday ma’lumotlar yetarli emas. Ayniqsa, KYeMning nomagnit metallar bilan birikmalarning magnit xossalari haqidagi ma’lumotlar ularning magnit tartiblangan holati uchun yetarli darajada bo’la 4turib, magnit tartibsiz-paramagnit holati uchun, ya’ni qattiq va suyuq holatlarini qamraydigan yuqori temperaturalardagi ma’lumotlar bugungi kundagi adabiyotlarda kam uchraydi. Bu yuqori temperaturalarda magnit o’lchashlar tajribasini o’tkazishning qiyinchiliklari va olingan natijalarni talqin qiladigan tugal nazariyaning hali yo’qligi bilan bog’liqdir.



Ma’lumki, kechikib to’ladigan elektron qobiqli, shu jumladan 4f- qobiqli materiallarning magnit xossalari (qabul qiluvchanligi) shu qobiqning elektronlar bilan to’lish xususiyatlarini va bu elektronlarning kristall panjara tugunlarida o’troqlashish(lokallashish) darajasini bevosita o’zida aks ettiradi. Bundan tashqari, magnit qabul qiluvchanlikning temperaturaga bog’lanishi[(T)] natijalaridan foydalanib shu materiallarda amal qiladigan almashinuv o’zaro ta’sir energiyasi haqida ma’lumot olish mumkin.



Download 1.78 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 1.78 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



XULOSALAR…………………………………………………………...……….42

Download 1.78 Mb.