• BAYONNOMASI
  • Samarqand davlat universiteti huzuridagi mintaqaviy markazda 2023 yil oktyabr oyida tashkillashtirilgan oliy ta’lim tizimi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash




    Download 39,5 Kb.
    Sana21.12.2023
    Hajmi39,5 Kb.
    #125637
    Bog'liq
    Bayonnoma


    Samarqand davlat universiteti huzuridagi mintaqaviy markazda 2023 yil oktyabr oyida tashkillashtirilgan oliy ta’lim tizimi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslariga qabul qilingan muqobil malaka oshirish shakllaridan birini amalga oshirgan tinglovchilar tomonidan o‘tkazilgan “Mahorat darslari”ning muhokamasiga bag’ishlangan
    ___-son yig’ilishi

    BAYONNOMASI



    20 oktyabr 2023 yil Samarqand shahri



    Qatnashdilar: mintaqaviy markaz direktori,professor Boboyorov A.I, bo‘lim boshlig‘i, Ablakulov D.I. barcha tinglovchilar


    K U N TA R T I B I:
    Samarqand davlat universiteti huzuridagi mintaqaviy markazi qayta tayyorlash va malaka oshirish kursining muqobil malaka oshirish shakllaridan birini amalga oshirgan tinglovchisi tomonidan o‘tkazilgan “Mahorat darsi”ning muhokamasi.
    ESHITILDI: yig‘ilishga raislik qiluvchi markaz direktori Boboyorov A.I so‘zga chiqib, yig’ilish ishtirokchilarini mahorat darsini olib borgan tinglovchi hamda u tinglovchi tomonidan olib borilgan mahorat darsining mavzusi bilan tanishtirdi.
    Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti, Rus tili va uni o’qitish metodikasi kafedrasi dotsenti, f.f.n Zakirov Abduvahob Abdumalikovich qiyosiy tilshinoslik fani bo‘yicha “Jizzax viloyat toponimlari lingvistik tahlili” mavzusidagi mahorat darsini muhokamasi.
    O‘tkazilgan mahorat darsi mutaxasislik fanidagi eng dolzarb mavzulardan biri bo‘lib, tinglovchi mavzu materialini reja asosida izchillik bilan bugungi kun talablari asosida bayon eta oldi. Jumladan, mavzuning dolzarbligi, maqsad va vazifalarini, ilmiy yangiligini aniq belgilanganligi, mavzu bo‘yicha muammo yechimiga qaratilgan takliflarni ishlab chiqishda asosli tahlillar (me’yoriy hujjatlar, ilg‘or ta’lim texnologiyalari, metodik yondashuvlar va boshqalar) amalga oshirilgan.
    Ishlab chiqilgan takliflarning o‘quv jarayoni sifatini ta’minlashga, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qilishi darajasini aniq belgilagan. Mavzuga oid ko‘plab yangi materiallar mashg‘ulot jarayonida mohirona qo‘llanildi. Tinglovchi mavzuni tinglovchilarga yetkazib berishda o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishdi.
    Qatnashchilar tinglovchining kreativligi, nutq madaniyati, kasbiy kompetentlik darajasi yuqoriligi va berilgan savollarga aniq javob berishi, mustaqil qarashlarini shakllanganligiga alohida e’tibor qaratish zarurligi to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. O‘tkazilgan mahorat darsi muvaffaqiyatli bo‘lganligi inobatga olinsin hamda mintaqaviy markaz huzuridagi Attestatsiya komissiyasiga axborot uchun taqdim qilinsin.
    SO‘ZGA CHIQDILAR: Bo‘lim boshlig‘i Ablakulov D.I, tinglovchilar: so‘zga chiqib o‘tkazilgan mahorat darsi ijobiy ko‘rsatgichga erishganligini qo‘llab-quvvatladilar.
    QAROR QILINDI:

    1. Tinglovchi Zakirov Abduvahob Abdumalikovich tomonidan o‘tkazilgan mahorat darsining yakunlari haqida yig‘ilish raisini axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

    2. Tinglovchi Zakirov Abduvahob Abdumalikovichning “Jizzax viloyat toponimlari lingvistik tahlili” mavzusidagi mahorat darsini muvoffaqiyatli o‘tkazilganligi haqidagi axborot mintaqaviy markaz huzuridagi Attestatsiya komissiyasiga taqdim qilinsin.



    Yig’ilish raisi, Babayorov A.I
    Yig’ilish kotibi: Xatamov O.Y
    Download 39,5 Kb.




    Download 39,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Samarqand davlat universiteti huzuridagi mintaqaviy markazda 2023 yil oktyabr oyida tashkillashtirilgan oliy ta’lim tizimi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash

    Download 39,5 Kb.