• 2023-yilning 30-noyabrga qadar
  • Ijro. Gov. Uz тизими орқали эри билан тасдиқланган, Ҳужжат коди: ck81867231




    Download 0,56 Mb.
    Pdf ko'rish
    Sana12.02.2024
    Hajmi0,56 Mb.
    #154865
    Bog'liq
    тил сертификати



    IJRO.GOV.UZ тизими орқали ЭРИ билан тасдиқланган, Ҳужжат коди: CK81867231
    01-03/4248 28.11.2023-yil 
    Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim 
    institutlari mavjud ilmiy va taʼlim 
    tashkilotlarga 
    (roʻyxat boʻyicha
    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 
    304-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini oʻz vaqtida va sifatli bajarish 
    maqsadida quyidagilarni amalga oshirishingiz maqsadga muvofiq: 
    birinchidan, 2024-yil 1-chorak uchun stajor-tadqiqotchilik, tayanch 
    doktorantura, doktorantura, maqsadli doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka kirish 
    imtihonlarini 2023-yilning 30-noyabrga qadar oʻtkazish; ikkinchidan, kirish 
    imtihonlari natijalarini Yagona elektron tizimiga 
    (phd.mininnovation.uz) joriy yilning 30-noyabrga qadar kiritish; uchinchidan, 
    akkreditatsiyadan oʻtgan ixtisosliklar boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim 
    institutlarining samaradorlik koʻrsatkichlariga asosan taqsimlangan qabul 
    kvotalaridan ortib qolgan oʻrinlarni qayta taqsimot qilishga va/yoki qoʻshimcha 
    kvota boʻyicha takliflarni joriy yilning 2-dekabrga qadar oʻrnatilgan tartibda 
    ilovada berilgan namuna asosida Innovatsion rivojlanish agentligiga yuborish
    toʻrtinchidan, izlanuvchilarga davlat budjeti xarajatlar parametrlarida belgilangan 
    tartibda taʼlim muassasasi uchun – “Taʼlim” sohasi boʻyicha va ilmiy tashkilot uchun 
    – “Fan” sohasi boʻyicha zarur mablagʻlar ajratilishni nazarda tutishi belgilanganligi 
    bois 2022-2024-yillarda (1-3-kurs) tayanch doktorantura, doktorantura hamda 
    maqsadli doktoranturaga oʻqishga qabul qilinganlarni joriy yilning 15-dekabrga 
    qadar oʻrnatilgan tartibda ilovada berilgan namuna asosida 
    Innovatsion rivojlanish agentligiga yuborish; beshinchidan, Oʻzbekiston 
    Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qarorida 2022/2023 
    oʻquv yilidan oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklari uchun oʻtkaziladigan 
    tanlovlarda milliy yoki tegishli xalqaro sertifikatga ega izlanuvchilar ishtirok etishi 
    tartibini joriy qilish belgilangan. Bunda, filologiya yoʻnalishlari boʻyicha kamida C1 
    darajadagi, nofilologik yoʻnalishlari boʻyicha esa B2 darajadagi milliy yoki unga 
    mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etilishi nazarda tutilishi keltirilgan. 
    IJRO.GOV.UZ тизими орқали ЭРИ билан тасдиқланган, Ҳужжат коди: CK81867231


    Hukumatning 2017-yil 22-maydagi 304-son qarorida oliy taʼlimdan keyingi 
    taʼlim ixtisosliklari uchun oʻtkaziladigan tanlovlar davlat budjeti mablagʻlari 
    hisobidan ajratilgan qabul kvotalari doirasidagi taʼlim turlarida (tayanch 
    doktorantura, doktorantura, maqsadli tayanch doktorantura va 
    maqsadli 
    doktorantura) kirish imtihonlari yaʼni tanlovlar oʻtkazilishi koʻrsatib oʻtilgan. Shu 
    munosabat bilan, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlarining tanlovlar 
    oʻtkazilmaydigan shakllariga (mustaqil izlanuvchilik) hujjat topshirishda 
    talabgorlardan milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etilmasligi 
    belgilab oʻtilsin. 
    Ilova ___v. 
    Direktor 
     
    O.Toʻychiyev 
    Ijrochi: B.Pirmatov 
    Tel.: 71 203 32 23 (244)

    Document Outline

    • 01-03/4248 28.11.2023-yil
    • Direktor O.Toʻychiyev

    Download 0,56 Mb.




    Download 0,56 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ijro. Gov. Uz тизими орқали эри билан тасдиқланган, Ҳужжат коди: ck81867231

    Download 0,56 Mb.
    Pdf ko'rish