10
- rekursiv algoritmlarni oʻrganish va tahlil qilish;
- algoritmlar sifatini qiyosiy baholash mezonlarini ishlab chiqish.
1.1. Algoritm tushunchasini formallashtirish
1-ta‟rif. Algoritm -
bu ma‘lum bir tilda berilgan, mumkin boʻlgan
dastlabki ma‘lumotlar sinfi uchun masalani
hal qilish uchun mumkin
boʻlgan elementar amallarning cheklangan ketma-ketligi.
Masalaning dastlabki ma‘lumotlarining toʻplami
D
boʻlsin va
R
-
mumkin boʻlgan natijalar toʻplami, shunda algoritm
𝐃
→
𝐑
koʻrinishida
tasvirlanadi. Bu tasvirlanish toʻliq boʻlmasligi mumkin.
Agar natija faqat ba‘zi
𝑑
∈
𝐷
uchun olingan boʻlsa, algoritm
qismiy
algoritm va agar barcha
𝑑
∈
𝐷
uchun toʻgʻri natija olsa
toʻliq
algoritm
deyiladi.
2-ta‟rif.
Algoritm
- bu cheklangan vaqt
ichida masalani yechish
natijasiga erishish uchun ijrochining harakatlari tartibini tavsiflovchi
aniq koʻrsatmalar toʻplami.
Algoritmning aniq yoki bilvosita turli xil ta‘riflari
bir qator
talablarni keltirib chiqaradi:
- algoritmda cheklangan miqdordagi elementar bajarilishi mumkin
boʻlgan ketma-ketlik boʻlishi kerak, ya‘ni