Algoritmning tasvirlash usullari haqida gapirganda algoritmning
berilish usullari xilma-xilligi va ular orasida eng koʻp uchraydiganlari
quyidagilar ekanligini koʻrsatib oʻtish joiz:
1. Algoritmning soʻzlar orqali ifodalanishi. 2. Algoritmning formulalar yordamida berilishi. 3. Algoritmning jadval koʻrinishida berilishi, masalan, turli
matematik jadvallar, lotereya yutuqlari jadvali, funksiyalar qiymatlari
jadvallari bunga misol boʻladi.
4. Algoritmning dastur shaklida ifodalanishi, ya‘ni algoritm
kompyuter ijrochisiga tushunarli boʻlgan dastur shaklida beriladi
. 5. Algoritmning algoritmik tilda tasvirlanishi, ya‘ni algoritm bir
xil va aniq ifodalash, bajarish uchun qoʻllanadigan belgilash va qoidalar
majmui algoritmik til orqali ifodalashdir. Ulardan oʻquv oʻrganish tili
sifatida foydalanilmoqda. Boʻlardan E-praktikum yoki E-tili algoritm
ijrochisi algoritmik tili ham mavjud.
6. Algoritmlarning grafik shaklda tasvirlanishi .
Masalan ,
grafiklar, sxemalar ya‘ni blok - sxema bunga misol boʻla oladi. Blok
sxemaning asosiy elementlari quyidagilar:
oval (ellips shakli)- algoritm
boshlanishi va tugallanishi,
toʻgʻri burchakli toʻrtburchak -qiymat
berish yoki tegishli koʻrsatmalarni bajarish.
Romb - shart tekshirishni
12
belgilaydi. Uning yoʻnaltiruvchilari tarmoqlar boʻyicha biri ha ikkinchisi
yoʻq yoʻnalishlarni beradi,
parallelogramm - ma‘lumotlarni kiritish yoki
chiqarish,
yordamchi algoritmga murojaat - parallelogramm ikki
tomoni chiziq
, yoʻnaltiruvchi chiziq - blok-sxemadagi harakat
boshqaruvi,