Samarqand filiali kompyuter falsafasi




Download 0,72 Mb.
bet116/146
Sana02.02.2024
Hajmi0,72 Mb.
#150537
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   146
Bog'liq
Kompyuter falsafasi-fayllar.org

Estetik did bu kishining narsa-hodisalarning nafosatlilik (estetiklik) mohiyati (jixati)ni idrok etish va baholay bilish qobiliyatidir. Estetik didga ega bo‘lgan kishi narsa, hodisalar hamda san’at asarlarini estetik obyekt sifatida idrok etadi va ulardagi go‘zallik, ulug‘vorlik jixatlarini xunuklik, tubanlilikdan farqlay oladi.
Estetik did inson faoliyati bilan bog‘lik bo‘lgan umumiy didning yuksak shaklida namoyon bo‘lishidir. Chunki umumiy did kishining obyektni barcha turdagi extiyoj va manfaatlari bilan bog‘lik holda baholay bilishi (yaxshi, yomon, foydali, foydasiz, ijobiy, salbiy va x,.k.) bo‘lsa, estetik did uni estetik subyekt sifatida, ya’ni uni nafosatlilik mezoni asosida qadrlay bilish qobiliyati hisoblanadi. Masalan, bunday didga ega bo‘lmagan kishi uchun har qanday yuksak san’at asari namunalari (deylik, tasviriy san’at) xech qanday (narxidan tashqari) qimmatga ega emas. Kishi estetik didining qay darajada shakllanganligi uning sanat asarlarini ma’naviy qadriyatlar sifatida baholay bilishi, idrok etishida namoyon bo‘ladi.
Estetik did — bu kishining go‘zallik, uning barcha ko‘rinishlarida namoyon bo‘lishidan ruhiy, ma’naviy lazzatlanish qobiliyatidir. Kishi obyektni ma’naviy qadriyat sifatida baholay bilganidagina shunday qobiliyatga ega bo‘ladi-ki, buning uchun uning estetik ideali, qarashlari shakllangan bo‘lmog‘i kerak.
Estetik did his-tuyg‘u va tafakkurning o‘zaro uyg‘unligida amal qiladi. Chunki narsa-hodisalarni nafosatlilik, go‘zallik mezoni buyicha baholash-bu ular haqidagi sof mantiqiy mazmundagi fikr emas, balki shaxsning ularga bo‘lgan subyektiv munosabatidir. Mazkur munosabatda esa uning konkret individ sifatidagi ruhiy dunyosi, his-tuyg‘ulari, kechinmalari mujassamlashgan bo‘ladi. Estetik didning mana shu jixatini bo‘rttirib ko‘rsatish uni kishining tug‘ma qobiliyatidir, deb xulosa chiqarishga olib keladi. (masalan, I. Kant o‘z vaqtida shunday qarashni ilgari surgan edi.) “Did borasida baxslashmaydilar”, degan ibora ham mazkur xulosaning o‘ziga xos ifodasidir, deb aytish mumkin.
Estetik did muayyan obyektiv va subyektiv omillar birligi ta’sirida shakllanadi va rivojlanadi. Badiiy-estetik tarbiya ana shunday muhim subyektiv omillardan biri hisoblanadi.

Download 0,72 Mb.
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   146




Download 0,72 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Samarqand filiali kompyuter falsafasi

Download 0,72 Mb.