• Estetik qarash va nazariyalar
  • Estetik faoliyat
  • Texnika estetikasi
  • Samarqand filiali kompyuter falsafasi




    Download 0,72 Mb.
    bet117/146
    Sana02.02.2024
    Hajmi0,72 Mb.
    #150537
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   146
    Bog'liq
    Kompyuter falsafasi-fayllar.org

    Estetik ideal (yunoncha ideal-g‘oya, boshlang‘ich obraz) estetik qadriyatlarning orzu qilingan, talab darajasidagi obraz, tasavvurlarni konkret hissiy shaklda ifodalovchi ong unsuridir. Inson o‘zi bevosita idrok etadigan narsa, hodisalarga estetik munosabatda bo‘lish bilan chegaralanib qolmasdan, ayni paytda ularga muayyan estetik extiyoj, orzu-maqsadlari bilan shartlangan tasavvurlari orqali ham shunday munosabatda bo‘ladilar. Shunga ko‘ra estetik ideal — bu obyektning subyekt tomonidan muayyan maqsadga qaratilgan kontret-obrazli, tasavvurli in’ikos ettirishidir.
    Shu jixatdan olib qaraganda, milliy istiqlol g‘oyasi, mafkurasi jamiyatimizning estetik idealini ifodalaydi. Zotan, ushbu tushunchalar mazmuni orqali Vatanimizning kelajagi, ravnaqi, farovonligi kabi g‘oyalarning ma’nosini teran anglab yetishi mumkin (karang: Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar T. 2000; 6-bet).
    Estetik idealning konkret tarzda namoyon bo‘lish sohasi san’at hisoblanadi, chunki badiiy obrazlarda g‘oyalar konkret — hissiy shaklda ifodalanadi va kishilar tomonidan idrok etiladi. Estetik idealsiz kishi ma’naviy qashshoq, e’tiqodsiz meshchan - xudbin kimsadirki, bundaylar o‘zining kundalik mayda havas, extiyojlari bilangina yashaydilar. Ularning siymosini shoir quyidagicha tasvirlaydi.
    O’sha mayda havas qurboni — meshchan,
    Birov o‘layotsa demas “qalaysiz?”.
    Dumbasi lorsillar, qorni naq meshdan.
    Bunisi bozorning podshoxi Toiriy
    Pulini naq to‘lang... - otasin tashlab,
    Sotib yuboradi onasini ham.
    (U. Azimov. Surat parchalari. T. 1993. 15-bet)
    Sotsiologik tadqiqotlar natijasiga ko‘ra o‘smirlar orasida jinoyatlarning 90 foizidan ortig‘i muayyan maqsad, ideallardan xoli gurux, to‘dalarning ta’siri ostida sodir etilar ekan.
    Estetik qarash va nazariyalar estetik ong (anglash) unsurlari mazmunining falsafiy umumlashgan, tizimlashgan shakldagi ifodasidir. Ular estetik ongning g‘oyaviy-mafkuraviy sohasi bo‘lib, fikr shakllari (tushuncha, muxokama, xulosa chiqarish) da bayon etiladigan g‘oya, ta’limotlar ko‘rinishida mavjud bo‘ladi. Masalan, istiqlol estetikasi masalasi tadqiq qilinadigan bo‘lsa, milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tushuncha, tamoyillarining mazmuniga asoslaniladi va xulosalar chiqariladi.
    Estetik qarash va nazariyalar tabiat, jamiyatning rivojlanish qonuniyatlari va inson mohiyati bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar haqidagi tizimlashgan bilimlardir. Estetika fani ana shunday qarash va nazariyalarni ifodalovchi bilimlar majmuidir. Estetik qarash, nazariyalar mazkur soha bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar tomonidan ilgari suriladi, asoslaniladi. Shuning uchun ularning ko‘pchiligi turlicha falsafiy-diniy talimot, g‘oyalarga asoslangan bo‘lib, turlicha yunalishlarda bo‘lishi mumkin. Masalan, Aristotel, Gegel, Kantlarning estetik qarashlari va x.k.
    3. Estetik faoliyat estetik ong asosida yuzaga keladigan, shakllanadigan inson faoliyatining o‘ziga xos turidir. Estetik ongning yuqorida ko‘rib o‘tganimiz, barcha unsurlari o‘zaro birlikda uning amaliy bosqichida faoliyat shaklida amal qiladi. Estetik faoliyat estetik ongda ifodalangan g‘oya, qarashlarning ruyobga chiqishi, amaliyotga aylanishining usulidir. Demak, mazkur faoliyat, agar shunday aytish joiz bo‘lsa, estetik ongning real tarzda “ishlashi” jarayonidir. Mana shu jarayonda estetik faoliyat ayni paytda yana ong shaklida yuksak bosqichga o‘tadi. Bu jarayon davriy (sikllilik) lik xarakteriga egadir. Buni quyidagi rasmda ifodalash mumkin. 3-rasm.
    A- estetik ong
    B-estetik faoliyat
    o‘zaro ta’sir va o‘zaro o‘tish
    Estetik faoliyat mexnatning o‘ziga xos turi hisoblanadi. Bu quyidagilarda namoyon bo‘ladi.
    1) mazkur mexnat o‘z tabiatiga ko‘ra ijodiy hislatga ega bo‘lib, unda insonning qobiliyati, iste’dodi, tazyiqsiz, erkin tarzda yuzaga chiqadi.
    2) mazkur mexnat jarayonining natijasi o‘laroq estetik qiymatlarga ega bo‘lgan qadriyatlar yaratiladi.
    3) mazkur faoliyat obyektivlik va subyektivlik birligida kechadigan munosabat jarayonida amal qiladiki, u inson mexnatining (faoliyatining) turli sohalari bilan bevosita bog‘liqdir.
    Insonning biologik tur sifatidagi (Noma Sapines) darajasidan ijtimoiy-estetik tip bosqichiga o‘tishi o‘zi yasagan mexnat qurollari, vositalarini ijodiy takomillashtirib borishi natijasi o‘laroq yuz beradi. Ibtidoiy odamlarning bunday ijodkorligi ularning dastlabki estetik ongi unsurlarining shakllanishi uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
    Masalan, ularning ijodkorligi samarasi o‘laroq yaratilgan bezakli, shakldor buyumlar faqatgina foydaliligi bilan emas, balki chiroyliligi, xushbichimliligi va boshqa shu kabi jixatlari bilan ham iste’molchilarni o‘ziga jalb etgan. Bu esa ularda buyumning moddiy extiyojlari (foydali, manfaatli) bilan birlikda estetik extiyojlarini qondiruvchi xususiyatlarini farqlay bilish qobiliyatlarini ham shakllantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
    Ma’lumki, har qanday mexnatning natijasi muayyan ne’mat, boylik yaratish bilan yakunlanadiki, ular kishilarning moddiy va ma’naviy extiyojlarini qondirish uchun xizmat qiladi. Estetik faoliyat ham mexnat sohasi hisoblanadi. Lekin u, yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, mexnatning barcha turlari (aqliy va jismoniy) ning ijodkorlik darajasida amalga oshirishni taqozo etadigan mexnat turidir. Estetik faoliyat–bu ijodkorlik faoliyatidirki, shunga ko‘ra uning turlarini ko‘rsatish mumkin: moddiy ishlab chiqarish sohasidagi (dizayn, texnika estetikasi, xunarmandchilik), ma’naviy ishlab chiqarish sohasidagi (san’at, xalq amaliy san’ati) estetik faoliyat.
    Biz bu yerda qisqacha birinchi turi haqida to‘xtalib o‘tamiz (san’at aloxida mavzu sifatida o‘tiladi).
    Dizayn (inglizcha Sesigx - loyixa) predmetlashgan jixozli muxitni shakllantirishga qaratilgan badiiy-texnik faoliyat turidir. Mazkur faoliyatning xususiyati shundaki, bunda obyektlarning barcha jixatlari (foydaliligi, maqsadga muvofiqligi, ko‘rinishi va x.k.) birlikda olib qaraladi va shu buyicha loyixalashtiriladi. Dizaynlik faoliyatining asosiy metodi—bu badiiy loyixalashtirishdirki, bu barcha sanoat maxsulotlarini ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Mazkur metodda shakl (tashqi ko‘rinish) va mazmun (simmetriklik., uyg‘unlik, ritmiylik va x.k.) o‘zaro muvofiqligiga erishish tamoyili belgilovchi jixat hisoblanadi. Masalan, avtomobilning tashqi ko‘rinishi faqat chiroyli bo‘lishi bilan birgalikda boshqa talablarga ham javob berishi kerak (xavfsizlik va boshqa).
    Texnika estetikasi (yunoncha techne — ustakorlik, moxirlik) dizayn vosita, metodlari yordamida inson hayoti va faoliyatida predmetlashgan, buyumlashgan jixati, muxitini shakllantirish, yuzaga keltirish qonuniyatlarni o‘rganuvchi estetika sohasidir.
    Mazkur fanning tadqiqot obyektiga qayd etilgan yunalishdagi ko‘pgina masalalar kiradi. Xususan, dizaynning umumiy nazariyasi, inson va buyumlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik, sanoat maxsulotlarining iste’mol xususiyatlarini bashorat qilish va baholash va boshqalar.
    Estetika borliqni estetik va badiiy o‘zlashtirishning umumiy qonuniyatlarini o‘rganuvchi falsafiy fan sifatida muayyan kategoriyalar (mezoniy tushuncha) lar tizimi bilan ish ko‘radi. Mazkur kategoriyalar shunga ko‘ra asosan ikki guruxga ajratiladi: 1) Estetik faoliyat kategoriyalari (estetik o‘zlashtirish, dizayn, estetik idrok, badiiy loyixalash, texnika estetikasi); 2) estetik (nafosatlilik) xususiyatlari va san’atning mohiyatini ifodalovchi kategoriyalar;
    Mazkur kategoriyalar tushunchalar tarzida, ya’ni tafakkur shakli bo‘lishi bilan birgalikda konkret shaxsning his-tuyg‘u, ruhiy kechinmalarini ham o‘zida ifodalaydi. Darhaqiqat, estetik mezoniy tushunchalar “sof” fikr shakllari emas, balki subyektning ichki dunyosi, ma’naviy olamni ifodalovchi hissiy bilish shakllari — sezgi, idrok, tasavvurlaridir.

    Download 0,72 Mb.
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   146




    Download 0,72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Samarqand filiali kompyuter falsafasi

    Download 0,72 Mb.