Samarqand filiali kompyuter falsafasi




Download 0,72 Mb.
bet120/146
Sana02.02.2024
Hajmi0,72 Mb.
#150537
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   146
Bog'liq
Kompyuter falsafasi-fayllar.org

Ulug‘vorlik — estetik (nafosat)likning, xususan, go‘zallikning o‘ziga xos jixatlarda namoyon bo‘lishidir. Falsafiy fikr tarixida ko‘pgina faylasuflar ana shu o‘ziga xoslikni aniqlashga urinadilar. Ingliz faylasufi E. Byork (1729-97) “Ulug‘vorlik va go‘zallik haqidagi tasavvurlarning paydo bo‘lishi haqida tadqiqotlar” nomli asarida ulug‘vorlikni kishining xayrat, qurqinch his-tuyg‘usini ifodalovchi kategoriya sifatida talqin kiladi. I. Kant ulug‘vorlik inson ruxida tug‘iladigan, uni junbo‘shga keltiradigan his-tuyg‘u deb tushuntiradi. “Ulug‘vorlik, — deb ta’kidlaydi u, - xech kanday tabiat hodisalarini aks ettirmaydi, u faqat ruximizda tug‘yon uradi”. 59 Unintcha, go‘zallik hamma vaqt jozibali bo‘lib, kishini zavqlantirsa, lazzatlantirsa, ulug‘vorlik xayratlanish, qurquv his-tuyg‘ularini uyg‘otadi. Ulug‘vorlik, Bryok, Kantlar ta’kidlaganidek, faqat “sof” tarzdagi qo‘rquv, xayratlanish hissiyotini uyg‘otib qolmasdan, kishida yuksak o‘lchovlardagi, darajadagi estetik zavq, lazzatlanish tuyg‘ularni xosil qiladi. Shunga ko‘ra u go‘zallik mezoniy tushunchasi mazmunining o‘ziga xos shakldagi ifodalanishidir. Shunday qilib, ulug‘vorlik bu narsa, hodisalarning yuksak daraja, mezonda baholanuvchi estetik qimmatini ifodalovchi kategoriyadir. Shaxc estetik subyekt darajasidagina obyektning bunday qimmatini idrok eta oladi. Bugungi kunda jamiyatimizda kechayotgan jarayonlarning mohiyati, uning taraqqiyotining oliy maqsadining estetik qimmatini anglamasdan, tasavvur etmasdan turib uni ulug‘vorlik mezoni bo‘yicha baholab bo‘lmaydi. Masalan, shunday jarayonlardan biri ma’naviyatning mohiyatini, shakllanishini teran anglab olish uchun uning ulug‘vorlik jixatini his eta bilmoq, kerak. I.A. Karimov ma’naviyatning g‘oyat ktng qamrovli, ko‘lamli (ulug‘vor) ekanligi, uni oddiy o‘lchovlarga sig‘masligi haqida shunday deydi: “Bizning ma’naviyatimiz asrlar davomida million-million kishilar taqdiri bilan shakllangan. Uni o‘lchab ham, poyoniga yetib ham bo‘lmaydi. U inson uchun bir olam....Yer, oila, ota-ona, bolalar, qarindash-urug‘lar, qo‘ni-qo‘shnilar, xalq, mustaqil davlatimizga sadoqat, insonlarga xurmat, ishonch, xotira, vijdon, erkinlik-ma’naviyatning ma’nosi ana shunday keng”.60
Ulug‘vorlikning obyektiv manbai fidoiyligi, ijtimoiy taraqqiyotdagi tub sifat o‘zgarishlari bo‘lsa, subyektiv jixati — ularning yuksak estetik ideallar asosida baholanishidir. Mazkur jixat san’at sohasida o‘z aksini to‘la namoyon etadi. Shuning uchun agar cheksiz, sarxadsiz okean, osmonupar tog‘lar, vulqonlar kishida “sof” holdagi qo‘rquv, xayratlanish hissiyotini uyg‘otsa, san’at asarlarida tasvirlangan ulug‘vor narsa, hodisalar uni zavqlantiradi, ruxan lazzatlantiradi. Masalan, Cho‘lponning “Xalq” she’rini o‘qir ekanmiz, xalqning qudratli kuch ekanligini konkret-obrazli tarzda idrok etish, anglab olish bilan birga uning ulug‘vorligini qalbdan his etamiz va zavqlanamiz.
Xalq dengizdir, xalq to‘lqindir, xalq, kuchdir,
Xalq isyondir, xalq olovdir, xalq kuchdir...
Xalq qo‘zg‘alsa kuch yuqdirki, to‘xtatsin,
Quvvat yuqqim, xalq istagin yuq etsin..
Xalq isyoni saltanatni yuq qildi,
Xalq istadi, toj va taxtlar yiqildi.61
Ulug‘vorlikning jamiyat va inson hayotida namoyon bo‘lishining qarama-karshi kutbi tubanlik va pastkashlikdir. Bugungi kunda taraqqiyparvar, demokratik kuchlar faoliyatining ulug‘vorligini ularning muxolifi bo‘lgan terrorizmning tubanligini chuqur tushunib yetmasdan turib idrok etish mumkin emas. Tubanlilik tushunchasida muayyan gurux, aloxida shaxsning ijtimoiy-estetik ideallarga zid xatti-harakatlari aks etadi. Masalan, diniy-ekstremizm, terrorizm to‘dalari va ularning yo‘lboshchisi, raxnamolarining bugungi kundagi xatti-harakatlari ana shu mezon bilan baholanadi.
Kundalik hayotda kishilar orasida uchraydigan oqpadarlik, nonko‘rlik, sotqinlik, giyoxvandlik va boshqa xatti-harakatlar ana shu o‘lchovda baholanilganda kishida nafratlanish his-tuyg‘ularini uyg‘otadi.

Download 0,72 Mb.
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   146




Download 0,72 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Samarqand filiali kompyuter falsafasi

Download 0,72 Mb.