Samarqand filiali kompyuter falsafasi




Download 0,72 Mb.
bet121/146
Sana02.02.2024
Hajmi0,72 Mb.
#150537
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   146
Bog'liq
Kompyuter falsafasi-fayllar.org

Fojiaviylik mezoniy tushunchasida jamiyat va shaxs hayotidagi o‘ta murakkab ziddiyatlar ifodalanadi. Mazkur ziddiyatlar ijobiy (taraqqiyparvar) va salbiy ijtimoiy kuchlar o‘rtasidagi kurash tarzida kechadi. Uning estetik ahamiyati, mohiyati falsafiy kategoriyalar – zaruriyat va erkinlik mazmuni orqali anglashiladi. Bunday kurashlar ko‘pincha taraqqiyparvar kuchlarning xalokati, o‘limi bilan yakunlanadi. Lekin ularning qismati mangulikka daxldor bo‘ladi. Chunki bu o‘lim (xalokat) yuksak maqsad, ilg‘or g‘oyalar uchun kurash yulidagi fidoiylik bo‘lib, abadiyatlik nomi bilan ataladi. Masalan, bugungi kunda istiqlol uchun kurashgan A.Kodiriy, Cho‘lpon, Bexbudiylarning xalokatlarini fojiaviylikning ana shu mezoniy o‘lchovlari bilan baholaymiz.
Kishi fojiaviylikning estetik ahamiyatini idrok etmasdan turib hayot, umr, yashashning maqsadini chuqur anglab eta olmaydi.
Fojiaviylikni badiiy obrazlarda mujassamlashtiruvchi san’at ana shu jixatdan muhim rol uynaydi. Fojiaviylik san’atining tragediya janrida ifodalanadi. Mazkur janrda — fojiaviylik ijtimoiy ziddiyatlar konkret shaxs (xarakter) va turli xil xolatlar, kuchlar o‘rtasidagi keskin tuqnashuv, kurashlar tasvirida beriladi. Bunda konkret shaxs obrazining fojiasi ijtimoiy ziddiyatlarni xal qilish yulidagi xalokat sifatida tasvirlanadi. Masalan, ingliz dramaturgi Shekspirning “Hamlet” asaridagi Hamlet fojiasi bu shunchalik taxqirlangan kishining o‘z otasi uchun qasos olish xikoyasi emas, balki uning mavjud ma’naviy tubanlashishga yuz tutgan muxitni o‘zgartirish yulida o‘zini fido qilish tasviridir uyg‘otuvchi voqyealarni tasvirlash orqali kishini ruhiy poklantirish (katarsis)ligidir, deb hisoblaydi.62
Kulgulilik (xajviylik) mezoniy tushunchasining mazmuni fojiaviylik tushunchasining mohiyati orqali anglashiladi. Chunki mazkur tushunchada ijtimoiy ahamiyatga molik ziddiyatlarga estetik ideal nuqtai nazaridan bo‘lgan tanqidiy munosabat ifodalanadi. Estetik fikr tarixida kulgililik asosan go‘zallik va xunuklik (Arastu), ulug‘vorlik va tubanlik (Kant), soxta be’manilik va haqiqat (Gegel) o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarning natijasi sifatida ta’riflaniladi. Ma’lumki, kulgi psixofiziologik hodisa bo‘lib, turlicha tur, xillarda bo‘ladi (xajviy, ironiyali, masxaraomuz va boshqa).
Ba’zi kishilar kulgi ta’siridan qattiq xayajonga tushadi, ruhiy zarbaga uchraydilar. Masalan, manbalarda qayd qilinishicha, Bobil va Yunonistonni vayron etgan Eron shoxi (e.o.?-465 vafot etgan) Kreks kulgidan o‘lgan. Fransuz drammaturgi Pyer Ogyusten (1732-99 y) o‘zini jaxonga tanitgan “Seviliya sartaroshi” nomli komediyasini otasiga o‘qib berarkan, keyingisi ichak uzdi kulgidan jon beradi. Qadimgi yunon drammaturgi Sofokl (e.o.496-40b) ham tomoshabin olqishlari ostida kulgidan vafot etgan.
Kulgulilikning estetik ahamiyati, mohiyati shundaki, unda jamiyat hayotidagi hodisalarga, shaxs xatti-harakatiga estetik ideal mezonidan turib baho beriladi. Kulgililikning estetik mohiyati shundaki, u doimo kishida psixofiziologik xolatni keltirib chiqaravermaydi. U qarama- qarshi qutbdagi tomonlarni oqlovchi yoki qoralovchi kulgidir. Boshqacha qilib aytganda, mazkur kulgi jamiyat va shaxs hayotidagi ziddiyatli hodisa, jixatlarga ijtimoiy - estetik ideal mezoni buyicha beriladigan bahodir. Shunga ko‘ra u mohiyatan ijtimoiy ahamiyatga molik kulgi bo‘lib, u ayni paytda kishida kayg‘urish, achinish, azoblanish his-tuyg‘ularini uyg‘otadi.
Masalan, terrorizmning xatti-harakati umuminsoniy — gumanistik, estetik ideallar o‘lchovidan turib baholanganda, shu ma’nodagi kulgililikdir. Kulgililik san’atining komediya, satira, yumor kabi janrlarida ifodalanadi. Komediya dramatik janr turi bo‘lib, u go‘zallikning muqobili bo‘lgan kulgili xolatlarda ifodalaydi. kulgili xolat esa, Arastu ta’kidlaganidek, xunuklikning bir qismi, xolos.63
Masalan, Said Axmadning “Kelinlar quzg‘oloni” komediyasida qaynona-kelin munosabatini tasviri zamirida xunuk ijtimoiy fojialar keltirib chiqargan sobiq ittifoqning ma’muriy-buyruqbozlik boshqarish tizimi ustidan bo‘lgan kulgi yotadi. Sadriddin Ayniyning “qori ishkamba” xikoyasidagi qori obrazi insondagi xunuklik, ma’naviy tubanlik go‘zallik muqobilida tasvirlanganligi uchun kulgi uyg‘otadi.
Shunday qilib, san’at asarlari fojiaviylik va kulgililikning estetik mohiyatini anglashda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Umumiy xulosalar:
      • Estetikaning mezoniy tushunchalari falsafiy mazmunga ega bo‘lib, ular kishining tabiat, jamiyat hodisalariga va o‘ziga nisbatan bo‘lgan bahoviy munosabatini ifodalaydi.


      • Estetik bilish umumiy mezoniy tushunchalar tizimi orqali amalga oshiriladi.


3. Estetik ong va faoliyatning mohiyati mazkur tushunchalar mazmuni orqali anglashiladi.


4. Estetik mezoniy tushunchalar san’at asarlarini yaratish va ularni idrok etish, ma’naviy qadriyatlar sifatida baholay bilishning tamoyillari bo‘lib xizmat qiladi.



Download 0,72 Mb.
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   146




Download 0,72 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Samarqand filiali kompyuter falsafasi

Download 0,72 Mb.