• Reja. Ijtimoiy tarmoq uyinlari va ularning yosh bolalarga ta’siri
  • Reja. Ijtimoiy tarmoqlar orqali targ‘ibot qilishning zamonaviy usullari




    Download 0,72 Mb.
    bet112/146
    Sana02.02.2024
    Hajmi0,72 Mb.
    #150537
    1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   146
    Bog'liq
    Kompyuter falsafasi-fayllar.org

    Reja. Ijtimoiy tarmoqlar orqali targ‘ibot qilishning zamonaviy usullari

    Mazkur vaziyatda yoshlarni ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida




        • Mediasavodxonlikni oshirish


        • Huquqiy-siyosiy bilim darajasi


        • Madaniy-ma’rifiy targ‘ibot


        • Milliy-an’anaviy qadriyatlar


        • Ta’lim-tarbiya


        • Iqtisodiy-ijtimoiy bilim darajasi


        • Diniy bag‘rikenglikni rivojlantirish


        • Gender tengligi masalalari borasidagi axboriy bilimni rivojlantirish va kuchaytirish shart. Qolaversa ushbu ko‘nikmalarni stretgik rivojlantirishda zamonaviy targ‘ibot texnologiyalaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Jumladan:


        • Maqsadli auditoriya bilan ishlash


        • Icloud –texnologiyasi


        • Targeting texnologiyasi


        • Auditoriyani kommodifikasiyalash


        • Axboriy xurujlarga javob stretegiyasi


        • Mediatreninglar tashkil qilish


        • Ijtimoiy roliklar tasvirga tushirish


        • OAV mediametriyasi





        • Reja. Ijtimoiy tarmoq uyinlari va ularning yosh bolalarga ta’siri

    Tabiiyki, yoshlar tabiatan o‘yinqaroq bo‘ladi. Shu bois undagi kompyuter texnologiyalarini o‘rganishga bo‘lgan ilk qiziqish turli o‘yinlarni o‘ynashga intilishdan boshlanadi. Agarda ushbu o‘yinlar ta’limiy vazifaga emas, vayronkor g‘oyalarni targ‘ib etishga qaratilgan bo‘lsa, yoshlarning ongini zaharlashi tayin. Bunday sharoitda ezgulik va insonparvarlik, barkamollik va bunyodkorlikka xizmat qiluvchi, milliy an’ana va qadriyatlarimizga mos, yoshlarni mantiqiy mushohada yuritishga, kompyuter orqali bilimlar olamining turfa sirlarini o‘rganishga chorlovchi elektron o‘yinlarni yaratish muhim ahamiyatga ega. O’yinda ta’limiy vazifa Ta’lim-tarbiya jarayonida sifatli o‘yinlarni tanlay bilish muhim ahamiyatga ega. Shu ma’noda o‘qituvchi va ota-onalar yoshlarning kompyuter o‘yinlariga bo‘lgan qiziqishlarini ularning yoshi, dunyoqarashi, jismoniy-aqliy imkoniyatlaridan kelib chiqib ta’limiy maqsadga yo‘naltirishi darkor. O’yinlarning tub mohiyatini yaxshi anglagan o‘quvchi-talaba ulardan maqsadli ravishda foydalanadi. Yoshlar kompyuterdan o‘yin emas, balki bilim va tafakkurini oshiruvchi vosita sifatida foydalanishi zarur.


    Bugun – kelajak ko‘zgusi Elektron o‘yinlar sifatini yanada oshirish, ularni mazmunan boyitish va yangi turlarini yaratish bo‘yicha ko‘pgina ishlar amalga oshirilmoqda.
    Hozirgi kunda Kompyuter yoshlarga «enagalik» qilmoqda! Bola e’tibor talab bo‘ladi. Onasi u bilan doim birga bo‘lishini xohlaydi. Biroq hamma onalar ham buning uddasidan chiqolmaydi. Bolasining yig‘lab xarxasha qilishiga toqat etolmay, kompyuter yoki ulkan plazmali ekranga qaratib ovuntiradi. Hali o‘zining kimligini bilmaydigan go‘dak ekranda faqat multfilm ko‘radi deb o‘ylaysizmi? Yo‘q, u ulkan yirtqichning ojiz kiyikni bo‘g‘izlab, go‘shtini nimtalayotganini ham ko‘radi. Onasi esa bu paytda bolasining tinchib qolgani, yig‘lamayotganidan xursand bo‘lib, dugonasi bilan telefonda istagancha gap sotadi... Ha, bugun aksariyat oilalarda bolalar bir vaqtlar momolarimiz kuylashni shunchaki zaruratgina emas, balki sharaf bilgan allani eshitmay ulg‘ayyapti. Chunki zamonaviy onalar alla aytishni o‘rinlatmayapti, o‘rinlatganlari vaqtini qizg‘anadi. Ma’lumki, bolalarda ota-onasiga taqlid qilish yoki birdan katta bo‘lib qolish istagi kuchli. Kompyuter o‘yinlari kichkintoylarga ana shu imkoniyatni, virtual tarzda bo‘lsa ham, hadya qiladi. Kompyuter bolalarni «kap-katta odam»ga aylantiradi. Shu zaylda ular monitor qarshisida soatlab o‘tirib, go‘yo dunyo muvozanatiga keskin xavf tug‘dirgan, butun-butun shaharlarni ostin-ustun qilib, duch kelgan odamni o‘qqa tutayotgan, pichoqlayotgan, baland qavatli binolarni qo‘porayotgan jinoyatchilarni o‘ldirib «qahramon»ga aylanishadi Kompyuter o‘yinlari bolalarning diydasini qotirmoqda. Ular ayanchli lavhalarni, qo‘rqinchli sahnalarni kiprik qoqmay kuzatadi. Atrofidagi tengdoshlariga maqtangannamo «Mana, ko‘rib qo‘yinglar, men hyech narsadan qo‘rqmayman!» qabilida tomosha qiladi. U yerda paydo bo‘luvchi maxluqlar bilan olishadi, raqib askarning peshonasini bemalol snayper orqali nishonga oladi. O’q u kutganidek raqibning manglayini qip-qizil qonga belasa, shodlanganidan qiyqirib yuboradi! Shu tariqa kichkintoylar geym-klublarga bola bo‘lib kiradi-yu, yoshi ancha «ulg‘ayib» chiqib ketadi. Afsuski, ular bu tobda kompyuterdek jodugar ulardan eng bebaho boylik – bolaligini o‘g‘irlayotganini payqashmaydi! Ota-onalar zurriyodining betgachoparligi, dangasaligi, gap qaytarishi, jizzakiligidan nolishadi. Bolalaridan xafa bo‘lib, ularni tartibga chaqirayotgan, kaltaklayotgan ota-onalar o‘z xatolari xususida kamdan-kam o‘ylashadi, nazarimizda. Ayrimlar erta tongdan ishga otlanib, farzandlarining kun bo‘yi nima qilayotgani, qanday ishlar bilan mashg‘ulligini, do‘stlari kimligini, hatto maktabda necha bahoga o‘qiyotganini bilishmaydi. «Maktabda, tanaffusda somsa sotib olib yeyish va ayrim o‘quv qurollari uchun o‘g‘limga pul bersam kifoya», – deydigan, shu bilan ota-onalik burchini bajardim deb xotirjam yuradiganlar farzandining geym-klubda o‘sha pullarni behuda sarflayotganidan xabari bormikan? – Kompyuter o‘yinlaridagi qonli sahnalar, vahshiy kurashlar bolalarning va hatto yoshlarning psixologiyasiga sekin-sekin tobora chuqur joylashib, xarakteridagi yashirin agressiyani qo‘zg‘atadi, – dedi taniqli psixolog Mahmud Yo‘ldoshev. – U geym-klubdan ko‘chaga chiqqanda odamlarga shubha, qo‘rquv yoki nafrat bilan qaraydigan bo‘ladi.
    Kompyuterdagi dushmanni mahv etish yo‘llarini «a’lo»ga o‘zlashtiradi-yu, biroq maktabdagi, o‘quv dargohidagi fanlardan qoniqarsiz bahoga o‘qiydi. Bu uni odamlardan ajralib qolishga, o‘z qobig‘iga o‘ralib, virtual olamdagi o‘z qahramoni bilan yashashga ko‘niktirib qo‘yadi. Buni bir nom bilan «zombilashuv» deyishmoqda. Bunday ma’naviy qaramlik butun olamni o‘z qobig‘iga o‘ramoqda. Yevropalik tadqiqotchilardan biri shunday degandi: «Kompyuter o‘yinlarini professional tarzda o‘rgangan bolalarning reaksiyasi yetuk uchuvchining hushyorligidan qolishmaydi, biroq jismoniy jihatlari oltmish yoshlik kashandaning abgor holatini eslatadi». Angliyalik bir guruh mutaxassislar sport turlari bilan kompyuter o‘yinlarini solishtirib, odamlar, xususan, maktab o‘quvchilari orasida test sinovlarini o‘tkazdi. Izlanish natijalari shuni ko‘rsatdiki, bir yil mobaynida kompyuterda o‘yin o‘ynagan bola har tomonlama zarar ko‘rarkan. Aksincha, sport bilan shug‘ullangan bolaning salomatligi, tana a’zolariga uyg‘un tarzda fikrlashi ham shakllanishi ayon bo‘ldi. Bunga yaqqol misol qilib 2002 yilning 10 oktyabrida Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida yuz bergan fojiani keltirish mumkin. Kompyuter klublarining biridagi hojatxonadan 24 yoshli Kim ismli yigitning jasadi topilgan (rss.novostimira. com). Surishtiruvlardan so‘ng uning kompyuter o‘yinlariga mukkasidan ketgani, kompyuter qarshisida soatlab emas, kunlab och-nahor o‘yin o‘ynab o‘tiravergani aniqlandi. Kim ismli bu yigit o‘shanda uyqusiz, ovqatsiz 86 soat, ya’ni uch yarim kundan ortiqroq vaqt mobaynida kompyuter kursisida mixlanib o‘tirgan. Oqibatda ana shu zombilik uni halokat jariga «uloqtirib» yuborgani oydinlashdi. Olimlarning uqtirishicha, hatto eng ilg‘or texnologiyalar asosida yaratilgan kompyuter monitori ro‘parasida ham ikki soatdan ortiq o‘tirish ziyon ekan. Endi o‘zingiz bir o‘ylab ko‘ring: 2002 yili ishlangan kompyuterga qariyb to‘rt kun muttasil termilib o‘tirish uchun u qancha ko‘z nuri, qancha asab tolalari, qancha energiya sarflagan ekan-a?! To‘g‘ri, kompyuter o‘yinlarini mutlaqo taqiqlab qo‘yishning iloji ham yo‘q. Boisi, ayrim o‘yinlar bolalarning matematik qobiliyati, mantiqan fikrlashini o‘stiradi va hokazo. Aytmoqchimizki, kompyuter o‘yinlarining foydali tomonlari ham bor, albatta. Faqatgina ota-onalar bolalariga kompyuter o‘yinlari o‘ynashiga ruxsat berishdan oldin o‘sha o‘yinlarning necha yoshga mo‘ljallangani, maqsadi va syujetidan ogoh bo‘lishi lozim. Lekin bu talab doim ham biz kutgan mevani beravermaydi. Sababi, bunday hayotiy zarurat ayrim ota-onalar uchun mayda yoki ahamiyatsiz tuyulishi mumkin...
    Demak, bolalarda tarbiya va zaruriy taqiqlar bilan bog‘liq masalalarda ortiqcha savollar paydo bo‘lmasligi uchun, oilada ota-ona, maktabda o‘qituvchilar, ko‘chada yoshi kattalar ularga atroflicha tushuntirish ishlarini muntazam olib borishlari lozim ekan. Ba’zan bolalar ruhiy tushkunlikda virtual hayotni real hayot bilan almashtirib qo‘yadi. Jahli chiqqan vaqtda (masalan, sinfdoshi, ukasi yoki akasi bilan janjallashib qolganda), bu o‘zini ko‘rsatishi mumkin. Bola qarshisidagi jonli, tirik raqibini jazavada biror buyum bilan urishi, jiddiy jarohat yetkazib qo‘yishi ham hyech gapmas. Uning uchun bu bir inson joniga azob berish bilan bog‘liq jinoyat emas, balki asabiy vaziyatda tez qaror qabul qilib, omon qolish chorasidek tuyuladi. Axir, kompyuter o‘yinlarida dushmanni tilka-pora qilib tashlasa ham, yana qaytadan tirilaveradi-ku. Bola jazavasidan tushib, o‘ziga kelganda esa, «o‘yindan o‘t chiqqan» bo‘lishi mumkin.
    Kompyuter o‘yinlari janriga ko‘ra 7 turga bo‘linadi: ekshn, ekshn-advencher, kvest, poygalar, simulyator o‘yinlar, sport o‘yinlari, strategik o‘yinlar. Agar kompyuter o‘yinlarining dastlabki avlodi 1972 – 1977 yillarda yaratilgan bo‘lsa, 2011 yilga kelib ularning «sakkizinchi avlodi» ishlab chiqarilmoqda.
    Biz bolalarimiz uchun eng xavfli deb hisoblayotgan o‘yinlar ekshn janridagilari (inglizcha, action – harakat) bo‘lib, asosan, jangari sahnalar, ur-yiqitlar, mushtlashuvlar, otishmalarni o‘z ichiga oladi. Ekshn inglizcha shuter (otib tashlamoq), fayting (kurash), shuningdek, vahima, qo‘rquv (survival/horror) so‘zlari bilan uyg‘un holda qo‘llaniladi. «Call Of Duty», «Mortal Kombat», F.E.A.R., «Silent Hill» kabilar bularga misoldir. 2011 yili dunyo miqyosida eng ko‘p ommalashgan kompyuter o‘yinlari aynan ekshn janridagilari ekani tashvishlanarlidir. Xususan, 2018 yilgi ma’lumotlarga (metereyting.ru) ko‘ra, «Minecraft» o‘yini eng ko‘p ovoz olgan. Qolgan o‘yinlar egallagan o‘rinlar quyidagicha: 2) «Portal-2»; 3) «The Elder Scrolls-5: Skyrim»; 4) «Yalmog‘iz-2: qirolni o‘ldirish»; 5) «Deus Ex: Human Revolution»; 6) «FIFA-12»; 7) «Shogun-2: Total War»; 8) «Dead Space-2»; 9) «Battlefi eld-3». Bu o‘yinlar orasidan faqatgina bittasi – futbol o‘yiniga asoslangan «FIFA-12» bolalarning axloqiy tarbiyasiga zid kelmasligini ta’kidlash mumkin, xolos.
    Darvoqe, hozir urfga kirayotgan onlayn (online) o‘yinlar xavflilik darajasini yanada oshiradi. Bunda bolalar internet tizimiga kirib, virtual olamda o‘zaro jang qilishadi, otishmalarda qatnashadi. Masalan, olti yoshli Jek Londondagi uyida o‘tirib Avstraliyada istiqomat qilayotgan sakkiz yoshli Marveykka qarshi qirg‘in qurollari yordamida jangga kirisha oladi. Demak, ular g‘alaba qozonishni istasa bir-birining timsolidagi «qahramon»ni virtual olamda o‘ldirishi kerak bo‘ladi. Eng ayanchlisi shuki, bunday «g‘oyibiy otishmalar» doim do‘stona munosabatda yakunlanmaydi. Jek boshqarayotgan o‘yinchi ketma-ket «o‘laversa», asabiylashadi, «vahshiy» Marveykni, keyin uning atrofidagilarni, so‘ngra butun Avstraliyani yomon ko‘rib qolishi ham ehtimoldan xoli emas... Kompyuter o‘yinlariga mukkasidan ketgan aksariyat bolalarning ovqatlanish rasioni ham izdan chiqadi, – dedi tajribali pediatr Xurshida Jovmirzayeva. – Ular o‘yindan «ko‘ngil uzolmay», chala-chulpa ovqatlanadi, taom yeyayotganini ba’zan umuman his qilishmaydi: ikki ko‘zi ekranga, barmoqlari klaviaturaga yopishib qoladi go‘yo. Yoki qaysarlik qilib o‘z-o‘zini ochlikka mahkum etadi va o‘yinni tugatib ovqatlanishga qaror beradi. Bunday bee’tiborlik tushlik kechki ovqatga ulanishiga, u esa bolalarning oshqozoni buzilishi hamda o‘n ikki barmoqli ichakda yara hosil bo‘lishiga olib keladi. Har jihatdan sog‘lom va barkamol avlod tarbiyalashga ulkan e’tibor qaratilib, g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotgan yurtimizda zamonaviy andozalarga to‘la javob beruvchi, ko‘rgan kishining ko‘zini quvontirib, bahri dilini ochuvchi sport komplekslari, musiqa maktablari qurilmoqda, foydalanishga topshirilmoqda. Bolalarining kelajagini, ertangi yorug‘ istiqbolini o‘ylagan ota-onalar ana shu maskanlarga farzandlarini yo‘llamoqda. Zero, musiqa ruhni tarbiyalasa, sport tanani chiniqtiradi. U yerlarda tarbiya topib, ichki va xalqaro musobaqalar, birinchiliklarda nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritayotgan o‘quvchilardan keksayu yosh faxrlanadi. Ular o‘z salohiyatini, kuch-quvvatini mamlakatimiz bayrog‘ining xorijiy arenalarda ham yuksak hilpirashi uchun safarbar etayotgani tengdoshlariga, shubhasiz, o‘rnakdir. Ha, bolalarning tarbiyasi hamma zamonlarda nozik masala bo‘lgan. Bugun ularni yo‘ldan adashtiruvchi, noto‘g‘ri yo‘lga boshlovchi salbiy, g‘arazli maqsadlarga tayanuvchi omillarni, guvohi bo‘lganimizdek, birgina kompyuter «quticha»si misolida istagancha topish mumkin. Shunday ekan, ertangi kunimiz egalarini uyda yolg‘iz, qarovsiz qoldirmay, turli ma’naviy-axloqiy, ruhiy, ijtimoiy xavf-xatarlardan asrab-avaylab, ularni «virtual olam fuqarosi»ga aylanib qolishdan saqlashimiz zarur. Toki «Bolangiz qayerda yashaydi?» degan savol berilganda, hushyor ota-onalarimiz mamnuniyat va xotirjamlik bilan javob berishsin: «Farzandlarimiz turli ma’naviy buzg‘unchilikka chorlovchi tahdidlardan xoli, ruhiy va jismoniy jihatdan sog‘lom oilada yashaydi»
    Xulosa qilib aytganda, yoshlarimizni turli pixologik g‘oyaviy oqimlar va radikal guruhlar tarkibiga kirib qolish hamda Yoshlarda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishda Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, «...biz farzandlarimizning ongi, dunyoqarashi asrlar davomida sinovdan o‘tgan, yuksak ma’naviyat xazinasi bo‘lgan jahon va milliy adabiyotimiz asosida emas, balki qandaydir shubhali, zararli axborotlar asosida shakllanishiga beparvo qarab turolmaymiz». Binobarin, bugungi davr bizdan dunyo miqyosida bo‘hton va uydirmalarni tarqatish orqali yoshlarimizni aldab, o‘z qarmog‘iga ilintirishga intilayotgan ijtimoiy tarmoqlardagi turli salbiy holatlarga hyech qanday imkon bermasligimizni talab etmoqda. Zero, milliy ma’naviyatimizni asrash orqali yoshlarimizni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalab, o‘z xalqiga, yurtiga bo‘lgan muhabbatini oshirish asosiy vazifamizdir.


    Download 0,72 Mb.
    1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   146




    Download 0,72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja. Ijtimoiy tarmoqlar orqali targ‘ibot qilishning zamonaviy usullari

    Download 0,72 Mb.