• 12. Yakkalikdan yakkalikka qarab borish xulosa chiqarishning qaysi turiga xos
  • 14. Sofizm bu
  • 4-Mavzu: Axborot tushunchasi va axborot texnologiyalari rivojlanishining evolyutsion bosqichlari Reja Axborot tushunchasi va uning mohiyati
  • Insonni faoliyatga undovchi sabablardan birini toping?




    Download 0,72 Mb.
    bet46/146
    Sana02.02.2024
    Hajmi0,72 Mb.
    #150537
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   146
    Bog'liq
    Kompyuter falsafasi-fayllar.org

    Insonni faoliyatga undovchi sabablardan birini toping?

    *A. Ehtiyojlar;


    B. Maqsadlar;
    S. Orzular;
    D. Xayollar;


    11. Analogiya nima?
    A. umumiylikdan umumiylikka fikran o‘tish asosida hodisada belgining borligini aniqlab chiqarilgan gipotetik-induktiv xulosa;
    B.* ikki predmet, hodisada belgining borligini aniqlab, ularning boshqa o‘xshash belgilarga ega ekanligi haqida chiqariladigan xulosa;
    C. munosabatli hukumlarning mantiqiy bog‘lanishi asosida chiqariladigan xulosa;
    D. uchunchi predmet haqida chiqariladigan induktiv xulosa.


    12. Yakkalikdan yakkalikka qarab borish xulosa chiqarishning qaysi turiga xos?
    A. munosabatli;
    B. induksiya;
    C.* anologiya;
    D. sillogizm.


    13. Qo‘yidagi xalq maqolalaridan qaysi biri analogiyaga asoslangan?
    A. Sinamaganni sirtidan o‘tma;
    B. Ahmoq o‘zini maqtar;
    C.* Eru - xotin qo‘sh ho‘kiz;
    D. Sirti yaltiroq, ichi qaltiroq.


    14. Sofizm bu:
    A.* muhokama yuritishdagi mantiqiy hiyla;
    B. anglanmagan holda xatolikka yo‘l qo‘yish;
    C. fikrlashdagi ziddiyat;
    D. induktiv xulosa.


    15. Nazariya bu:
    A.* ilmiy bilimlarning sistemalashtirilgan shakli;
    B. ilmiy bilimlarning yuzaga kelish jarayoni;
    C. muammoli, ilmiy xarakterga ega bo‘lgan bilimlar tizimi;
    D. ilmiy faraziyalar tizimi.


    4-Mavzu: Axborot tushunchasi va axborot texnologiyalari rivojlanishining evolyutsion bosqichlari
    Reja


    1. Axborot tushunchasi va uning mohiyati


    2. Ilmiy-texnik inqilob va ilmiy-texnik taraqqiyot


    3. Kompyuter inqilobi



    1. reja. Axborot tushunchasi va uning mohiyati

    «Axborot» tushunchasi borliqdagi predmetlar va hodisalar, ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish, ta’sir va aks ta’sirlarni, tirik organizmlardagi oldingi nasllar irsiy xususiyatlarining keyingi nasllarga berilish jarayonini, oliy nerv faoliyatining ishini, kishilarning o‘zaro fikr almashishlarini, borliqning inson miyasida ong shaklida aks etishini, elektron mashinalarning ish faoliyati va bajaradigan operasiyalarini, texnik aloqa kanallari: telefon, telegraf, radio va televideniya orqali beriladigan hamma xabar va ma’lumotlarni ham o‘z ichiga oladi. Inson ongi ham obyektiv voqelikning subyektiv obrazi sifatida informatsiyaning o‘ziga xos bir turidir. Axborot nazariyasining asoschilari bu tushunchani, turli xil belgilar, simvollar, turli kodlar va ularni ifodalagan so‘zlar, gaplar asosida turli kanallar orqali, turli vositalar bilan turli fikrlar va obrazlar almashuvidan iborat, deb tushunganlar.


    Axborot nazariyasi dastlab paydo bo‘lganda, u faqat jamiyatdagi kishilar o‘rtasidagi xabarlar va axborot almashuvlarni o‘rganishni o‘z ichiga oladi. Keyinchalik bu nazariya jonsiz va jonli tabiatdagi in’ikos turlaridan tortib, inson miyasidagi barcha ong obrazlarigacha bo‘lgan ma’lumotlar, xabarlarni ham o‘z ichiga ola boshlaydi. Hozirgi kunda axborot nazariyasi maxsus bir fan sohasini tashkil etib, inson ongi bilan bog‘liq tushuncha sifatida falsa-faga ham kirib keldi. Axborot uni saqlovchi uni qabul qilib olib, qayta informatsiyaga aylantiruvchi moslamalar bilan bog‘liq bo‘ladi. Informatsiya bo‘lishi uchun uni ishlab chiqaruvchi tizim - informatsiyaning manbai, uni kodlovchi moslama, uni uzatuvchi va qabul qilib olib, qayta ishlovchi tizimlar bo‘lishi lozim. Informatsiyani uzatish uchun ularni ifodalovchi maxsus belgilar, simvollar, kodlar talab qilinadi. Bu belgilar, simvollar va kodlar elektromagnit to‘lqinlari, elektr impulslari, yorug‘lik kvantlaridan, ovoz to‘lqinlaridan iborat maxsus mexanik, fizik, fiziologik va nihoyat, ijtimoiy ko‘rinishlarda ham bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, informatsiyani uzatuvchi tizim bilan uni qabul qilib, qayta ishlovchi tizim o‘rtasida ma’lum o‘zaro kelishuv bo‘lishi ham lozim
    Axborot tizimi - qo‘yilgan maqsadlarga erishish yo‘lida axborotni to‘plash, saqlash, ishlov berish va chiqarishda foydalaniladigan vositalar, usullar va xodimlarning o‘zaro bog‘liq majmui.
    Axborot o‘z subyekti va obyekti (manbai) o‘rtasidagi o‘zaro aloqa jarayonining mahsuli (natijasi) sifatida vujudga keladi. Aks ettirishning uzatilgan, invariant qismi sifatidagi axborot konsepsiyasi tanlash jarayonini amalga oshirishga qodir o‘zini o‘zi boshqaruvchi tizimlar faoliyatini tavsiflashi mumkin. Axborot murakkab tarkibli tizimlarda aks ettirilgan rang-baranglikning boshqaruvga xizmat ko‘rsatuvchi muhim qismi, kommunikasiya vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. U bir qancha xossalarni 215 o‘zida mujassamlashtiradi – nafaqat aks ettirish, boshqarish, balki aloqa vositasi sifatida ham amal qiladi. Bu yerda axborotning kommunikativ jihati birinchi o‘ringa chiqadi. Axborot –obyektiv reallikning muhim qismini ifodalovchi tushuncha bo‘lib, o‘zini saqlash, qayta ishlash va ta’sir natijalari (izlari)dan foydalanish uchun mo‘ljallangan moddiy tizimlarda namoyon bo‘ladi. Axborot bu tizimlarning faoliyat jarayonida o‘z mazmuniga ega. Obyektivlik, moddiylashtirish va uzatish imkoniyatining mavjudligi – axborotning muhim xususiyatlari.
    Axborotning evristik mazmunini o‘rganishda informatsion vaziyatning quyidagi unsurlari muhim o‘rin tutadi: 1) axborot subyekti (axborot oluvchi, uni o‘zgartiruvchi va undan foydalanuvchi), axborot obyekti (axborot manbai): subyekt bilan o‘zaro aloqaga kirishadi; 2) ehtiyojlar: aks ettirilgan rang-baranglikning muhim qismini tanlash masalasini yechadi. Subyektning qizg‘in izchil faoliyati axborotning shakllanish jarayonida muhim omillardan biri sifatida amal qiladi. Tashqi ta’sirlardan axborot obyektining subyektga ta’siri, ta’sirni kodlashtirish va modellashtirish, teskari aloqa, subyektning bilim darajasi ta’sirida o‘zgarish va hokazolarni qayd etish mumkin. «Axborotni o‘rganish axborot-boshqaruv jarayonini tahlil qilish bilan uzviy bog‘liq, chunki axborot unda funksional xossa sifatida mavjuddir»6 . Informatsion vaziyat butun axborot jarayoni maydonini ifoda etadi. Shu sababli axborotning o‘zi emas, balki u amalda o‘z aksini topgan faoliyat yoki xulq-atvorni boshqarish tizimidagi aloqalar, funksiyalar va mexanizmlar o‘rganish predmetini tashkil etadi. Axborot kommunikativ jarayonga qo‘shilib, bilim muayyan shaxsning boyligiga aylanishiga imkoniyat yaratadi. Bilim – subyekt ongining mazmuni, bilish faoliyatining natijasi, amalda mavjud predmetlarga bog‘langan bilish obrazlari majmui. Muayyan subyekt bilimining mazmuni hyech qachon idrok etilgan axborot mazmuni bilangina cheklanmaydi. Idrok etish bilimning alohida turi sifatida olingan axborotni anglab yetish, tushunish, talqin qilishni nazarda tutadi. Ilmiy bilimlar hajmining o‘sishi bilan bog‘liq bo‘lgan demokratik jamiyat sharoitida bilimning yangi shakllarini izlash muammosi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu muammo asosan bilimni semiotika vositalari yordamida soddalashtirish yo‘li bilan shaklan o‘zgartirish bilan bog‘liq. Bilimning informativligi bilish faoliyatining barcha sohalari, kommunikativ jarayonlarda muhim ahamiyatga ega. Bunda «kundalik amaliyot, ishlab chiqarish faoliyati, odamlar o‘rtasidagi munosabatlarda aloqa texnikasi ma’nosidagi axborot miqdori emas, balki avvalo axborotning mazmuni yoki boshqacha aytganda informativlik muhimdir. Zotan, axborot miqdori qancha ko‘p bo‘lmasin, agar u idrok etilmasa, tushunib yetilmasa, undan zarracha naf bo‘lmaydi»7. Bilimning informativligi borliq qonunlarini aniq aks ettiruvchi va insonga uning amaliy-o‘zgartirish va bilish faoliyatida xizmat qiluvchi tushunchalar, mulohazalar, konsepsiyalar, nazariyalar va bilimning boshqa shakllarida ifodalangan muhim axborot majmuidir.
    Informativlikning mazmunini quyidagilar tavsiflaydi: 1) yoritilayotgan masalalarning muammoliligi; 2) o‘rganilayotgan obyektning xossalari, aloqalari va munosabatlarini aniq aks ettiruvchi bilimning muhimligi va o‘ziga xosligi; 3) axborotning yangiligi, agar u amalda ijtimoiy ahamiyatga ega va o‘zlashtirilganidan so‘ng foydalanuvchining munosabatini o‘zgartirishi mumkin bo‘lsa; 4) axborotdan faoliyat jarayonida foydalanayotgan subyekt maqsadlari va vazifalariga muvofiqligi; 5) bilimning tushuntiruvchi, bashorat qiluvchi va uyushtiruvchi kuchi; 6) bilim mazmuni mantiqiy-gnoseologik o‘zagining xususiyati sifatidagi bilimning invariantligi; 7) bilimning nomuayyanlik darajasi.
    Ilmiy bilimning informativligi fanning hozirgi davrdagi rivojlanish qonuniyatlari, avvalo uning samaradorligini oshirishga ko‘maklashuvchi bilishdagi integrasiya jarayonlari bilan belgilanadi. Fan integrasiyalashuvining muhim unsurlaridan biri bo‘lgan ilmiy axborot integrasiyasi ilmiy axborotning bir-biriga, fanning bir tarmog‘idan boshqa tarmog‘iga o‘tishida namoyon bo‘ladi. Hozirgi zamon fanining mantiqiygnoseologik asoslaridan biri bo‘lgan integrasiya ilmiy bilimning informativlik darajasi va asosiy informatsion imkoniyatlarini o‘zgartiradi. Bu bilimning bir darajasidan boshqa darajasiga, narsalar va hodisalar mazmunini yanada teranroq aks ettiruvchi bilimga o‘tish bilan bog‘liq. Integrativ jarayonlar nazariy tizimlarning teranlik darajasini oshirib, nazariya va empirik ma’lumotlarning qo‘llanish doirasini kengaytiradi. Nazariya mazmunining yanada teranlashuvi informativlik darajasining oshishiga, tushunchalar haqidagi axborotning integrativ jarayonlarga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashadi. Shunday qilib, fanning integrasiyalashuvi tushunchalar tizimlarining informativligini ularning o‘zaro aloqasi asosida ro‘yobga chiqarish mexanizmi hisoblanadi.
    Fanning integrasiyalashuvi informativlikning muhim xususiyatlaridan biri – bilimning tushuntiruvchi va bashorat qiluvchi kuchini oshiradi. Ilmiy bilishga informativlikni invariantlik orqali tahlil qilish xos. Informativlik invariantlik ma’nosida ko‘p jihatdan konseptual tizimlarning tushuntiruvchi kuchi yordamida ifodalanadi. Ilmiy axborot kommunikativ jarayonga qo‘shilib, bilish faoliyatining samaradorligini oshirish vositasiga aylanadi. Bu bilimning informativligiga nisbatan gnoseologik va sotsiologik yondashuvlarning birligi bilan belgilanadi. Shunday qilib, bilimning informativligini o‘rganish ilmiy faoliyatga nisbatan mantiqiy-gnoseologik, sotsiologik va psixologik yondashuvlarning birligini nazarda tutadi. Bilimning informativligi obyektiv va subyektiv narsalar va hodisalarning falsafiy birligidir. Informativlik bilim obyektiv mazmunining xususiyati bo‘lgani holda, ayni vaqtda foydalanuvchilarning axborotga munosabati sifatida ham namoyon bo‘ladi. Bu munosabat muayyan shaxsning ma’naviy dunyosi, bilish faoliyatini amalga oshirishning psixologik xususiyatlari bilan belgilanadi. Foydalanuvchi ijtimoiy-kommunikativ jarayoniga qo‘shilgan axborotni uning obyektiv mazmuni va ijtimoiy ahamiyati, obyektiv ijtimoiy-iqtisodiy qonuniyatlar nuqtai nazaridan qabul qilishi va tushunishi lozim. Bilimning informativligi ilmiy faoliyatni o‘zgartirish, bilish, ijtimoiy-kommunikativ va psixologik jihatlarini qayd etishni taqozo qiladi. Sotsiologik yondashuv shuni ko‘rsatadiki, bilimning informativlik darajasini moddiy ishlab chiqarishning o‘sishi, moddiy-o‘zgartirish faoliyati asosiy vazifalari kompleks, integrativ xususiyatining kuchayishi ham, ilmiy kommunikasiyalarning rivojlanishi ham oshiradi. Bilimning yangi unsurlari vujudga kelishida ijtimoiy-kommunikativ jarayonga qo‘shilgan, o‘zlashtirilgan ijtimoiy muhim unsurlar faol ishtirok etadi.
    Axborotning ahamiyati quyidagilarda o‘z aksini topadi:
    Agar axborot to‘liq va aniq bo‘lmasa, boshqarish qiyin bo‘ladi. Har qanday ishning muvoffaqiyati ko‘p jihatdan qaror qabul qiladigan shaxs qo‘lida bo‘lgan axborot hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Genri Ford shunday degan edi: «Biznesda muvoffaqiyatning asosi - o‘z vaqtida olingan, to‘g‘ri talqin qilingan va mohirona ishlatilgan axborot hisoblanadi».
    Axborot – bu boshqaruv apparati faoliyatining ham dastlabki nuqtasi, ham natijasidir.
    Boshqarish jarayoni boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida axborot to‘plash, uzatish va qayta ishlash, boshqaruv buyruqlari ko‘rinishida axborot berish va uni ijrochilarga yetkazishdan iboratdir.

    Download 0,72 Mb.
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   146




    Download 0,72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Insonni faoliyatga undovchi sabablardan birini toping?

    Download 0,72 Mb.