• 14. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha texnika insonning ramziy borlig‘idir, lekin bu aynan ... dir. Nuqtalar o‘rniga mos so‘zni toping
  • 15. «Tabiatning yaratuvchanligi san’at yaratuvchanligidan oliyroqdir» degan fikrni kim aytgan
  • Internet tizimi va uning insoniyat hayotidagi ahamiyati. 1- reja. Noosfera konsepsiyasi
  • “Bugungi kunda sayyoramizga yetkazilgan zarar oqibatlarini tugatishdan ko‘ra sayyoramizning o‘zini yo‘q qilib tashlash osonroq” degan fikr muallifi kim?




    Download 0,72 Mb.
    bet71/146
    Sana02.02.2024
    Hajmi0,72 Mb.
    #150537
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   146
    Bog'liq
    Kompyuter falsafasi-fayllar.org

    12. “Bugungi kunda sayyoramizga yetkazilgan zarar oqibatlarini tugatishdan ko‘ra sayyoramizning o‘zini yo‘q qilib tashlash osonroq” degan fikr muallifi kim?
    A. *J.Martin
    B. L.Memford
    S. K.Yaspers
    D. J. Ellyul


    13. Insonning texnika taraqqiyoti oqibatlari, texnikadan foydalanish natijalari uchun javobgarligi to‘g‘risidagi masala texnikaning qaysi bo‘limlarning vujudga kelishiga olib keldi
    1. *texnoetika va texnikani baholash bo‘limlarining


    2. texnoetika va muhandislik bo‘limlarining


    3. muhandislik va menejirlik bo‘limlarining


    4. muhandislik va texnikani baholash bo‘limlari




    14. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha texnika insonning ramziy borlig‘idir, lekin bu aynan ... dir. Nuqtalar o‘rniga mos so‘zni toping
    1. *inson borlig‘i


    2. moddiy borlig‘i


    3. ijtimoiy borlig‘i


    4. moddiy va ma’naviy borlig‘i




    15. «Tabiatning yaratuvchanligi san’at yaratuvchanligidan oliyroqdir» degan fikrni kim aytgan?
    1. *Siseron


    2. Aristotel


    3. Suqrot



    4. Aflotun



    7-mavzu Noosfera va texnosfera
    Reja


    1. Noosfera konsepsiyasi


    2. Texnosfera va uning mohiyati


    3. Internet tizimi va uning insoniyat hayotidagi ahamiyati.


    1- reja. Noosfera konsepsiyasi
    Geografik muhit tabiiy borliqning jamiyat bilan bevosita aloqa qiladigan doimiy kontaktda bo‘ladigan qismidir3. Geografik muhit atamasi fanga filosof E.Replyu tomonidan kiritilgan. Geografik muhit: landshaft (pasttekislik, tog‘lar, o‘rmonlar, daryolar, flora va fauna); tabiiy boyliklar. Energetik resurslar, iqlim, ob – havo kabi hodisalarni o‘z ichiga oladi. Ular kishilar hayoti, ishlab chiqarishi va yashashiga bevosita ta’sir qiladilar. Qulay landshaft va tabiiy resurslarga boy bo‘lgan mamlakatlarning rivojlanish imkoniyatlari yuqoriroq bo‘ladi va aksincha.
    Biosfera, biomuhit tabiatning tirik mavjudotlar (o‘simliklar va hayvonlar) tarqalgan qismidir. Olimlarning bergan mu’lumotlariga ko‘ra Yerda dastlabki tirik mavjudotlar bundan 3 - 4 mlrd. yil avval paydo bo‘lgan va evolyusiya jarayonida murakkablashib borganlar. G.Spenser va A.Sheffle jamiyat ham bioevolyusiyaning davomidir degan reduksionistik xulosaga keladilar1. Odam energiyani anna shu o‘simliklar va hayvonlar tarkibidagi ozuqa bo‘luvchi moddalardan oladi. (oqsil moddalar, vitaminlar, minerallar, uglevodlar va boshqa elementlar inson uchun energetik manbalar hisoblanadi). O’simliklar chirib gaz, neft, ko‘mir kabi energetik resurslarga aylanadi, o‘simliklar 3 mlrd. yil davomida inson hayoti uchun zarur bo‘lgan 5 trillion tonna kislorod ishlab chiqqan, yog‘och esa turli metariallar tayyorlash uchun xom ashyo sifatida ishlatiladi. O’simlik va mikroorganizmlardan turli biomassalar olinadi va hokazo.
    XIX asrning oxiridan boshlab, ayniqsa XX asrda u o‘z tafakkur quvvati bilan, ilmiy-texnikaviy yuksalishlar tufayli ana shu biosfera ichida noosferani - texnikaviy muhitni yaratdi. Mana, hozirgi kunda, qarang, ertalabdan kechgacha biz o‘z texnikaviy kashfiyotlarimiz ichida yashaymiz - yeymiz, ichamiz, yuramiz, uxlaymiz, ularsiz hayotimizni tasavvur qila olmaymiz. Bular metro, avtobus, televizor, radio, telefon, eskalator, pleyer, lift, kompyuter, poyezd, teploxod, gaz plitalari, elektr asboblari, zavodlar, lokatorlar, kimyoviy dori-darmonlar va h.k. Bugun videotelefonda gaplashar ekanmiz, yuzlab chaqirim naridagi suhbatdoshimizni ko‘rish va u bilan gaplashish uchun ot-ulovda yoki piyoda boradigan bo‘lsak, necha kunlab yo‘l bosishimiz kerakligi haqida o‘ylab o‘tirmaymiz, to‘g‘rirog‘i, bu esimizga ham kelmaydi. Chunki texnika bizning yashash muhitimizga aylanib qolgan. Faqat bugina emas. Inson endilikda o‘zi yashayotgan butun boshli sayyoraga ta’sir ko‘rsata boshladi. Yer tarixida inson birinchi marta ulkan geologik kuch bo‘lib maydonga chiqdi.
    Noosfera (noos – aql, sfera – muhit. V.I.Vernadskiy atamasi) tabiatning aqlli mavjudotlar, ya’ni odamlar tarqalgan qismi. Bundan 3 mln. yil ilgari ilk odamlar Afrikaning janubida paydo bo‘ldilar. Bundan 2 mln. yil ilgari ular Osiyoga 100 ming yilgari Yevropaga 45 ming yil ilgari Amerika qit’alariga tarqaldilar. Hozirda noosfera deyarli planetaning barcha hududlarini qamrab olgan real borliqdir.
    Bu tushuncha fransuz faylasufi Eduard Lerua (1870-1954) va Pyer Teyyar de Sharden (1881-1955)lar tomonidan XX asrning 20 –yillarida takldif etilgan va ishlab chiqilgan. 1927 yili bir vaqtning o‘zida Leruaning «Mafkuraviy talab va evolyusiya fakti» va Shardenning «Iloxiy muxit» nomli kitoblari nashr etildi, aynan shu asarlarda noosfera falsafiy ta’limotiga asos solindi. Uning mohiyatini Lerua shunday talqin etdi: «Ong borgan sari erkin va toza bo‘la boradi va oliy darajada shakllangan ong yaratiladi – ruhiyat (duxovnost) shunchalik oliy darajaga yetadiki unda kapalak qo‘g‘irchoqdan ajralishga intilgandek noosfera ham biosferadan ajralishga intiladi»34.
    Bashqa so‘z bilan aytganda, insoniyat evolyusiyasi ma’lum bir vaqtgacha biosfera doirasida amalga oshadi. Lerua biosfera va noosferalarni xitoy devori bilan bir-biridan ajratmaydi: «ko‘pchilik xollarda ular bir –biriga aralashib ketadi, ikkinchisi birinchisining qayta yaralganidir»35. Lekin sekin-asta shunday xolat vujudga keladiki, insonning to‘xtovsiz o‘zgaruvchi rivojlanuvchi ongi chegarali va cheklangan biosferaga sig‘may qoladi. U «insoniy, tafakkur qiluvchi, o‘z mohiyatiga ko‘ra fikr» ning yangi bir holatini noosferani vujudga keltiradi36.
    Teyyar de Sharden noosfera ta’limotini yanada rivojlantirdi. Uni aytishicha taraqqiyot biosfera doirasi bilangina chegaralanmaydi. Sharden postulatlaridan biri shuki, dunyoda hamma narsa uzluksiz ravishda murakkablashadi va rivojlanadi. U dunyoning uzluksiz taraqqiyotining to‘rt bosqichini ishlab chiqdi: a) hayotdan avval; b) hayot; v) fikr; g) hayotdan oliylik37. «Fikr» stadiyasi inson paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi, u psixik va ruxiy energiyani quyuqlashtiradi, jamlaydi va noosferani yaratadi. Sharden konsepsiyasining hususiyati shundan iboratki, u ilmiy tafakkurni diniy e’tiqod bilan sintez qilishga harakat qilgan. Aynan shundan kelib chiqqan xolda to‘rtinchi stadiya («hayotdan oliylik») kelib chiqqan, unda inson ongidan oliyroq substansiya, ya’ni xudo tushunilgan. Yaratuvchi deb «Omega nuqtasi» - Xegelning absolyut haqiqat haqidagi g‘oyasiga yaqin bo‘lgan tushuncha e’lon qilinadi. Sharden fikricha, barcha narsalar shunchaki taraqqiy etmaydi, balki teleologik, ya’ni ma’lum bir maqsad, ideal tomon intilish orqali rivojlanadi. Shunday qilib, noosferaning teyyarcha konsepsiyasini to‘liq ravishda teleologik konsepsiya deyish mumkin.
    Noosfera ta’limoti rus faylasufi V.I.Vernadskiy (1863-1945) tadqiqotlarida yana ham rivojlantirildi va mukammallashtirildi. 1925 yilda (ya’ni E.Lerua va P.Teyyar de Shardenlarning tadqiqotlari nashr etilmasdan avval) «Insonning avtotrofligi» nomli maqolani e’lon qiladi.
    Vernadskiy konsepsiyasining asosiy g‘oyasi bisferada evolyusion taraqqiyotning mavjudligidir. Teyyar de Shardendan farqli ravishda Vernadskiy evolyusiya haqidagi g‘oyaning mifologik va diniy talqiniga bo‘lgan har qanday harakatlarni qat’iy ravishda inkor etadi. U bunda asosli ravishda tabiiy fanlar: fizika, ximiya, biologiya, Geologiya va boshqalarda mavdjud empirik ma’lumotlarga tayanadi. Vernadskiy uchun noosfera - bu faqat inson ongi, inson tafakkurigagina bog‘liq bo‘lmasdan, tabiiy jarayonlarning hayotda o‘z-o‘zidan va aniq ravishda ro‘y berishi bilan bog‘liqdir38, «bizning planetamizdagi yangi geologik hodisadir»39.
    Noosfera konsepsiyasi taraqqiyotining muhim ilmiy-falsafiy natijasi sifatida tabiat va jamiyatning ko-evolyusiya (hamkorlikda, paralel, o‘zarobog‘liqlikda rivojlanish) nazariyasining shakllanganini eslab o‘tish mumkin. Bu ikki yirik tizimning bir-biriga qarshi turishi va kurashi emas, balki ularning uzviy birligi insoniyatning keyingi taraqqiyotini ta’minlashi mumkin.
    Insoniy tafakkur biosferadagi o‘zgarishlarning asosiy sababiga aylandi. Noosfera ta’limoti asoschilaridan biri buyuk rus olimi V.I.Vernadskiy ilmiy tafakkur va inson mehnati ta’siri ostida biosfera yangi holat bo‘lmish noosferaga o‘tayotganligini, butun geologik davr mobaynida yaratilgan, o‘z muvozanatlarida barqarorlashgan biosfera inson ilmiy tafakkuri bosimi ostida tobora kuchliroq va teranroq o‘zgarishga kirishganini ta’kidlaydi: «Sayyoramiz yuzi - biosfera inson tomonidan ongli va asosan ongsiz ravishda keskin kimyoviy o‘zgarishlarga duchor etilmoqda, - deb yozadi u. - Inson quruqlikning fizikaviy va kimyoviy havo qobig‘ini, uning barcha tabiiy suvlarini o‘zgartirmoqda... Hozir biz biosferadagi yangi geologik 187 evolyusion o‘zgarishlarni boshdan kechiryapmiz. Biz noosferaga kirib boryapmiz». Ana shu nuqtadan tafakkur o‘zi nima degan muammo paydo bo‘ladi. Bu haqda V.I.Vernadskiy shunday mulohaza bildiradi: «Tafakkur energiyaning shakli emas. U qanday qilib moddiy jarayonlarni o‘zgartira oladi? Bu masala hanuzgacha ilmiy jihatdan yechilishi topgan emas». Vernadskiy hayratga solgan masala hozir ham o‘sha–o‘sha, hol etilmagan. Xo‘sh, tafakkur o‘zi nima? U biologik hodisa bo‘lmish insonda, uning ruhiy-fiziologik yaxlitlikdan iborat miyasida tug‘iladi, lekin tug‘ilishi bilan biologik qobiqdan chiqadi va tashqi muhitda energiyaga o‘xshab nimanidir yaratadi. Endi inson bilan uning tafakkuri orasida muayyan masofa paydo bo‘ladi, masofa uzoqlashgani sari tafakkurning mohiyati ayon bo‘lib boradi: inson kutgan oqibat kutilgandan boshqacha mazmun kasb eta boshlaydi. Nega? Bizningcha, …. Noosferada, yuqorida aytganimizdek, inson fikri narsalashadi, o‘z intellektimiz narsalarga aylanib, bizni o‘rab oladi. Insonning ichki tabiati muhit mavqyeini egallab, tashqi tabiatga ta’sir ko‘rsata boshlaydi va ko‘p hollarda bundan eng avvalo insonning o‘zi ozor chekadi. Tafakkur biologik xususiyatga ega bo‘lmagani uchun biologik muhitning o‘rnini egallashga, uni asta-sekin siqib chiqarishga harakat qiladi. Bu harakat ma’lum nuqtadan o‘tganidan so‘ng esa o‘z ijobiy xususiyatini yo‘qota boradi va insoniyat uchun salbiy hodisaga aylana boshlaydi. Atom, vodorod, neytron bombalarining kashf etilishi, yadro kallakli ballistik raketalarning yaratilishi ana shunday salbiy hodisalardandir. Bundan tashqari, noosferaning paydo bo‘lishi atmosferani, olamiy okeanni, yer osti va yer usti suvlarini, nabototni, hayvonotni, hatto insonni ich-ichidan kimyoviy zaharlanishga olib kelmoqda. Hozirgi kunda tirik organizmlarning, o‘simliklarning, hayvonlarning ko‘pgina turlari jisman yo‘q bo‘lib ketish arafasida turibdi. Ayniqsa, joy topolmay, okean bo‘ylab kemalarda suzib yurgan radioaktiv chiqindilar yoki ularning kimsasiz go‘zal orollarga ko‘mib tashlanishi, kislota yomg‘irlarining ko‘payib borishi singari hodisalar bag‘oyat xatarli. Afsuski, inson ko‘ra-bila turib, o‘zi o‘tirgan shoxga bolta urishni to‘xtatmayotir. Bu muammolarning hal etilishi faqat atrof-muhitni kimyoviy zahardan ekologik tozalashnigina emas, balki, eng avvalo, global ma’noda, XXI asr kishisi ongini texnokratiya zaharidan forig‘lantirishni taqozo etadi. Ya’ni ular insoniyat oldida endilikda ekologik hodisa emas, balki tom ma’nodagi axloqiy muammolar sifatida ko‘ndalang bo‘lib turibdi. Mashhur avstriyalik etolog olim, Nobel mukofoti laureati Konrad Lorensning: «Yoppasiga va tez yoyilib borayotgan jonli tabiatga begonalashish hodisasi uchun asosan sivilizasiyamiz kishisidagi estetik va axloqiy to‘poslik aybdordir», - degan so‘zlari shu nuqtai nazardan diqqatga sazovordir. Yuqorida aytilganlardan chiqadigan xulosa bitta: kelajakda inson o‘zini va o‘z sayyorasini muqarrar halokatdan qutqaraman desa - XXI asrdan boshlab etosfera davriga o‘tishi kerak; axloqiylik har birimiz uchun har qadamda bugungi texnikaviy muhit kabi zaruratga aylangandagina bunga erishish mumkin. Bunda Axloq falsafasi fanining o‘rni nihoyatda beqiyos.



    Download 0,72 Mb.
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   146




    Download 0,72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Bugungi kunda sayyoramizga yetkazilgan zarar oqibatlarini tugatishdan ko‘ra sayyoramizning o‘zini yo‘q qilib tashlash osonroq” degan fikr muallifi kim?

    Download 0,72 Mb.