• 1-reja. Virtual reallikka asoslangan ta’limiy resurslar
  • Mavzu: Ta’lim texnologiyalari va kompyuter: falsafiy tahlil




    Download 0,72 Mb.
    bet91/146
    Sana02.02.2024
    Hajmi0,72 Mb.
    #150537
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   146
    Bog'liq
    Kompyuter falsafasi-fayllar.org

    Mavzu: Ta’lim texnologiyalari va kompyuter: falsafiy tahlil



    1. Virtual reallikka asoslangan ta’limiy resurslar


    2. Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishda kompyuter texnologiyalarining o‘rni


    3. Ta’limda axborot va kommunikasiya texnologiyalari


    1-reja. Virtual reallikka asoslangan ta’limiy resurslar
    Jahonda hozirgi voqelik yangidan-yangi dolzarb masalalarni va ularni samarali hal qilish zarurati bilan bog‘liq ziddiyatlarni keltirib chiqarmoqda. Jumladan, Internet tizimi bilan bog‘liq axborot-kommunikasiya texnologiyalarining keng taraqqiy yetishi kuzatilayotgan bo‘lsa, ikkinchi bir tomondan jamiyat hamda ta’lim tizimini mazkur jarayonlardan yutuqlaridan to‘laroq foydalana olishga tayyorlash zarurati sezilmoqda.
    Kompyuterlarni qo‘llashdagi yangidan-yangi imkoniyatlarni aniqlash va ularni izchillik bilan amaliyotga tatbiq yetib borish — ta’lim jarayonlarini taraqqiy yettirishning zamonaviy bosqichidagi muhim omillaridan biri hisob-lanadi. O’z navbatida, kompyuter texnologiyalarining jadal taraqqiy yetib borishi — ularni ta’lim jarayonlarida keng qo‘llanishi uchun qulay shart-sharoitlarni yuzaga keltirmoqda. Inson faoliyatining barcha jabhalari, jumladan, ta’lim tizimida internetni jamiyatni taraqqiy yettirishning yetakchi omillaridan biri sifatida joriy yetish, bilim oluvchilarning borliqni virtual vositalar asosida idrok yeta olish ko‘nikmalarini shakllantirish bilan bog‘liq masalalarning izchil hal yetilishi dolzarb muammolardan bo‘lib hisoblanadi. Ayniqsa, bu borada virtual reallikka asosgan ta’limiy resurslarni yaratish muammosi tadqiqotchilarda alohida qiziqish uyg‘otmoqda.
    Virtual reallik — bu sun’iy hosil qilinadigan axborot muhiti bo‘lib, u atrof-muhitning odatiy usuldagi tasavvurini — turli texnik vositalar asosida hosil qilinadigan axborotlar bilan almashtirishga qaratiladi. Ta’limiy maqsadlarda virtual reallik vositalarini ishlab chiqishga qaratilgan axborotlarni vizuallashtirish vositalarini yaratish — boshqa texnik vositalar yordamida yerishib bo‘lmaydigan pedagogik samarani berishi mumkin.
    Psixologiyada «virtual obraz», «virtual obyekt» atamalari ishlatiladi. Masalan, inson faoliyatining mashina bilan birlikda qaralishi virtual obyekt sifatida qabul qilinadi. Zero, bu virtual obyektning bevosita bajaradigan ishi na inson va na mashinaning funksiyasiga xos yemas, bu obyektga xos xususiyat faqatgina inson bilan mashina birgalikda olinganida yuzaga keladi. Psixologik jihatdan virtual borliqning quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari ajratib ko‘rsatiladi: hosil qilinganlik, dolzarblik, avtonomlik, interaktivlik. Psixologik virtual borliq inson psixikasining mahsuli sifatida yuzaga keladi. Virtual borliq uni yuzaga keltiruvchi obyekt faol bo‘lgan holatdagina mavjud bo‘la oladi.
    Kompyuterning tasavvur qilinadigan xotirasi — virtual xotira sifatida qabul qilinib, u fizik jihatdan hyech bir alohida olingan xotira tashuvchisiga muvofiq kelmaydi, ya’ni, virtual xotira kompyuter yelementlarining o‘zaro funksional ta’sirlashuvi natijasi sifatida yuzaga keladi. Shunday qilib, virtual xotirani yuzaga keltiruvchi dasturiy vositalar yordamida inson juda ulkan hajmdagi axborotlardan foydalana olish imkoniyatiga yega bo‘ladi. Amaldagi zamonaviy kompyuterlarning barchasi maxsus java virtual mashinasi bilan jihozlangan.
    Ta’limda kinolavhalar hamda turli illyustrasiyalarga asoslangan virtual reallik yelementlari ilgaridan qo‘llanilib kelingan. Kompyuter texnikasi harakat va tovush bilan bog‘liq axborotlarni yagona majmuaga biriktira olganligi, bilim oluvchilarga kuzatilayotgan jarayonlarga faol ta’sir ko‘rsatish (muloqot qilish) imkoniyatlarini yaratishi bilan virtual reallikka asoslangan ta’lim resurslarini yaratishda sifat burilishini yasadi.
    Bugungi kunda virtual reallikka asoslangan ta’lim resurslarini quyidagicha tasniflash mumkin:
    • birinchi daraja — maxsus texnik vositalar (shlem-displey, maxsus qo‘lqop va boshqalar) vositasida to‘la virtuallika yerishish;
    • ikkinchi daraja — uch o‘lchamli (yoki stereoskopik) monitorlar yoki proyektor va maxsus ko‘zoynak yordamida hajmli tasvir hosil qilish;
    • uchinchi daraja — kompyuterning standart monitori yoki proyeksiya vositasi asosida virtual reallikni namoyish qilish.
    O’z navbatida, modellashtiruvchi pedagogik dasturiy vositalarni yaratish muammosi funksional nazariyalarni qo‘llash va yanada takomillashtirish bilan bog‘liq quyidagi yo‘nalishlarga ajratiladi:
    1) Virtual reallikni loyihalash falsafasi. Modellashtirish asosida beriladigan axborotlarni qabul qilish va uning reallik bilan mosligiga bilim oluvchini ishontira olish muammolari.
    2) Matematik modellashtirish. Ta’limiy maqsadlarda modellashtirishda matematik modellar xususiyatlarini tadqiq qilish muammolari.
    3) Axborotlarni aks yettirish nazariyasi. Real sharoitlarda ishlayotganlik taassurotini hosil qiluvchi grafik mashinalarni boshqarish vositalaridan foydalanib, real tasvirlarni qurishga qaratilgan vizuallashtirish metodlarini qo‘llash va takomillashtirish muammolari.
    4) Kompyuter muhitini his qilish psixologiyasi. Axborotlarning asosiy qismini televizor va kompyuter monitori orqali olishga ko‘nikib qolgan zamonaviy yoshlar fikrlashidagi o‘ziga xoslikni ye’tiborga olish muammolari.
    5) Virtual reallik ekologiyasi. Virtual reallik bilan o‘zaro ta’sirlashuvning individual trayektoriyasini tanlash muammolari.
    6) Didaktikaning asosiy tamoyillari. Modellashtiruvchi dasturiy vositalarni ishlab chiqishda ta’lim amaliyoti tajribalari asosida shakllangan, o‘zida o‘quv jarayoni qonuniyatlarini aks yettiruvchi didaktik tamoyillar asos sifatida qabul qilinishi lozim. Real va modellashtiriluvchi shakllarda beriladigan bilimlarning o‘zaro maqbul nisbatini belgilashning didaktik va metodik muammolari ham alohida tadqiqot yo‘nalishi hisoblanadi.
    Kompyuter bilan muloqot chog‘ida yuzaga keladiga hissiyotlar (masalan, virtual shlemlar yordamida) insonning mavjud real borliq bilan muloqoti jarayonidagi tuyg‘ulariga juda yaqin bo‘lib, ba’zan ushbu hissiyotlar taqqoslanganda birinchisining usutunligi yaqqol sezilish hollari ham mavjud. Kompyuter o‘yinlari texnologiyasidagi ongga chuqur kirib borishdagi maxsus ta’sir yeffektlaridan ta’lim jarayonida ham samarali foydalanish mumkin. Ushbu ma’noda, inson ongi turli vazifa, obraz hamda tasavvurlarni dastlab xayoliy amallar asosida talqin qilishi ye’tiborga olinsa, uning o‘zi qaysidir ma’noda virtuallik tabiatiga yega yekanligi anglanadi.
    Bugungi kunda «virtual borliq» tushunchasining kompyuterli modellashtirishga nisbatan qo‘llanilishi yeng ommalashgan ko‘rinishga yega. Bu sharoitda inson virtual amaliyotni yuzaga chiqarishda sun’iy uch o‘lchamli yoki sensor muhiti bilan o‘zaro ta’sirlashadi. Buning uchun u muloqot uskunalari sifatida virtual shlem, maxsus qo‘lqop yoki yaxlit kiyiladigan kostyumdan foydalanadi. Mazkur jihozlar yordamida inson mashina tomonidan generasiyalanuvchi muhitga tushib, unda turli yo‘nalishlarda harakatlanish, obyektlarni boshqarish kabi muayyan harakatlarni bajaradi hamda virtual voqyealar ta’sirida har xil hissiyotlarni boshidan o‘tkazadi.
    Virtual borliq inson faoliyatining tibbiyot, biotexnologiya, loyihalash ishlari, marketing, san’ashunoslik, yergonomika, ko‘ngilochar industriya singari ko‘plab sohalariga bevosita aloqadordir. Virtual borliq yaratish texnologiyasidan real va virtual jarayonlarni modellashtirishga katta yehtiyoj mavjud bo‘lgan kompyuter o‘yinlari, kosmik trenajyorlar, ko‘rgazma-savdo namoyishlarida samarali foydalanilmoqda.
    Yuqorida sanab o‘tilgan misollar «virtual ta’lim» tushunchasiga oydinlik kiritish hamda uning virtuallik sifatlarini belgilash imkonini beradi. Virtual jarayonlarning bosh sababchisi — real mavjud obyektlarning o‘zaro hamjihatlikdagi harakati hisoblanadi. O’qituvchi bilan o‘quvchining ta’lim jarayonidagi o‘zaro hamjihatlikka asoslangan faoliyati virtual holatni yuzaga keltiradi. Real subyekt (o‘qituvchi-o‘quvchi)larning virtual holatdagi ichki o‘zgarishlari ta’lim jarayoni va sifati bilan tasiflanadi.
    Virtual jarayonlarning asosiy belgilariga: o‘zaro hamjihatlikdagi subyektlar uchun virtual jarayonlar mavhumlik darajasining kuchliligi; har bir ishtirokchi uchun hamjihatlikning o‘ziga xosligi; faqat hamjihatlik jarayonidagina mavjudlikning amal qilinishi kabilarni kiritish mumkin.
    Virtual jarayon muhim virtual obyektlarning o‘ziga xos hamjihatligi ta’sirida muayyan virtual makondagina ro‘y beradi.
    Keng ma’nodagi virtual ta’lim deganda, uning asosiy subyektlari o‘qituvchi-o‘quvchi orasidagi bevosita ta’lim olish va berish paytidagi o‘zaro hamjihatligiga qurilgan jarayon va uning natijalari tushuniladi. Virtual ta’lim makonini ta’limning asosiy obyektlari bilan uning subyektlari sanaladigan o‘quvchi-o‘qituvchining aloqalarisiz tasavvur qilish mumkin emas. Boshqacha qilib aytganda, ta’limdagi virtuallik muhiti sinf xonalari, ulardagi jihozlar, o‘quv qo‘llanmalari yoki o‘qitishning texnik vositalari bilan emas, balki aynan ta’lim jarayonida ishtirok yetadigan obyekt va subyektlarning hamjihatligi orqaligina vujudga keltiriladi. Ta’kidlash joizki, dasturlarda ba’zi o‘rinlarda o‘quv materiallarini o‘quvchilarning real o‘zlashtirish darajasi, ta’lim subyektlarining o‘zaro munosabatlari yetarli darajada inobatga olinmasdan, taqdim yetilish hollari kuzatiladi.
    Shunday qilib, virtual ta’lim nafaqat masofaviy telekommunikasiyagagina xos jihat bo‘lib qolmasdan, balki ta’limning barcha, jumladan, kunduzgi shakllarida o‘qituvchi, o‘quvchi, o‘rganilayotgan obyektlarning o‘zaro munosabatlarida namoyon bo‘lish xususiyatiga yega. Masofaviy texnologiyalar virtual ta’lim asosida kunduzgi ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishni ta’minlashga xizmat qiladi. Virtual ta’limning asosiy maqsadi, insonning real borliqda tutgan o‘rnining tub mohiyatini anglab yetishdagi — uning virtual va boshqa imkoniyatlari uyg‘unligini ta’minlashdan iboratdir.

    Download 0,72 Mb.
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   146




    Download 0,72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Ta’lim texnologiyalari va kompyuter: falsafiy tahlil

    Download 0,72 Mb.