• Jamiyat go‘zalligi
  • Samarqand filiali




    Download 0,72 Mb.
    bet118/146
    Sana05.01.2024
    Hajmi0,72 Mb.
    #130374
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   146
    Bog'liq
    Kompyuter falsafasi-fayllar.org

    Estetiklik (nafosatlilik) — mushtarak kategoriyadir, u o‘zida barcha boshqa estetik mezoniy tushunchalarni birlashtiradi.
    Mazkur kategoriyada insonning estetik subyekt sifatida borliqqa, voqelikdagi narsa, hodisalarga bo‘lgan munosabati ifodalanadi. Shunga ko‘ra u falsafiy mazmunga ega bo‘lib, bu estetik bilishning xususiyatlari orqali anglashiladi. (o‘tgan mavzuning birinchi savoliga qarang).
    Estetiklik (nafosatlilik) kategoriyasining mohiyati quyidagi nisbiy, mezoniy tushunchalar tizimi mazmuni orqali anglashiladi, zuxrlanadi Bular: go‘zallik, ulug‘vorlik, fojiaviylik va xajviylik.
    M azkur tushunchalar estetik bilishning o‘zaro bir-birini mazmunan taqozo etadigan va bir-biriga o‘tib turadigan jixatlar tarzidagi aloqadorlikdagi xususiyatlarini ifodalaydi.
    Buni quyidagi sxemada ifodalash mumkin.
    A-estetiklik (nafosatlilik)
    B-go‘zallik
    V-ulug‘vorlik
    G-xajviylik, fojiaviylik
    -o‘zaro mazmunan bir-birini taqozo etishi, bir-biriga o‘tishi

    Go‘zallik, estetika fanidagi asosiy masalalardan biridir. Chunki undagi deyarli barcha boshqa muammolar ana shu mezoniy tushuncha mazmuni orqali tahlil qilinadi va anglashiladi. Kishilik estetik fikr taraqqiyotiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, mazkur masala asosiy baxs mavzularidan biri bo‘lib kelgan va uning qanday xal etilishiga qarab turli falsafiy-diniy qarashlar, ta’limotlar yuzaga kelgan.
    Jamiyat go‘zalligi uning taraqqiyoti yunalishi, iqtisodiy va ma’naviy sohalarining o‘zaro uyg‘unlikda rivojlanishida namoyon bo‘ladi. Taraqqiyotning yunalishi, har bir shaxs, fuqaroning kamolotiga qaratilgan jamiyatnigina mukammallik darajasiga ko‘tarila oladi. Jamiyat, tabiat va inson o‘rtasidagi uyg‘unlik ana shunday mukammallikni ifodalaydiki, bu uning ma’naviy hayoti, ma’naviyati rivoji darajasi bilan belgilanadi. Bu o‘rinda faylasuf, estetik olim T.Maxmudovning quyidagi fikrlarini keltirish o‘rinlidir: “Ma’naviyat shaxs va millatning “aqlli qalbi”ni ifoda etadigan, tarix taqozasiga binoan uning turli tomonlari namoyon bo‘ladigan, tabiat, jamiyat va insonning insoniylashuv darajasini bildiradigan ruhiy idrok, ziyrak qalb olamidir”.58
    Bugungi kunda mamlakatimizda qurilayotgan demokratik, fuqarolik jamiyati maqsad va mohiyatiga ko‘ra ana shunday mukammal ijtimoiy tuzum tipi hisoblanadi.

    Download 0,72 Mb.
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   146




    Download 0,72 Mb.