• Estetik madaniyat va estetik kategoriyalar
  • Shaxs estetik ongi
  • Mavzu: Axborot texnologiyalari va estetik madaniyat




    Download 0,72 Mb.
    bet115/146
    Sana05.01.2024
    Hajmi0,72 Mb.
    #130374
    1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   146
    Bog'liq
    Kompyuter falsafasi-fayllar.org

    Mavzu: Axborot texnologiyalari va estetik madaniyat.


    Reja


        • Estetik madaniyat va estetik kategoriyalar


        • Virtual reallik ganituralari va ularning estetik madaniyatning shakllanishidagi o‘rni


        • Virtual sanat asarlari


    Estetik madaniyat va estetik kategoriyalar
    Estetik bilish insonning dunyoni o‘zlashtirishining, anglashining tarkibiy qismi, ajralmas jixati hisoblanadi. Chunki bilish jarayoni mohiyatan insonning ijodkorlik-faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, bunda u narsa, hodisalarning qonuniyatlari bilan birgalikda o‘zining ham mohiyatini bilib oladi.
    Estetik bilish ayni paytda o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Birinchidan, mazkur bilish obyektivlik va subyektivlikning o‘zaro birligida yuzaga keladi va amal qiladi. Uning bunday xususiyatini inobatga olmaslik, chuqur tushunmaslik falsafiy fikr tarixida unga bo‘lgan bir yoqlama, yuzaki talqin qiluvchi qarashlarni yuzaga keltirgan.
    Ularning birlari fakat obyektivlikni e’tirof etuvchilar bo‘lib, (ular ko‘pincha “tabiatchilar” deb ataladi) estetik bilish- bu vokeliqdagi narsa, hodisalarning o‘ziga obyektiv tarzda xos bo‘lgan “estetik xususiyatlari”ni aks ettiruvchi bilishdir deb hisoblaydilar. Bunda ular voqelik (tabiat)ning “estetik xususiyati” deganda, uning kishiga bog‘liq bo‘lmagan go‘zallik, ulug‘vorlik jixatlarini ko‘zda tutadilar.
    Ikkinchi bir qarash tarafdorlari subyektivlikni tan oluvchilar bo‘lib, (ular “jamiyatchilar” deb ataladi) ular esa bunga zid, ya’ni moddiy dunyo, voqelikdagi narsa, hodisalarga xech qanday obyektiv “estetik xususiyat” xos emas, degan qarashni ilgari suradilar. Ularning fikricha, bunday xususiyat narsa, hodisalarga nisbat berish, baholash tarzida ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot jarayonida, konkret ijtimoiy munosabatlar jarayonida yuzaga keladi.
    Shunday qilib, voqelikdagi narsa, hodisalarning uyg‘unligi, o‘zaro aloqadorligi, qonuniyatlarisiz ularning obyektiv, “estetik xususiyatlari” yuq. Shuningdek, ayni paytda muayyan ong darajasisiz ularning bunday xususiyatlarini anglab - bilib olish ham mumkin emas. Shunga ko‘ra estetik bilish ongning yuksak bosqichi — estetik ong negizida yuzaga kelganidek, keyingisi esa o‘z navbatida estetik bilish jarayonida shakllanadi.
    Ikkinchidan, estetik bilish refleksiv (lot.reflexio-orqaga tashlangan nigox), ya’ni subyektning(lot.subjectum - ega) o‘z-o‘ziga qaratilgan bilishdir. Mazkur bilish umumiy bilish jarayonining turi sifatida subyekt tomonidan obyektning (lot. objectus - predmet, hodisa) mohiyati, qonuniyatlarini aniqlash uchun xizmat qilish bilan birga ayni paytda uning o‘z-o‘zini bilishi, anglashiga qaratilgan bo‘ladi.
    Shunga ko‘ra bunday bilish kishining ruhiy, ma’naviy oziqlanishi, lazzatlanishi bilan uzviy bog‘liqda kechadigan jarayon hisoblanadi.
    Uchinchidan, mazkur bilish jarayonida jonli mushoxada, hissiy bilish bosqichi (sezgi, idrok, tasavvur) ustivor mavqega ega bo‘ladi. Chunki subyekt obyektni bevosita idrok etmasdan turib, uning estetik xususiyatlarini bilib ololmaydi. Shuning bilan birgalikda estetik bilish subyektning obyektga bevosita munosabatisiz vositali idrok etishi tarzida ham kechadi. Bunda uning mushoxadali tasavvuri, hayoli muhim rol uynaydi. Masalan, diniy bilishda Xudoni mutlaq, go‘zallik timsoli sifatida idrok etish, uning siymo, xususiyatlaridan ruhiy lazzatlanish va b.
    To‘rtinchidan, estetik bilishda subyekt tomonidan obyektning nafosatlilik (estetiklik) jixati baholanilgan tarzda aniqlaniladi. Boshqacha qilib aytganda, predmet, hodisalar go‘zallik, ulug‘vorlik, fojiaviylik kabi mezonlar bilan baholaniladi. Shu ma’noda mazkur bilish ma’naviy qadriyatlar yaratilishning mezoniy o‘lchovlari bo‘lib xizmat qiladi. Zotan, bunday qadriyatlar ijtimoiy-siyosiy, mafkuraviy ahamiyatliligi bilan birgalikda go‘zallik me’yorlari asosida yaratiladi.
    Beshinchidan, mazkur bilish tafakkur va his-tuyg‘uning o‘zaro birligida amalga oshadigan murakkab jarayon bo‘lib, uning natijasi o‘laroq kupfunksiyalilik tabiatga ega bo‘lgan san’at yuzaga keladi.
    Yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, estetik bilish insonning voqelik- obyektni o‘ziga xos subyekt sifatida anglashi (estetik ongi) natijasi o‘laroq yuzaga kelishligi, keyingisi ayni paytda mazkur bilish jarayonida shakllanishligini ko‘rib chiqqan edik. Demak, estetik ong va uning mohiyatini estetik bilishning xususiyatlari orqali bilib olish mumkin.
    Estetik ong ongning yuksak shakli (bosqichi) bo‘lib, unda borliqdagi narsa, hodisalar, umuminsoniy g‘oyalar emosional — his-tuyg‘uli tarzda in’ikos etadi va ma’naviy qadriyatliligi nuqtai nazaridan turib baholaniladi.
    Estetik ongda jamiyat va shaxsning o‘zaro birligi, aloqadorligi barcha ichki ziddiyatlari bilan in’ikos etadi. Shunga ko‘ra mazkur ongning ijtimoiy ong va konkret shaxs (individ) ongi darajasida amal qilishni farqlay bilmoq kerak. Ma’lumki, ijtimoiy ong jamiyatdagi kishilar ongining o‘zaro ichki aloqaga kirishishi o‘laroq, yuzaga keladigan yangi sifatga ega ong shakli bo‘lib, unda muayyan jamiyatning borlig‘i, hayoti ifodalanadi. Shunga ko‘ra jamiyatning estetik ongi shaxs estetik ongi asosida shakllanib, uning ma’naviy hayotining tarkibiy qismini tashkil etuvchi estetik ideal, estetik qarash va nazariyalar tarzida amal qiladi. Jamiyat estetik ongining subyekti — bu ijtimoiy gurux, qatlam, millat va elat, xalqlaridir. Ayni paytda ular estetik obyekt tarzida namoyon bo‘ladi, chunki jamiyat ma’naviy hayoti taraqqiyoti darajasi ana shu ijtimoiy birliklarning estetik qarashlari, ideallarini tadqiq qilish orqali belgilanadi.
    Jamiyat estetik ongining muhim xususiyatlari shundaki, u garchi, hissiyot, emosionalli tabiatga ega bo‘lsada, asosan tushuncha, xukm, xulosa chiqarish usullari bilan ish ko‘ruvchi estetik ideal, qarash, nazariyalar tarzida amal qiladi. Shunga ko‘ra mazkur ong bevosita mafkura, ijtimoiy, axloqiy g‘oya, qarashlar bilan bog‘lik bo‘ladi.
    Shaxs estetik ongi — estetik extiyoj, munosabat, estetik his-tuyg‘u va did hamda estetik ideal, qarash, nazariya kabi unsur (tarkibiy qism)larning o‘zaro birligidan tashkil topgan murakkab tizim hisoblanadi.
    Mavjud ko‘pchilik adabiyot, o‘quv qo‘llanmalarida shaxs estetik ongi jamiyat (ijtimoiy) estetik ongining turi, uning tarkibida harakat qilishligi ta’kidlanadi. Bee’tiroz bildirilmaydigan haqiqat. Lekin, bizningcha, bunda shaxsning, takrorlanmas “Men”i ikkinchi o‘ringa qoladi. Anikrog‘i, bunda uning o‘z ruhiy tuyg‘u, kechinma, qiziqishlari bilan yashovchi individ (tabiiy-biologik tur) ekanligi, uning muayyan ijtimoiy gurux, tabaqa vakili ekanligi hisobga olinmaydi.
    Shaxs estetik ongining mohiyatini uning bu jixatni nazardan chetda qoldirgan holda to‘liq anglab olish mumkin emas. Buni hisobga olmasdan turib, unda bunday ongni shakllantirish mumkin emas. Chunki, birinchidan, individ organizmi, xususan bosh miyasining takomillashish evolyusiyasi va uning negizida yuzaga kelgan sezish, his etish kabi organlari estetik sezgi, his-tuyg‘ularining paydo bo‘lishi, rivojlanishining moddiy asosi, organi hisoblanadi. Estetik zavqlanish, lazzatlanishning fiziologik asosi kishi bosh miyasining oliy qatlamlarida joylashganligi haqidagi fikr fiziolog, ruxshunos olimlar tomonidan o‘tkazilgan tajribalar bilan tasdiqlangan.
    Ikkinchidan, har bir shaxsning ijtimoiy tip sifatida shakllanishi uning genetik jixatidan sog‘lom nasli, biologik tur sifatida yashashining zaruriy shart-sharoitlari bilan bevosita bog‘liqdir. Shunga muvofiq o‘z-o‘zidan ayonki, shaxsning estetik tuyg‘u, didi va extiyojlarini uning sog‘lom tabiiy-fiziologik kamolotisiz shakllantirish mumkin emas. Shu jixatdan olib qaraganda, xukumatimiz, shaxsan Prezidentimiz tomonidan sog‘lom avlod naslini kamol toptirishning davlat ahamiyatiga molik vazifa sifatida kun tartibiga quyilishi aloxida ma’no kasb etadi.
    Ma’lumki, hozir Respublikamizda olib borilayotgan isloxotlar, davlatchilik siyosatining pirovard maqsadi yuksak ma’naviyat qaror topadigan demokratik, fuqarolik jamiyatini barpo etish bo‘lib, ushbu vazifani amalga oshirish har bir kishida vatanparvarlik, xalqiga fidoiylik his-tuyg‘ularini shakllantirishni taqozo etadi. “Inson o‘zini xalqining bip zarrasi deb sezgandagina, - deb ko‘rsatadi Prezident Islom Karimov,- u xaqda uylab, mexnat qilib yashagandagina ma’naviyat bilan tutashadi”.57
    Shaxs ma’naviyati uning estetik ongi orqali jamiyat, millat ma’naviyati bilan mushtaraklashadi. Shaxs estetik ongi jamiyat ma’naviyati rivojlanishida muhim mavqyeni egallaydi. Muayyan g‘oya, qarashlar shaxs estetik ongida o‘zlashtiriladi va faoliyatining mazmuniga, motiviga aylanadiki, bu jamiyat ma’naviyati yuksalishiga faol ta’sir ko‘rsatadi. Buning natijasi o‘laroq, yuksakroq darajadagi ma’naviy qadriyatlar yaratiladi. Mazkur jarayon shu zaylda uzluksiz davom etadi.
    Shaxs estetik ongi nazariy va amaliy bosqichlar va ularning o‘zaro birligi, o‘zaro ta’sirida amal qiladi.
    Birinchi boskichda shaxs estetik qarash va nazariyalar, ya’ni estetik bilim asosida voqelikka munosabatda bo‘ladi.
    Shunga ko‘ra estetika fani shaxs estetik ongining mazkur bosqichida shakllantirishning muhim vositasi, nazariy asosi bo‘lib hisoblanadi. Chunki mazkur fanning mezoniy tushunchalari, qonun-qoida va tamoyillarini bilmasdan turib nazariy estetik bilimga ega bo‘lish mumkin emas.
    Shaxs estetik ongining amaliy bosqichi — bu uning hissiy bilish bilan bevosita bog‘lik bo‘lgan estetik his-tuyg‘usi, idroki, didi kabi qobiliyatlari asosida kechadigan jarayondir. Shuning uchun mazkur bosqichdagi shaxs estetik ongi darajasi, asosan, uning badiiy ijod, san’at sohasiga bo‘lgan munosabatida namoyon bo‘ladi. Aytilganlarni quyidagi sxemada ifodalash mumkin.

    1-rasm.Jamiyat estetik ongi


    A — estetik ideal, qarash,
    nazariya. B A
    B-ijtimoiy ideal, g‘oya,
    mafkura.
    o‘zaro tasir, o‘tish
    2 -rasm. Shaxs estetik ongi
    A-nazariy bosqich: nazariy estetik B A
    bilish
    B-amaliy bosqich: hissiy estetik
    bilish
    Shaxsda muayyan estetik extiyoj bo‘lganidagina subyekt sifatida voqelikka (obyektga) shunday darajada munosabatda bo‘ladi. Demak, estetik munosabat estetik extiyoj negizida shakllanadi. Xush, estetik extiyoj nima, u shaxsning boshqa extiyojlaridan qanday xususiyatlari bilan farq qiladi? Inson biologik tur sifatida o‘z extiyojlarini qondirish harakati bilan tirikdir. Zotan:

    Er kishi birla ulur andagi extiyoj,


    To u barhayot ekan, extiyoj etgay davom (Beruniy)
    Inson hayvonot olamidan o‘zining turli-tuman extiyojlarini aql, farosat orqali qondirishligi bilan farqlanadi. Lekin uning shunday extiyojlari ham bo‘ladiki, u hammada ham shakllangan bo‘lmaydi. Bu estetik extiyojdir. Masalan, shunday kishilar toifasi borki, umr buyi mol, boylik to‘plash bilan mashg‘ul bo‘lgan holda ma’naviy-ruhiy lazzatlanishi uchun birorta badiiy kitob, tasviriy san’at yoki boshqa xil badiiy qimmatga ega qadryatli narsa xarid qilish ga o‘zida extiyoj sezmaydilar.
    Estetik extiyoj ma’naviy extiyojning o‘ziga xos yuksak tarzda namoyon bo‘lish shaklidir.
    Bu o‘ziga xoslik quyidagilardir:
    1) estetik extiyoj insonning narsa, hodisalardagi go‘zallikni, nafosatlilikni his etish, anglash, ularni ana shu mezonda baholash, idrok etishga bo‘lgan intilishi, qiziqishi ekanligi;
    2) mazkur extiyoj subyektining obyektga moddiy manfaatdorlikdan xoli bo‘lgan munosabatiga asoslangan bo‘ladi;
    3) mazkur extiyoj estetik ong tarkibidagi muhim unsur bo‘lib, boshqa qism unsurlari uchun asos vazifasini o‘taydi.
    4) mazkur extiyoj shaxs va jamiyat estetik ongini o‘zaro bog‘lovchi va ular o‘rtasidagi ziddiyatni bartaraf etishga xizmat qiladi.
    Kishida estetik extiyoj o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. U muayyan shart-sharoit va subyektiv omillar ta’sirida, xususan umumiy estetik tarbiya jarayonida shakllanadi. Bunda mazkur extiyojni qondirish va shaxsning bunga bo‘lgan ichki faol intilishini xosil qilish muhim vazifa hisoblanadi. Bunga esa uni turli xil faoliyat sohalariga jalb etish, eng muhimi san’atga yaqinlashtirish orqali erishiladi. Shaxsdagi go‘zallik, nafosatni his etish va undan ma’naviy zavqlanish hamda shu asosda faoliyat ko‘rsatish malakasini xosil qilish estetik extiyojni shakllantirishning muhim shartlaridandir.
    Estetik extiyojlar asosida dastlab estetik his-tuyg‘u shakllanadi va bu ayni paytda birinchisining rivojlanishi yangi sifatga o‘tishi uchun tasir ko‘rsatadi.
    Ma’lumki, insonning his-tuyg‘ulari uning aqliy bilishi bilan bevosita bog‘liq. Shunga ko‘ra inson his-tuyg‘usining ijtimoiy tipini ajratib ko‘rsatish mumkin. Bunga uning: haqiqatni anglash, nomus, burch, mas’uliyat, vatanparvarlik, mexnat zavqi, ko‘tarinkiligi kabi his-tuyg‘ular kiradi.
    Inson his-tuyg‘ulari ayni vaqtda, nisbiy mustaqil tabiatga ega bo‘lib, oddiy shakl, xolatlarda namoyon bo‘ladi. (Ruxshunoslar uning 70 dan ortiq, xilini ajratib ko‘rsatadilar) Xususan: ochiqish, chanqoqlik, xorg‘inlik, sog‘inch, lazzatlanish va x.k.).
    Estetik his-tuyg‘u inson his-tuyg‘usining yuksak bosqichda namoyon bo‘lish shakli hisoblanadi. Bu quyidagi jixatlar bilan izoxlanadi.
    1. His-tuyg‘uning ijtimoiy va shaxsiy (individual) shakllari (tur)ning o‘zaro birligida amal qiladi. Masalan, kishi o‘zining Vatan oldidagi burchini chuqur anglagan paytda uning uchun o‘zini fido qila oladi va bundan o‘zi va boshqalar ham ma’naviy qoniqish — zavq oladilar.
    2. Manfaatdorlikdan xoli, beg‘araz his-tuyg‘u bo‘lib, uning zamirida narsa, hodisalarning nafosatliligi, go‘zalligi (estetik jixatidan)dan zavqlanish, lazzatlanish tuyg‘usi yotadi.
    3. Kishining o‘z-o‘zini anglashi, dunyoqarashi, ma’naviy extiyoji darajasi bilan zaruran shartlangan his-tuyg‘udir. Darhaqiqat, faqat shu darajadagi estetik his-tuyg‘usi shakllangan kishigina narsa va hodisalar zamirida yashiringan mohiyatli go‘zallikni idrok eta oladi. Masalan, his-tuyg‘usi oddiy va oraliq darajasida bo‘lgan, ya’ni ijtimoiy tip darajasiga ko‘tarilmagan kishi tabiatning ko‘rkidan xayratlanishi, zavqlanishi tabiiy. Lekin uning timsolida ona yurt go‘zalligini ko‘ra olmasligi, unda Vatan tuyg‘usi, vatanparvarlik hislari tug‘yon urmasligi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, estetik his-tuyg‘u — narsa, hodisalar go‘zalligining mohiyatini anglagan holda his etishdir.
    Shunga ko‘ra inson sezgi, jonli mushoxada organlarining ishtirokisiz aqliy bilish, anglashi orqali ham narsa-hodisalar go‘zalligini idrok eta oladi va undan zavq, lazzat oladi. Masalan, Moldaviyadagi Zagorskiy shaxridagi barcha sezgi organlari ishlamaydigan bolalar uyi direktorining ular ustida olib borgan tajribalari bu fikrni tasdiqlaydi.
    Estetik his-tuyg‘u asosida estetik did shakllanadi va rivojlanadi.

    Download 0,72 Mb.
    1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   146




    Download 0,72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Axborot texnologiyalari va estetik madaniyat

    Download 0,72 Mb.