|
-jadval
Sug‘urta faoliyati KLASSIFIKATORI
|
bet | 25/136 | Sana | 24.09.2024 | Hajmi | 25,02 Mb. | | #272174 |
Bog'liq Samarqand iqtisodiyot va servis instituti «moliya» kafedrasi1-jadval
Sug‘urta faoliyati KLASSIFIKATORI6
1. Hayotni sug‘urta qilish tarmog‘i
Klass tartib raqami
|
Klassning nomi
|
Mazmuni va sug‘urta qilish shartlari bo‘yicha talablar
|
I klass
|
Hayot va annuitetlar
|
Quyidagi hollarda sug‘urta summalari to‘lash bo‘yicha sug‘urtalovchining majburiyatlarini nazarda tutuvchi, bir yildan ortiq muddatga amal qiluvchi hayotni sug‘urta qilish turlari jami:
- sug‘urta qilinuvchining sug‘urta muddati tamom bo‘lgungacha yoki sug‘urta shartnomasida belgilangan yoshgacha yashashi;
- sug‘urta qilinuvchining vafot etishi;
shuningdek sug‘urta shartnomasi amal qilishi davridagi joriy to‘lovlar (annuitetlar), III klass bundan mustasno
|
II klass
|
Nikoh va tug‘ilish
|
Nikohga kirishda yoki bola tug‘ilganda sug‘urta summasi to‘lanishini ta’minlovchi, bir yildan ortiq muddatga amal qiluvchi hayotni sug‘urta qilish turlari jami
|
III klass
|
Hayotni uzoq muddatli sug‘urta qilish
|
Umrbod renta to‘lanishi bilan birgalikda hayotni sug‘urta qilish turlari jami
|
|
|
| |