76
bo‘limi,
biron-bir
mavzusi
yoki
mavzuning
bir
nechta
kichik
mavzuostilarinitayyorlash topshiriladi. Mazkur ijodiy guruh ishining nazorati esa
mas’ul rahbarga topshiriladi.
Odatda yangi ekskursiya xizmatini tayyorlash 3 bosqichda amalga oshiriladi:
Dastlabki ishlar, ya’ni yangi ekskursiya xizmati mavzusi bo‘yicha
ma’lumotlar to‘plash, ekskursiya xizmati maqsad va vazifalarini aniqlash, shu bilan
bir vaqtda ekskursiya ob’ektlarini tanlash.
Bevositaekskursiya xizmatinitayyorlash, ya’ni ekskursiya xizmati marshrutini
tuzish, ma’lumotlarga ishlov berish, ekskursiya xizmatiningasosiy matnini yozish,
uni o‘tkazish uslubini aniqlash, ekskursiya ob’ektini ko‘rsatish va hikoya qilishning
eng samarali usullarini tanlash, gidlar tomonidan individual matnni tayyorlash
jarayonini o‘z ichiga oladi.
Yakuniy bosqich, ya’ni,sinov ekskursiyasini o‘tkazish. Ekskursiya muassasasi
rahbari tomonidan yangi ekskursiya xizmatini tasdiqlash, mavzuni himoya qilgan
gidlarga ushbu ekskursiya xizmatini o‘tkazishga ruxsat berish jarayonlari kiradi.
Ekskursiya xizmatini o‘tkazish tartibi uning mavzusi, turi va o‘tkazish
shaklidan qat’iy nazar bir xil bo‘ladi: tanishuv qismi, asosiy qism va yakuniy qism.