• Yakuniy qism
  • Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev




    Download 2,73 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet47/163
    Sana24.11.2023
    Hajmi2,73 Mb.
    #104925
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   163
    Bog'liq
    2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

    Tanishuv qismi – qoidaga ko‘ra 2 qismdan iborat:
    - tashkiliy, ya’nigid guruh bilan tanishadi, xavfsizlik qoidalari, marshrutda 
    o‘zini tutishi bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tkazadi; 
    -axborot, ya’nigidekskursantlargamavzu haqida, marshrutning masofasi, 
    davomiyligi, jo‘nash vaqaytish vaqti, sanitar bekatlar va ekskursiya xizmatining 
    tugash joyi haqida ma’lumot beradi. 
    Asosiy qism – aniq ekskursiya ob’ektlarini ko‘rsatish va hikoya qilish asosida 
    tuziladi. Asosiy qism bir nechta mavzuostilardan iborat bo‘lib, bitta umumiy 
    mavzuda umumlashadi va ob’ektlarda yoritiladi. Mavzuostilar odatda 5 tadan 12 
    tagacha bo‘lishi mumkin. Ekskursiya xizmatini tayyorlashda shunday ob’ektlarni 
    tanlash kerakki, vaqt bo‘yicha aniq rejalashtirilgan va ekskursiya xizmati 
    mavzusining mazmunini yoritishga yordam qilsin. 


    77 
    Yakuniy qism– bu qism ham tanishuv qismi kabi 5-7 daqiqali bo‘lib, 
    ekskursiya ob’ektlari bilan bog‘liq emas. Bu yerda ekskursiya xizmatining mavzusi 
    bo‘yicha yakuniy xulosalar qilinadi, bugungi yoritilgan mavzuni kengaytirishi, 
    chuqurlashtirishi mumkin bo‘lgan boshqa ekskursiya mavzulari haqida ma’lumotlar 
    beriladi. Yakuniy qism ham tanishuv va asosiy qism kabi muhimdir. 
    Ekskursiya xizmati qiziqarli bo‘lishibilan birga keraksiz ma’lumotlar oqimi 
    bilan yuklanmasligi, ma’lumotlarni taqdim etish usuli toliqtiradigan 
    bo‘lmasligi,turli toifadagiekskursantlar tomonidan qiziqarli tarzda qabul qilinishi 
    kerak. Shuning uchun, ekskursiya mavzusi albatta aniq bir toifa ekskursantlarga 
    yo‘naltirilishi kerak (kattalar, bolalar, yoshlar, shahar yoki qishloq aholisi, turli 
    kasb egalari, chet ellik turistlar va h.). Ekskursiya xizmatida bunday yondashuv 
    differensial yondashuvdeyiladi. U nafaqat iste’molchilar manfaatlarini, balki 
    maqsadlarini ham hisobga oladi.Agar ekskursiya xizmati folklor tur tarkibida 
    tashkil qilinayotgan bo‘lsa, asosiy e’tibor hududning milliy qiyofasi, obidalari va 
    tarixini ko‘rsatib, hikoya qilishga qaratiladi. Agar ekskursiya xizmati ish yuzasidagi 
    turizm tarkibiga kirsa, e’tibor o‘sha hududning umumiy, ishga aloqador 
    markazlariga qaratiladi. Kurort dam olishlarda ekskursiya xizmati tashkil etilsa, 
    tabiiy landshaftlar ob’ekt sifatida tanlanadi. 
    Yangi ekskursiya xizmatini tayyorlash jarayonida bir nechta bosqichlarni 
    ajratish mumkin. Ularni ekskursiya muassasalari amaliy faoliyatida yo‘lga 
    qo‘yilgan ketma-ketlikda ko‘rib chiqamiz. «Ekskursiya xizmatini tayyorlash 
    bosqichi» tushunchasi birinchi marotaba 1976 yilda amaliyotga qo‘llanila boshlandi 
    va unda quyidagi 15 ta bosqich ajratildi: 
    1. 
    Ekskursiya xizmatining maqsad va vazifalarini aniqlash; 
    2. 
    Ekskursiya xizmati mavzusini tanlash; 
    3. 
    Zaruriy adabiyotlar ro‘yxatini tuzish; 
    4. 
    Ekskursiya ma’lumoti manbalarini aniqlash. Mavzu bo‘yicha muzey, 
    arxiv fondlari va ekspozitsiyalari bilan tanishish; 
    5. 
    Ekskursiya ob’ektlarini tanlash va o‘rganish; 


    78 
    6. 
    Ekskursiya marshrutini tuzish; 
    7. 
    Marshrutni ko‘zdan kechirish; 
    8. 
    Ekskursiyaningasosiy matnini tayyorlash; 
    9. 
    «Gid portfeli»ni tahlash; 
    10. Ekskursiya xizmatini o‘tkazishning usullarini aniqlash; 
    11. Ekskursiya xizmatini olib borish texnikasini aniqlash; 
    12. Uslubiy ishlanmalarni tayyorlash; 
    13. Ekskursiya xizmatining individual matnini tuzish; 
    14. Sinov ekskursiyasini o‘tkazish; 
    15. Ekskursiya xizmatini tasdiqlash. 
    Ekskursiya uslubiyatining talablaridan biri bilim olish jarayoni sifatida 
    ekskursiya 
    xizmatining 
    uzluksizligini 
    ta’minlash, 
    ya’ni 
    ma’lumotlarni 
    ekskursantlarga ta’sirini butun bir ekskursiya xizmati davomida ta’minlay olish 
    hisoblanadi. Ekskursiya xizmatini olib borish vaqti ob’ektlarni ko‘rsatish, hikoya 
    qilish, mavzuostilar oralig‘idagi tanaffuslar va mavzuning asosiy savollari 
    jamlanmasidan iborat bo‘lishi kerak. 
     
     
     
     
     
     
     

    Download 2,73 Mb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   163




    Download 2,73 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev

    Download 2,73 Mb.
    Pdf ko'rish