82
Ekskursiya xizmatimatni ijodiy guruh tomonidan yangi mavzuni tayyorlashda
tuziladi va nazorat funksiyasini bajaradi. Har bir gid o‘z
hikoyasini ushbu matn
asosida (asosiy matn) tayyorlaydi.
Asosiy matndagi ma’lumotlar ko‘p hollarda xronologik tartibdagi mazmunga
ega bo‘ladi. Bu matn ekskursiyaxizmatining tartibini aks ettirmaydi va ekskursiya
ob’ektlarini marshrutdagitahlil qilinishi ketma-ketligida ham tuzilmaydi. Asosiy
matn turli manbalardan tanlab olingan ma’lumot bo‘lib, ushbu mavzu bo‘yicha
o‘tkaziladigan barcha ekskursiya xizmatlari uchun asos bo‘ladi. Asosiy matndagi
holatlar va xulosalardan foydalanib, gid o‘zining individual matnini tuzadi. Asosiy
matn ma’lumotlaridanshu mavzudagi boshqa ekskursiyaxizmatlarini
tayyorlashda,
turli toifadagi ekskursantlar (bolalar va kattalar)xususiyatlaridan kelib chiqqan
holda foydalanish mumkin.
Asosiy matnga gid hikoyalari uchun zarur bo‘ladigan ma’lumotlardan
tashqari, kirish so‘zi, ekskursiya mavzusi bo‘yicha xulosalar, mantiqiy o‘tishlar
uchun ma’lumotlar ham kiritilishi mumkin. Asosiy matn foydalanishga qulay
bo‘lishi, sitatalar, raqamlar va misollar manbalari ko‘rsatilishi kerak.
Ekskursiya hikoyasining asosi gidning individual matni hisoblanib, u gidga
hikoyani mantiqiy, aniq ketma-ketlikda tuzishga yordam beradi. Bunday matnni har
bir gid o‘zi mustaqil tayyorlaydi.
Agarda asosiy matn puxta ishlangan bo‘lsa,individual
matnlarning mazmuni
bir xil bo‘ladi, lekin nutqning turli jilosi, turli so‘zlar, hikoyadagi turlicha ketma-
ketlik, hatto bir holatni isbotlovchi dalillar har xil bo‘lishi mumkin. Tabiiyki,
barcha gidlar bir ob’ekt oldida turib, bir xil narsani hikoya qilishadi.
Asosiy matnni tuzishda yuqori malakaga ega bo‘lgan gidlardan iborat ijodiy
guruh jalb qilinadi.Shuninguchun, yangi ekskursiya xizmati mavzusini
tayyorlayotgan gid undan oqilona foydalanishi kerak. O‘zi uchun yangi bo‘lgan
ekskursiya mavzusini tayyorlayotgan gid ungacha butun
bir jamoa mehnati bilan
yaratilgan natijaga erisha olmaydi. Gid yangi mavzu ustida ishlashda dastlabki
tayyorgarlikdan o‘tib bo‘lganidan so‘ng (ma’lumotlarni yig‘ish, o‘rganish va
83
ishlovberish) asosiy matn bilan tanishadi. Bu jarayon unga hikoya uchun
ma’lumotlar va mavzuostilarni yoritishda, misollar tanlashda,
ekskursiya mavzusi
bo‘yicha umumiy xulosalarga kelishga yordam beradi. Asosiy mantga o‘z vaqtida
murojaat qilish boshlovchi gidni ekskursiya xizmatiga yuqori darajada
tayyorgarligini ta’minlaydi.
Individual matnning asosiy matndan farqi shundaki, u ekskursiya xizmati
tarkibiy tuzilishi va uslubiy ishlanmasi bilan to‘liq uyg‘unlikda tayyorlanadi.
Individual matnda ob’ektlarning ko‘rsatilishi tartibiga qarab ma’lumotlar taxlanadi
va aniq qismlarga bo‘linadi. Har bir qism bitta mavzuostiga bag‘ishlanadi. Ushbu
talablardan kelib chiqib, tuzilgan individual matn
ekskursiya xizmatida hikoya
qilish uchun tayyor hisoblanadi. Individual matn mazmuni ekskursiyaxizmatida
nimani hikoya qilish kerak bo‘lsa, shundan tarkib topadi. Tarixiy voqealarni
yoritishda, ularning ahamiyatliligini baholashda qisqartirishlar bo‘lmasligi, faktlar
sanalarsiz, manbalarga havolasiz berilishi mumkin emas. Bu xildagi matn notiq
nutqining o‘ziga xosligini ta’minlaydi. Gidning hikoyasi ko‘rilayotgan ob’ektlar
bilan bog‘langan alohida qismlardan iborat. Bu qismlar
har bir mavzuostilar
bo‘yicha xulosalar va mavzuostilar orasidagi mantiqiy o‘tishlar bilan birlashtiriladi.
Individual matn tuzayotgan gido‘z nutqidagi mantiqiylikni, ekskursantlarga
hikoya
va
namoyishning
uyg‘unlikdagi
ta’sirini
unutmasligi
kerak.
Ekskursantlargama’lumotlarni jonli qilib yetkazish ko‘ngilochar harakatlarga
aylanmasligi, maksimal o‘rganishvaminimal ko‘ngil ochish formulasigarioya etish
zarurdir. Ekskursiya mavzusinitayyorlashjarayonidarivoyatlaralohidao‘rintutadi va
ulardanme’yorida foydalanishtalab etiladi.
Mazmunan har ikki matn ham (asosiy va individual) bir-biriga mosdir. Agarda
asosiy matn to‘g‘ri tuzilsa, ushbu mavzudagi barcha gidlarning individual
matnlarida «standartlar» mavjud bo‘ladi (mazmuni bir xil,
tarixiy faktlar,
voqealarni baholashda, faktlar va xulosalarda o‘xshashliklar kuzatiladi).
Biror bir ob’ektni tahlil qilishda gidlar bitta narsani ko‘rsatadilar va hikoya
qiladilar. Bu jarayonda asosiy matnning etalonligi seziladi, lekin bir xil
84
mazmundagi matnda gid nutqning turli jilosidan foydalanishi, faktlar,
raqamlar,
misollarni turlicha ketma-ketlikda berish mumkin. Ekskursiya mavzusining
individualligi uni olib borayotgan gidning hissiyotlilik darajasida namoyon bo‘ladi.
Ular ob’ektning oldida turib hikoya va ko‘rsatishning turliusullarini qo‘llashlari,
ma’lum bir holatni turli misollar bilan yoritishlari mumkin. Matnni yozishda
individuallik bo‘lishi maqsadlidir.