87
hikoyasini ishonchli qilishga yordam beradi. Ko‘rgazmali
vositalarning yana bir
muhim vazifasi ob’ekt haqida tomoshaviy tasavvur uyg‘otishidadir. «Gid
portfeli»da fotosuratlar, geografik xaritalar, jadvallar, rasmlar, mahsulot namunalari
va boshqalar kiritiladi. Bunday «portfel»lar odatda har bir mavzu uchun alohida
taxlanadi. Ular doimo gidning qo‘lostida bo‘lib, o‘tmish va kelajakka bo‘ladigan
«sayohat»ni qiziqarli va foydali o‘tkazishga yordam beradi.
«Portfel»ning ko‘rgazmali vositalari ekskursiya mavzusidan kelib
chiqib,foydalanishga qulay bo‘lishi,lekin son jihatdan ko‘p bo‘lmasligi kerak.Aks
holda ular ekskursantlarni asosiy ob’ektlardan chalg‘itib, e’tiborini susaytiradi.
Ko‘rgazmali vositalarni tanlab olishda quyidagi mezonlar inobatga olinadi:
-
ulardan foydalanishning zaruriyati va maqsadliligi;
-
ilmiy
ahamiyati, ya’ni qanchalik ushbu ko‘rgazmali vosita ekskursiya
xizmatini boyitishi, ko‘rsatish va hikoyani ko‘rgazmali
va tushunarli qilishi
mumkin;
-
jozibadorligi;
-
aniqligi;
-
saqlanganlik holati.
Fotosuratlar, xarita sxemalar, reproduksiyalar 18x24smo‘lchamli karton asosli,
aniq va tiniq bo‘lishi, avtobusda ko‘rsatishga mo‘ljallangani esa 24x30smga
kattalashtirilishi zarur.Ijodiy guruh yangi ekskursiya mavzusini tayyorlashda
to‘plangan ko‘rgazmali vositalardan mavzuni yoritishga gidga yordam beradigan
eng yorqinlarini tanlaydi va marshrutda ularni ko‘rsatish
metodikasini tekshirib
olishadi. Keyin «portfel»dagi vositalarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalarni uslubiy
ishlanmaga kiritishadi.
«Portfel»dagi har bir ko‘rgazmali vositaga eslatma qog‘ozi birkitiladi va
ro‘yxatiga aniqlik kiritiladi. Muzeylar, ko‘rgazmalar, arxivlar«portfel» vositalarini
tanlashga katta yordam qiladi.