146
Ekskursantlardagie’tiborsusayishinioldiniolishvauniyuqoridarajadasaqlabqol
ish
uchun
gidularnifaollashtiruvchiruhiy-
pedogogikusullarnioldindano‘ylabqo‘yishikerak.
Ekskursantlare’tiborinisaqlabqolishuchunbir necha usullartavsiyaetiladi.
Birinchisi, ekskursiya ob’ektlarini ko‘rsatish tartibi. Shahar ichidagi 3 soatli
avtobusli ekskursiyada 30 tagacha asosiy ob’ektlarni kiritish mumkin. Bunda har
bir ob’ektga 4 daqiqalik hikoya to‘g‘ri keladi. Ob’ektlarni ko‘rsatish jarayoni
ekskursantlar e’tiborini faollashtiruvchi samarali jarayon bo‘lishi uchun u konkret,
obrazli, faol, mantiqan ketma-ket, mavzu mazmunini yoritishda navbatdagi
pillapoya bo‘lishi kerak.
Ikkinchisi,«gidportfeli»dagi ko‘rgazmali vositalardan foydalanish. Ob’ektlar
yetarli bo‘lmagan marshrut uchastkalarida va gid hikoyasi 10-15 daqiqato‘xtovsiz
davom etganda ko‘rgazmali vositalardan foydalanishi muhimdir. Ko‘rgazmali
vosita ekskursantlarning hikoyaga bo‘lgan e’tiborini ko‘taradi, ular eshitishdan
ko‘rishga o‘tadi.
Ekskursiya mavzusi matniga «yorqin faktlar», qiziqarli epizodlarni kiritish
tavsiya etiladi. Solishtirish uchun keltirilgan raqamli faktlar yaxshi samara beradi.
Ekskursantlar e’tiborini saqlab qolish uchun qo‘llanilgan yorqin faktlar
ekskursiya mavzusiga mantiqan mos kelishini ekskursiya matni ustida
ishlayotganda inobatga olinadi.
Hazillar, latifalar ham diqqat susayishi bilan kurashda qo‘l keladi. Hazil aqliy
va jismoniy yengillik bag‘ishlaydi, eshituvchilarda ijobiy kayfiyat uyg‘otadi, gid
va ekskursant o‘rtasida iliq munosabatlarni shakllantiradi. Gid shuni yodda tutishi
kerakki, ekskursantlarni atayin kuldirish uchun mavzuga to‘g‘ri kelmaydigan
hazillar, latifalardan foydalanmaslik lozim.
Yuqorida aytib o‘tilgan savol-javobusulinihamekskursantlardagi e’tibor
susayishini oldini olishda qo‘llash mumkin.