153
Ekskursiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan guruh: xorijdan tashrif buyurgan
turistlar
Ekskursiya mavsumi: yil davomida
GIDNING INDIVIDUAL MATNI NAMUNASI
1- ob’ekt: AMIR TEMUR MAQBARASI(1404-yillar)
Hurmatli ekskursantlar! Siz ko’rib turgan ob’ektingizAmir Temur maqbarasi
bo’lib, jahonga mashhur va O‘rta Osiyo me’morchiligining noyob asari sifatida
e’tirof etiladi.
Majmua «qo‘sh»
uslubidagi bosh peshtoq, ikki tomonlama ketuvchi
to‘rtburchak shakldagi hovlini hosil qiluvchi va bizgacha aksariyat qismi
saqlanmagan devorlar, 4 ta minora shulardan 2
tasi saqlangan, ikki tomonlama
qarama-qarshi shaklda Muhammad Sulton farmoniga binoan qurilgan madrasa va
xonaqoh poydevorlari va asosiy maqbara majmuasidan tashkil topgan.
Endi majmua bilan yaqindan tanishishni boshlasak! Marhamat!
Amir Temur maqbarasi peshtoqi. Muhammad Sulton ansamblidan faqat
peshtoqigina yaxshi saqlangan. Bu peshtoq mohirlik bilan ishlangan bo‘lib,
turli-
tuman koshinlari bilan devor fonida yaqqol ko‘rinib turadi. Koshinlar orasiga
binoni qurgan usta-Muhammad binni Mahmud Isfahoniyning nomi va
«Dini
jannat dili poklarnikidir» deb jimjimador qilib yozib qo‘yilgan. G‘ishtli ustunlar
bezagida “girih” deb ataluvchi
geometrik shakllarga asoslanib, nafis qilib
ishlangan kompozitsiya asosiy o‘rinni egallaydi.
Madrasa va xonaqoh qoldiqlari. E’tiboringizni madrasa va xonaqoh
qoldiqlariga qaratmoqchiman! Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda,
XVII asrda mad-
rasa ishlab turgan, xonaqoh binosidan esa vayronalargina saqlangan. XVIII asrning
20-yillaridagi ijtimoiy va iqtisodiy inqiroz davrida huvillab qolgan Muhammad
Sulton madrasasi harobaga aylana boshlagan. Muhammad Sulton xonaqohi va
154
madrasasidan devor qoldiqlari va koshin parchalarigina saqlangan. Lekin bu
qoldiqlar ham asrlar bo‘yi pinhon bo‘lib kelgan inshoot sirini bilishga imkon berdi.
Hovlining sharq tomonidagi devor ortida Muhammad
Sulton madrasasining
qoldiqlari ko‘rinib turadi. Chorsu hovlining atrofiga ikki qavatli hujralar tushgan.
Hujralar boshqa madrasalardagi singari bo‘yi uzun, eni tor bo‘lib eshik tepasidagi
darchalardan yorug‘ tushib turgan. Madrasaning burchaklarida gumbazli
darsxonalar bo‘lgan.Xonaqoh o‘rtasida katta gumbazli keng zal, zalning atrofida
ikki qavatli, biridan ikkinchisiga o‘tiladigan xonalar bo‘lgan,
bu xonalarning
ba’zilarida kishilar yashagan, ba’zilari muzokara o’tkaziladigan joy bo‘lgan.
Hovli atrofini o‘rab turgan devorlar ikki qavatli bezakli ravoqlarga bo‘lingan.
Hovlining tashqi burchaklarida to‘rtta minoralar bo‘lgan. Yuqoriga ko‘tarilgan sari
ingichkalashib borgan minora Registon maydonidagi Ulug‘bek madrasasi
minoralari kabi sharafa bilan bezatilgan. Minoraning asosi bilan tepasi orasidagi
tafovut koshin plitalar terishda ustalik bilan bartaraf qilingan.
Koshinlar har bir
qatoriga bir xil miqdorda koshin plitalar terilgan holda, ular orasidagi choklar
yuqoriga ko‘tarilgan sari torayib boradi va tepasiga yetib tugaydi. Saqlangan 2
minoralarning birida
«banda tadbir etar, olloh taqdir etar» deb yozilgan.