155
shunday qoshinlardan hajmi bir-biriga mos qilib ishlangan chiroyli jimjimalar bor.
Maqbaraning tashqi gumbazi yodgorlikning tashqi qiyofasi yanada salobatli
bo‘lishi uchun ichki gumbaz ustiga o‘rnatilgan. Gumbazda jez, lojuvard, tillo
suvlari ishlatilgan. Rivoyatlarga ko‘ra, buyuk Amir Temur doimo o‘zi kelib
bevosita suyukli nevarasi Muhammad Sulton sharafiga qurilayotgan maqbaraning
qurilish ishlarini nazorat qiladi va gumbazning qurilishi bo‘yicha o‘z takliflarini
beradi.
Amir Temur maqbara majmuasi Amir Temurning suyukli nevarasi, taxt vorisi
sifatida e’lon qilingan Muhammad Sulton tomonidan XIV asrning oxirida o‘z
nomidan madrasa va xonaqoh qurdiradi. Tanlangan joy O‘rta asrda Samarqandning
janubiy-sharqiy qismida qurilib, o‘zaro katta bir majmuani tashkil etgan. Maqbara
qurilishi esa 1404-yilda Amir Temurning vorisi Muhammad Sultonning vafot
etishi munosabati bilan boshlanib, Amir Temurning vafotidan so‘ng, Temuriylar
xilxonasiga aylantiriladi hamda Mirzo Ulug‘bek davrida tugallanadi.
Dastlab maqbaraga mana bu janubiy eshikdan kirilgan. Ammo Amir
Temurning piri Mir Sayyid Barakaning bosh qismidan kirishni Mirzo Ulug‘bek
hurmatsizlik deb hisoblaganligi bois, uning farmoniga binoan sharqiy eshik 1425-
yilda ochilgan. Ulug‘bek davrida maqbaraga kirish uchun qurilgan eshikning yoni
va tepalari nafis bezatilgan. Ilgari eshik tepasida: «Bu shavkatli Amir Temurning
qabri...» deb yozilgan koshinli lavha bo‘lgan (bu plita hozir Sankt-Peterburgdagi
Davlat Ermitajida saqlanadi). Shuningdek, 1868-yilda maqbara devoridagi
darvozasi o‘g‘irlangan. Vereshagin Temur saroyi darvozalarini aks ettirgan. Bu
darvozalarning biri Londonda, biri Ermitajda saqlanmoqda. Marhamat endi esa
Mirzo Ulug‘bek tomonidan ochilgan sharqiy eshik orqali ichkariga kirsak!