Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev




Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/163
Sana24.11.2023
Hajmi2,73 Mb.
#104925
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   163
Bog'liq
2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

Ulug‘bek madrasasidagi hujralar. Hurmatli ekskursantlar! Siz ko‘rib turgan 
to‘rtburchak hovlining sathi 30x40 metr. Mana bu xonachalar «hujralar» deb 
nomlanadi. Aynan shu xonalarda Ulug‘bek madrasasida yuzga yaqin tahsil olgan 
talabalar yashashgan. Hujralarga mana shu kichkina eshiklardan kirilgan. Nima 
sababga ko‘ra eshiklar bunday kichkina? degan savol sizni qiziqtirgan bo‘lsa 
kerak. E’tiboringizni har bir eshikning ustidagi oyatga qaratmoqchiman! Har bir 
shu yerda tahsil olgan talaba birinchi navbatda oyatga hurmatini bildirgan holatda, 
o‘zi yashagan va tahsil olgan bilim dargohiga, xonaga hurmat yuzasidan egilib 
kirgan. Hujralarning sathi 3x3,7 metryoki 3,2x4,6 metr bo‘lib, to‘rida yordamchi 
xona ham bor. Havo va yorug‘lik hujralarga eshik orqali yoki eshik tepasidagi 
panjarali oynachalardan kirgan. Qish kunlari isitish uchun sandal ishlatilgan. 
Devorlarning qalinligi yoz kunlari issiqdan saqlab, qish kunlari issiqyo‘qolishiga 
yo‘l qo‘ymagan, lekin zahlikdan saqlay olmagan. Shuning uchun uxlash joylari 
yog‘ochdan yasalib, pastdan ikki metr balandlikda bo‘lgan. Ustiga chiqish uchun 
hujra ichida yog‘och zinapoya o‘rnatilgan. Ikkinchi qavatdagihujralarga devor 


163 
ichiga 
g‘ishtdan taxlangan o‘rama zinalar orqali chiqilgan. Ikkinchi 
qavatdagihujralarni bir-biri bilan tokchasimon peshayvonlar bog‘lagan. O‘rama 
zinalar orqali madrasa tomiga va minora ustiga ham chiqish mumkin. Madrasa 
devorlari pishgan g‘ishtdan taxlanib, oralari ganch qorishmasi bilan to‘ldirilgan. 
Darsxona va xususan ichki xonalardagi bezak izlari qolmagan. Bularning hammasi 
ganch bilan suvalgan va ko‘p marotaba oqlangan. Taxmin qilish mumkinki
hujralarning ichki bezagi yelimli bo‘yoqlar bilan ishlangan. 
Hurmatli ekskursantlar madrasa ichida ko‘rib turganlaringizdek, yozgi 
darsxonalar, katta darsxona, masjid hamda mudarrislar xonasi ham mavjud 
bo‘lgan.

Download 2,73 Mb.
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   163




Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev

Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish