161
2-ob’ekt. REGISTON MAYDONI
Hurmatli ekskursantlar! Siz bilan hozir turgan joyimiz ko‘hna Samarqandning
yuragi degan nomga sazovor bo‘lgan joy-Registon maydoni hisoblanadi.
«Registon» so‘zi forschadan tarjima qilinganda «reg» - qum, qumli, «iston»-joy,
makon degan ma’nolarni bildirib, «Registon» so‘zi-qumli joy deganidir. Registon
maydoni obidalariXV-XVIIasrlarda qurilgan bo‘lib,
mukammal kompozitsiyani
tashkil etadi va uchta madrasadan iborat. Ular to‘g‘ri to‘rtburchakli, sathi 75x63
metr. bo‘lgan maydonning uch tomonida joylashgan.
Registon maydoni o‘zining uchta katta peshtoqi va baquvvat arklarni ushlab
turuvchi ikki oshiyonli oynasiz devorlari bilan butun dunyodan keluvchi turistlarni
hayratga soladi.
Hurmatli ekskursantlar! Endi esa, qadimgi va bugungi Samarqandning yuragi
hisoblangan Registon maydonidagi ob’ektlarni tomosha
qilishga barchangizni
taklif qilaman! Marhamat!
ULUG‘BEK MADRASASI(1417-1420-yillar)
Ulug‘bek madrasasi peshtoqi.Hurmatli ekskursantlar!1417-1420-yillarda
aynan shu joyda olim,
matematik, astronom Mirzo Ulug‘bek Ko‘ragoniy sayi-
harakati bilan musulmon oliy o‘quv yurtiga asos solingan.
«Bu ilm binosining
asoschisi ulug‘ sulton, sultonning o‘g‘li, dunyoning va asrlarning mutaffakkiri
Ulug‘bek Ko‘ragoniy, ...balandligi osmonga qadar ikki o‘lcham, og‘irligidan yer
yuzining cho‘qqisi titraydi», degan so‘zlar madrasa peshtog‘ida yozilgan. Bu yerda
boshqa madrasalarga o‘xshab, faqat ilohiyot fanlari o‘rgatilmagan. Ulug‘bek
aniqfanlarga ko’proq qiziqqan. Birinchi darslarni Ulug‘bekning ustozi, ulug‘
astronom Qozizoda Rumiy o‘tkazgan. Birinchi mudarris (professor) etib olim
Muhammad Havodiy tayinlangan. Ulug‘bek ushbu madrasaga ta’lim berish uchun
eng mashhur ilm namoyondalarini to‘plagan. Talabalarining
soni yuztaga yetgan
va ular madrasa ichidagi 48 ta hujralarda yashashgan.
162
Ulug‘bek madrasasining saqlanib qolganqiyofasining o‘zi, o‘tmish
me’morchilik san’ati naqadar yuksak ekanligidan darak beradi. Madrasa to‘g‘ri
to‘rtburchak shaklida bo‘lib, sathi 56x81 metr. Registonga qaragan tomoni bosh
tomon bo‘lib, u «qo‘sh»
uslubidagi peshtoq, yon tomondan mahobatli
minoralardan iborat.
Peshtoqqa e’tiboringizni qaratmoqchiman!
Ulugbek davrida qurilgan bu
madrasaning asosiy ornamental bezagi sifatida biz markazda «yulduzlar»ni
ko‘rishimiz mumkin, shuningdek peshtoq «morpech» (ilon tovlanishi) naqshlari
bilan xoshiyalangan bo‘lib, bu ham o‘z navbatida sharq falsafasining bir ma’nosini
o‘zida mujassamlashtirgan.
«Har bir talaba doim yodida tutishi lozim bo‘lgan
aqida, u ham bo‘lsa har bir inson bu dunyoga keladi, komillik sari intiladi,
komillikka erishadi, ammo xohlaydimi yo‘qmi, baribir bir kunmas bir kun, qariydi
va nihoyat bu dunyoni tark etadi. Aynan shu orqali har birimiz doim faqatgina bu
dunyoda qoldiradiganimiz yaxshi nom ekanligini unutmasligimiz lozim».
Endi esa hurmatli ekskursantlar madrasaning ichiga yo‘l olamiz!