Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev




Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/163
Sana24.11.2023
Hajmi2,73 Mb.
#104925
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   163
Bog'liq
2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

Maqbara ichi va qabrtoshlar.Maqbara g‘oyatda nafis bezatilgan. Devorning 
pastki qismida ko‘kimtir shaffof oniks toshidan ishlangan izora bor. Oniksning 
choklari ko‘kimtir toshlar terib bezatilgan. 
Maqbaraga rangdor oynalar solingan panjarali darchadan yorug‘lik tushgan. 
Shu oynalardan o‘tib tushgan quyosh nuridan maqbara ichi rang-barang ranglar 
bilan tovlanib turgan. Maqbara gumbazining ichi bezatilishida «pap’e mashe»-


156 
uslubidan foydalanilgan. Bu maxsus Samarqand qog‘ozi bir-biriga yelimlanib, 
maxsus shaklga keltirilgan, oltin suvi yugurtirilgan va maxsus mixchalar bilan 
peshtoq ichki qismiga bezak sifatida qoqilgan. 
Muhammad Sulton 1403-yilda Kichik Osiyoga qilgan uzoq safaridan qaytib 
kelayotganda to‘satdan kasal bo‘lib vafot etadi. Shahzodaning jasadi Samarqandga 
olib kelinib, majmuaning janub tomonidagi ayvon orqasidagi dahmaga dafn 
qilinadi. Amir Temur shahzodaga atab maqbara qurish haqida farmon beradi. 
Shundan keyin daxma ustiga sakkizyoqli bino quriladi. Sharq tarixchisi 
Sharafiddin Ali Yazdiy bu bino «osmon kabi baland gumbaz, devorlarining pastki 
qismi zarhal va lojuvard bilan bezatilgan marmar toshdan qilingan»deb 
ta’riflaydi. Lekin qurilish ishlarini Amir Temur oxiriga yetkazmagan. U 1405-
yilning 18-fevralida vafot etadi va Muhammad Sulton jasadi yoniga dafn qilinadi. 
Maqbaraning 
o‘rtasiga o‘rnatilgan sag‘analar ustida Temuriylarga
bag‘ishlangan yozuvlar bor. Markaziy toshga e’tiboringizni qaratmoqchiman! 
Amir Temurning qabri ustiga, qo‘yilgan to‘q yashil rangli nefrit tosh diqqatni 
o‘ziga jalb etadi. Mirzo Ulug‘bek 1425-yilda mo‘g‘ullar ustidan g‘alaba 
qozonganda qo‘lga kiritgan mollar ichida ikki bo‘lak nefrit ham bo‘lgan. Shu 
ikkala toshga yaxshilab ishlov berib, bir-biriga ulab, Mirzo Ulug‘bek Amir Temur 
bobosining qabri ustiga qo‘ydirgan. Siz ko‘rib turgan panjaralar ham o‘sha davrda 
Ulug‘bek farmoniga binoan o‘rnatilgan va bizgacha o‘z holida saqlanib kelgan. 
1740-yilda Eron shohi Nodirshoh Buxoro xonligini zabt etgan vaqtida (o‘sha 
vaqtda Samarqand Buxoro xonligiga qarar edi) Amir Temur qabri ustidagi toshni 
Mashhadga olib borishga buyruq bergan. Yo‘lda nefrit tosh aravadan tushib ketib 
singan. Lekin, shakkok bo‘lishdan cho‘chigan hamda Eronda vabo kasalligi 
tarqalganidan so‘ng ruhoniylarning maslahati bilan Nodirshoh bu niyatidan qaytib, 
o‘sha zamonlar uchun uzoq va qiyin bo‘lgan safarlardan keyin toshni yana 
qaytadan joyiga keltirib qo’ydirgan.Shuningdek, bu yerda ko‘plab boshqa 
temuriyzodalar dafn etilgan. Amir Temur vafotidan keyin taxt uchun o‘zaro 
urushlar boshlanib ketib, maqbarani qurib tugatishga xalaqit beradi. Mamlakat 
1409-yildagina tinchiydi. Amir Temurning o‘g‘li Shohruh Mirzo Hirotni poytaxt 


157 
qiladi. Mirzo Ulug‘bekni esa Samarqand hokimi etib tayinlaydi. U mamlakatda 
madaniyat va qurilish ishlarini rivojlantirib yuboradi. Mirzo Ulug‘bek buyuk 
bobosiga hurmat yuzasidan sakkizyoqli maqbarani Temuriylar avlodi dafn 
qilinadigan maqbaraga aylantiradi. Maqbara bitgach, Amir Temurning ma’naviy 
ustozi Mir Sayyid Barakaning jasadi ham shu maqbaraga ko‘chiriladi. Amir 
Temurning o‘zi ustozining oyoq tomoniga dafn etiladi. Ba’zi rivoyatlarga 
qaraganda, Amir Temurning o‘zi shunday vasiyat qilgan ekan. Binoning ichi 
yangidan bezatiladi, maqbara sahniga daxmalar qo‘yilib, atrofi nafis marmar 
toshdan panjara qilinadi. Maqbarada Amir Temurning o‘g‘illari-Mironshoh va 
Shohruhlar ham dafn etilgan. 
1449-yilda Mirzo Ulug‘bek ham shu maqbarada dafn etiladi. Shuningdek, bu 
yerda ko‘rib turgan ikkita kichik qabrchalar taxminlarga ko‘ra, Ulug‘bekning 
bolalikda vafot etgan farzandlarining qabrlari hisoblanadi. Yuqorida turgan qabr 
esa Said Umarning qabri bo‘lib, rivoyatlarga ko‘rau inson barcha kulollarning piri 
bo‘lgan. Uning ustiga o‘rnatilgan belgi ham buning isbotidir. 
1994-1996-yillar Samarqand shahriga yurtboshimiz tomonidan «Amir 
Temur» ordeni berilishi munosabati bilan maqbarada katta hajmdagi ta’mirlash 
ishlari amalga oshirildi. Bugungi kunda bu joy mamlakatimizdagi eng chiroyli 
majmualardan biri hisoblanadi. 
(Ekskursantlarga tomosha qilish va rasmga tushishlari uchun 2 daqiqa vaqt 
beriladi. Savollarga javob beriladi).


158 

Download 2,73 Mb.
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   163




Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev

Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish