• Ekskursiya mavsumi
  • Ark qal’asi ichki kirish yo‘lagi.
  • «BUXOROI SHARIFGA MARHAMAT»nomli ekskursiya xizmatining




    Download 2,73 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet104/163
    Sana24.11.2023
    Hajmi2,73 Mb.
    #104925
    1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   163
    Bog'liq
    2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

     
    «BUXOROI SHARIFGA MARHAMAT»nomli ekskursiya xizmatining
     
    DASTURI 
    Davomiyligi: 2 soat 
    Masofasi:Buxoro shahri bo’ylab 20 km
    Ekskursiya maqsadi:Buxoroningmashhur tarixiy-arxitektura yodgorliklari 
    bilan tanishtirish
    Ekskursiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan guruh: xorijdan tashrif buyurgan 
    turistlar 
    Ekskursiya mavsumi:yil davomida 
     
    GIDNING INDIVIDUAL MATNI NAMUNASI 
     
    1-ob’ekt. ARK 
     
    Arkmaydonimarkazida. Hurmatli ekskursantlar! Siz bilan hozir turgan 
    maydon ko‘hna Buxoroning Registon maydoni hisoblanadi. Bu maydonda ko‘rib 


    178 
    turganingizdek, ko‘hna tepalik Ark qad ko‘tarib turibdi. Ark 20 mertgacha qurilgan 
    tepalik ustiga barpo etilgan bo‘lib, uning maydoni 4 gektarni tashkil etadi. Tarixan 
    ark shaharning markazi, hokim qal’asi hisoblangan. Shahriston Ark o‘rnida 
    eramizdan avvalgi IV asrlarda ham mavjud bo‘lgan. Yillar davomida bu yerda 
    sun’iy tepalik paydo bo‘lgan. To‘rtburchak shaklga ega bo‘lgan ark devorlari turli 
    davrlarda tosh, pishiq g‘isht, xom g‘ishtva paxsalar bilan mustahkamlangan. 
    So‘nggi yillarda amir arki qurilishida ko‘p miqdorda yog‘och ishlatilganligi 
    tufayli, 1920-yilda Frunze boshchiligidagi «Qizil armiya» tomonidan shaharga o‘t 
    qo‘yilganda vayron bo‘lgan va keyinchalik tarixiy hujjatlar asosida qayta 
    tiklangan. Ark davlat tashkilotlari, saroy bilan birgalikda amir, uning oila a’zolari 
    hamda amaldorlari uylaridan iborat bo‘lgan. Arkning ichida salomxona (amirning 
    yashash joyi), ko‘rinishxona (taxtxona), mirshabxona, otxona, qurol-yaroq ombori, 
    ustaxona, zarbxona, masjid va boshqa maishiy xonalardan iborat bo‘lgan.
    Ark qal’asi ichki kirish yo‘lagi. Hurmatli ekskursantlar! XVI asrda 
    Arkning g‘arbiy tomonidan ko‘tarilib boruvchi yo‘l-dalon bo‘ylab harakatlanib 
    bormoqdamiz. Bu yerda o‘lkan darvozani ko‘rishimiz mumkin. Avvallari uning 
    kirish qismi sharqiy tomonda joylashgan. Darvozaxona peshtoqining ikki qismida 
    «guldasta» (burj) va ular oralig‘idagi 3 qavatli bino yaxshi saqlangan. Dalon 
    yo‘lakning chap devorida 12ta, o‘ng devorida 13ta taxmontokchalar qurilgan. Chap 
    tomondagi tokchalarning ba’zilarida omborxonaga kiriladigan eshiklar mavjud. 
    Dalonning o‘ng tomonidagi o‘rta tokchasida afsonaviy qahramon Siyovush ruhiga 
    Navro‘z bayramida chiroqlar yoqilgan. Amir otxonasi dalonning yuqori qismida 
    joylashgan bo‘lib, unga olib boruvchi yo‘lak ham shu yerda joylashgan.

    Download 2,73 Mb.
    1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   163




    Download 2,73 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «BUXOROI SHARIFGA MARHAMAT»nomli ekskursiya xizmatining

    Download 2,73 Mb.
    Pdf ko'rish