|
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev Pdf ko'rish
|
bet | 107/163 | Sana | 24.11.2023 | Hajmi | 2,73 Mb. | | #104925 |
Bog'liq 2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015MinoraiKalon (forschada «Katta minora»).-Buxorodagi eng mashhur
yodgorliklardan biri hisoblanadi. Balandligi 50 metr bo‘lgan bu minora, tarixchi
Narshaxiy yozishicha, hijriy 521-yil, (1127-yilda) Qoraxoniy hukmdor
Muhammad Arslonxon (1102-1130-y.y) bo‘yrug‘iga binoan, muxandis va me’mor
Bako loyihasi asosida bunyod etilgan. Minorai Kalon o‘rnida u qurilgunga qadar
ham minora bo‘lgan. Ammo minora qulab tushgach, hozirgisi mustahkam qilib
qayta qurilgan.
Minora pishiq g‘ishtdan, (27x27x4x5) changxok (alebastr) loyida terilgan.
Minora yuqoriga qarab ingichkalashib borib, muqarnas bilan tugaydi. 16 ravoqli
darchalar orqali atrofni kuzatish mumkin. Minora tepasiga eni 1 metr bo‘lgan, 104
pillapoya orqali chiqiladi. Zinalar minoradagi 5 ta tor darchalar orqali yoritiladi.
184
Darchalar ichkariga qarab keskin kengaygan bo‘lib, bunda ichkariga quyosh
nurining ko‘proq kirishiga mo‘ljallangan. Minorani bezash ishlari ham silliqlangan
g‘isht yordamida amalga oshirilgan. Bezak g‘ishtning o‘rniga qarab turli shaklda,
sirti silliq pardozlangan. Minora 14 ta ustma-ust joylashgan turli xil matematik
shaklda bejirim bezakli dandanalar bilan bezatilgan. Bezaklar orasida tarixiy va
diniy mavzudagi kufiy uslubidagi yozuvlar uchraydi.
Xususan, imoratning qoq belida minoraning qurilgan vaqti va uni qurdirgan
Arslon Muhammadxonning ismi yozilgan. Ammo bu yozuv bo‘lak-bo‘lak holatda
saqlangan bo‘lib, qurilgan davridagi yozilgan yozuvdan faqat «besh yuz» so‘zi
qolgan. Minoraning yuqori qismida qandaydir yozuv bo‘lgan. Ammo bu yozuv
1920 yilda, sho‘rolar bosqini davrida minoraga qarab otilgan snaryad natijasida
vayron etilgan. Minora 1924, 1960 hamda 1997-yillarda ta’mirlangan.
(Ekskursantlarga tomosha qilish va rasmga tushishlari uchun 2 daqiqa vaqt
beriladi. Savollarga javob beriladi).
|
| |