• Arkning Chorsu qismi.
  • Arkning old ko’rinishi. 181 10.8-rasm.Arkni ko’rsatish tartibi.
  • Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev




    Download 2,73 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet105/163
    Sana24.11.2023
    Hajmi2,73 Mb.
    #104925
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   163
    Bog'liq
    2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

    Jome’ masjidi. Dalon bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilar ekanmiz, bu yerda XVIII 
    asr oxirida g‘arbiy devor burchagida peshayvonli Jome’ masjidini ko‘rishimiz 
    mumkin. Masjidning darvozalari, panjaralari, devorlarining ichki tomonidagi 
    naqshlar orasiga Qur’on oyatlari bitilgan. Peshayvon shipi murakkab girixlar bilan 
    bezatilgan. Masjidning sharq tomonida oshxona, orqa tarafida zarbxona joylashgan 
    bo‘lib, zarbxonaning shimoliy-sharqida zargarxona, janubida devonbegining 
    mahkamasi va amirlik kushbegisiga qarashli binolar joylashgan. Arkdagi 


    179 
    binolarning aksariyati bir-biriga yaqin qilib loyihalashtirilgan. Jome’ masjididan 
    boshlangan tor yo‘lak qushbegi hovlisi orqali Chorsuga tutashgan. Chorsuning 
    chap tomonida tosh yotqizilgan katta hovlida ko‘rinishxona o‘rnashgan. Bu yerda 
    amir tashrif buyurgan elchilarni qabul qilgan va amirlarning taxtga o‘tirish 
    marosimlari o‘tkazilgan. 1605-yilda hovliga kirayverishda peshtoq bunyod etilgan. 
    Hovlining uch tomoni ayvon bilan o‘ralib, oldingi peshayvondagi ikki qator 
    naqshli ustunlarning tanasi muqarnaslar bilan bezatilgan. Nurota marmaridan 
    yasalgan taxt shu ayvondagi taxtiravonda turgan. XVIII asrda hovlining janubiy 
    tomonida «Raximxon» mehmonxonasi va qorixona qurilgan. Ularning tagida esa 
    amir xazina xonasi bo‘lgan.
    Arkning Chorsu qismi. Arkning g‘arb tomonidagi hovlilarda mirzalar va 
    boshqa xizmatchilar uchun ikki qavatli binolar qurilgan. Yo’lakning o’rta qismida 
    salomxona, mehmonxona hamda otxona joylashgan. Janubiy tomonda hammom, 
    hammomning sharq tomonida kichkina masjid joylashgan. Arkning sharqiy devori 
    bo‘ylab soqchilar kazarmasi, janubiy - sharqiy burchagida dorixona joylashgan. 
    Afsuski bizgacha arkning 3/1 qismigina saqlanib qolgan. Ark ichidagi oqova 
    suvlar maxsus katta sopol quvurlar orqali tashqariga chiqarilgan. Arkning g‘arbiy 
    devoridan boshqa hamma devorlari burchaklaridagi minoralar buzilib ketgan.
    Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan ark ichkarisidagi taxt 
    joylashgan hovli ta’mirlanib, asl holatiga keltirildi. Ark devorlari yangilandi va bu 
    jarayon davom etmoqda.  
    (Ekskursantlarga tomosha qilish va rasmga tushishlari uchun 2 daqiqa vaqt 
    beriladi. Savollarga javob beriladi). 


    180 
    10.7-rasm.Arkning old ko’rinishi. 


    181 
    10.8-rasm.Arkni ko’rsatish tartibi. 






    182 

    Download 2,73 Mb.
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   163




    Download 2,73 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev

    Download 2,73 Mb.
    Pdf ko'rish