|
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev Pdf ko'rish
|
bet | 115/163 | Sana | 24.11.2023 | Hajmi | 2,73 Mb. | | #104925 |
Bog'liq 2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-20152-ob’ekt. XAZRATIIMOMMAJMUASI
Majmuaqarshisida.Hurmatliekskursantlar!
BizXazratiImommajmuasiqarshisidaturibmiz. XazratiImom yoki Xasti Imom
majmuasi XVI-XIX asrlarda shakllangan bo‘lib, uning asosini Kaffol Shoshiy
maqbarasi tashkil etadi.
Mustaqillik yillarida tom ma’noda yangidan ta’mirlangan yodgorliklar
sirasiga Xazrati Imom yodgorlik majmuasi obidalarini ta’kidlash maqsadga
muvofiq. Hozirgi kunda ushbu hududdagi mavjud barcha yodgorliklar: Kaffol
Shoshiy maqbarasi, Baroqxon, Muyi Muborak madrasalari, Tilla Shayx hamda
Namozgoh jome’ masjidlari to‘liq ta’mirlanib, o‘zining yangi qiyofasida namoyon
bo‘lmoqda. Ta’kidlash joizki, ta’mirlash ishlarida respublikamizdagi eng qo‘li gul
ustalari jalb etilib, yodgorliklar o‘ziga xos me’moriy obidalar uslubida qayta
ta’mirlandi.
Majmuamarkazida. Binolarning tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak,
Toshkentdagi har bir daha o‘zining ma’lum bir yodgorliklari bilan tanilgan.
Jumladan, Sebzor dahasida Xastimom, ya’ni Xazrati Imom nomi bilan bog‘liq
me’moriy yodgorlik majmualari joylashgan, u bir necha tarixiy obidalardan iborat.
Majmua markazida Imom Abu Bakr Kaffol Shoshiyning (903-975-y.y) qabri
joylashgan bo‘lib, qolgan binolarning eng qadimiysi XVI asrda barpo qilingan.
XVI asrning 50-yillarida bu binolar Baroqxon madrasasi me’moriy yodgorliklar
tarkibiga qo‘shilgan. XVI asr oxirlarida uning qarshisida «ko‘shk» uslubida Kaffol
Shoshiyning avlodi Boboxoji maqbarasi joylashgan, bu bino 1939-yili buzib
tashlangan. XVI asrda Xazrati Imom majmuasida bir necha yuz yillarga guvoh
chinorlar, qayrag‘och va boshqa daraxtlar, hovuz va ayvonlardan iborat bog‘
bo‘lib, u yerda har yili hayit bayramlari o‘tkazilgan. XIX asr o‘rtalarida Baroqxon
madrasasining shimoliy tarafida Namozgoh, ro‘parasida Muyi Muborak madrasasi,
jome’ masjid (hozirgi kunda saklanmagan) qurilgan. XX asr boshida olti ustunli,
o‘n ikki gumbazli Tilla Shayx masjidi bunyod etilgan.
|
| |