• Farg‘ona viloyati.
  • Marg‘ilonshahrining
  • Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev




    Download 2,73 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet118/163
    Sana24.11.2023
    Hajmi2,73 Mb.
    #104925
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   163
    Bog'liq
    2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

    Shahrisabzshahri. Bog‘lar va uzumzorlarga burkangan Shahrisabz shahri 
    hunarmandchilik markazi bo‘lgan. Shahrisabzdagi dastlabki turar joylarga V-VI 
    asrlarda asos solingan bo‘lsa, IX-X asrlarga kelib u yirik savdo va 
    hunarmandchilik markaziga aylangan. Amir Temur tomonidan devor bilan 
    o‘ralganidan so‘ng u madaniyat va ilm-fan shahriga aylangan. 
    Qashqadaryo viloyatining tarixiy-arxitektura yodgorliklar: 
    1. Oqsaroy(XIV -XV asr); 
    2. Dorus – Saodat majmuasi (XIV asr); 
    3. Hazrati Imom masjidi (XIV asr); 
    4. Jahongir maqbarasi (XIV asr); 
    5. Dor-ut-Tilovat arxitektura majmuasi(XIV -XV asr); 
    6. Ko‘kgumbaz masjidi (XV asr); 
    7. Gumbazi Saidon (XV asr); 
    8. Shamsiddin Kulol maqbarasi (XV asr) 
    Farg‘ona viloyati. Farg‘ona butun dunyoga Shohimardon, Qiziltepa kabi 
    kurortlari bilan mashhur bo‘lgan. Tabiatshunoslik muzeyida shaharning butun 
    tarixi bilan tanishish mumkin. Qo‘qon ilgari Qo‘qon xonligining poytaxti bo‘lgan, 
    O‘zbekistonning eng mashhur shaharlaridan biri.
    XX asr boshlarida Qo‘qon Toshkentdan so‘ng ikkinchi yirik shahar bo‘lib 
    hisoblangan, aholisining soni barcha hududiy markazlardan ortiq bo‘lgan. 
    Qo‘qonning oxirgi xoni Xudoyorxonning saroyi shaharning eng muhim arxitektura 
    yodigorliklaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Xon saroyi o‘z hashamati va bezaklari 
    bilan o‘chmas taassurot qoldiradi. Shuningdek, shoira Nodirabegim nomi bilan 
    bog‘liq ikki minorali Modarixon maqbarasi ham qiziqarlidir. Qatl etilgan shoira 


    211 
    xotirasiga bag‘ishlab maqbara yonida oq marmar va bronzadan ishlangan haykal 
    o‘rnatilgan. 
    Marg‘ilonshahrining 2000 yilligi hukumat qarori asosida 2007- yilda keng 
    nishonlandi. Marg‘ilonga Buyuk Ipak Yo‘lining kashf etilishi bilan ozodlikni tan 
    oluvchi mag‘rur sug‘dlar tomonidan asos solingan. Unda ipak matolar ishlangan. X 
    asrda Marg‘ilon butun dunyoga o‘zining ipak matolari bilan mashhur bo‘lgan. XV 
    asr oxirlari XVI asr boshlarida Marg‘ilon vodiyning eng muhim shaharlaridan 
    biriga aylangan. Marg‘ilonning monumental yodgorliklaridan bezatilgan masjid 
    minora-maqbara va kaptarxonadan iborat bo‘lgan Kaptarlik kompozitsiyasi (XVIII 
    asr) hamda Shouda masjidini keltirish mumkin. 
    Farg‘ona viloyatining asosiy tarixiy- arxitektura yodgorliklari: 
    1. Xudoyorxon saroyi (XIX asr); 
    2. Rishtlikmasjidi(XX asr) 
    3. Jome masjidi va minorasi (XIX asr); 
    4. Mulkobod masjidi (XX asr.)
    5. Said Ahmadxoji madrasasi (XIX asr boshlari) 
    6. Chokar masjidi (XX asr.); 
    7. Xo‘ja Magiz maqbarasi (XVIII asr)
    8. Mullo Dirgiz madrasasi (XX asrboshlari). 
    9. Axsikent qadimiy shaharchasi (eramizdan avvalgi II asr). 

    Download 2,73 Mb.
    1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   163




    Download 2,73 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev

    Download 2,73 Mb.
    Pdf ko'rish