|
Mavzu: 2017 yilda O’zbekistonda keng qo’lamli iqtisodiy keng qolamli isloxatli dasturni qabul qilish va uni axamyati
|
bet | 1/2 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 23,62 Kb. | | #122818 |
Bog'liq Mavzu 2017 yilda O’zbekistonda keng qo’lamli iqtisodiy keng qolBu sahifa navigatsiya:
- Reja;
Mavzu: 2017 yilda O’zbekistonda keng qo’lamli iqtisodiy keng qolamli isloxatli dasturni qabul qilish va uni axamyati
Reja;
1.2017 yilda O’zbekistonda keng qo’lamli iqtisodiy tadbirlar.
Keng qolamli isloxatli dasturni qabul qilish va uni axamyati
O‘zbek hukumati asosiy iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni tatbiq etish Xulosa
Foydalangan abaiyotlar
O‘zbekistonda yangi rahbar boshqaruvi ostida bir yil o‘tdi. Ushbu davr mobaynida mamlakatda massiv iqtisodiy islohotlar va dinamik o‘zgarishlar ro‘y berdi. O‘zbekiston o‘ziga xalqaro siyosiy va biznes doiralar, shu jumladan Forbes, The Wall Street Journal, Bloomberg kabi yetakchi chet el ommaviy axborot vositalar e’tiborini qarata boshladi. Endilikda O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan islohotlar jarayoni va natijalari xalqaro media platformalar diqqat markazida bo‘lmoqda va Toshkent Markaziy Osiyoda asosiy yangilik va xabarlar beruvchi shaharga aylandi.
Shu bilan birga O‘zbek jamiyatining mamlakatda bo‘layotgan o‘zgarishlarga bo‘lgan munosabati ancha o‘zgardi, xalqning islohotlarga qo‘shishi mumkin bo‘lgan hissasi har doimgidan ko‘ra ahamiyatli. Bundan tashqari butun mamlakatni qamrab olayotgan siyosat va jamiyatda ro‘y berayotgan jarayonlarni televideniedagi har kungi ijtimoiy muhokamalari g‘oyalar generatori bo‘lib davlatning rivojiga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Sh.Mirziyoyevning keng ko‘lamli islohotlari iqtisodiy sohada ham boshlandi. Mamklakat Senati raisning birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevga ko‘ra, yuqori iqtisodiy o‘sish va O‘zbek iqtisodining o‘sib borayotgan raqobatbardoshligini ta’minlash milliy rahbariyat uchun birinchi darajali masalaga aylandi. Prezidentlikning birinchi kunlaridan boshlab Shavkat Mirziyoev davlatning investitsion iqlimini rivojlantirish va milliy iqtisodning chet el investorlari uchun yanada ko‘rkamligini ta’minlash yo‘lida siyosat olib bordi. O‘zbek hukumatining moliya, savdo, soliq va investitsiya sohalarida olib borayotgan siyosat orqali boshlab yuborgan iqtisodiy liberalizatsiyasi Jaxon banki, Xalqaro Valyuta Fondi, YeTTB, OTB kabi xalqaro moliyaviy institutlar tomonidan ma’qullandi. Sentabr oyidagi milliy valyutaning to‘liq konvertatsiyasi shu sohada qo‘yilgan muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Iqtisodiy liberalizatsiya va jamiyat modernizatsiyasi O‘zbekistonning yangi realligiga aylandi. Ushbu islohotlarni xalqaro ekspertlar “Toshkent butun e’tiborini o‘ziga qaratgan izolyatsion holatga tushib qolgan edi, endilikda esa u qo‘shnilar va dunyo uchun ochilmoqda”, deya baholashmoqda.
Bugungi kunda O‘zbek hukumati asosiy iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni tatbiq etish yo‘lida chet el konsalting kompaniyalari, investitsion banklar va boshqa
xalqaro moliyaviy institutlar bilan ishlamoqda. Mamlakat Prezidenti tashabbusi bilan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi barcha islohotlarni tartibga soladigan va yo‘l xaritasi sifatida xizmat qiladigan hujjat hisoblanadi.
Strategiya mamlakat rivoji uchun muhim hisoblangan beshta yo‘nalishni aniqlab beradi: davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish; qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish; iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish; ijtimoiy sohani rivojlantirish; xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat olib borish. Strategiyada alohida e’tibor davlat suvereniteti va erkinligini kuchaytirishga, uning xalqaro munosabatlarning teng huquqli a’zosi sifatida o‘sib borayotgan o‘rni, rivojlangan demokratik mamlakatlar qatoriga kirib borishi, atrofida xavfzlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatni xalqaro nufuzini mustahkamlashga qaratilgan. Shu munosabat bilan, BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Helena Fraser strategiya va uning asosida qo‘shni mamlakatlar bilan aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan yangi tashqi siyosat yondashuvi nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyoning kelajakdagi farovonligi va barqaror rivojlanishining kafolati ekanini ta’kidladi. Bundan tashqari, xalqaro ekspertlarning fikricha, Harakatlar strategiyasini qabul qilish va amalga oshirish suveren O‘zbekistonni rivojlantirishda yangi ustun ekanligini anglatadi.
Strategiyaning mazmun va mohiyatiga tayanib, uning asosiy xususiyatlarini hisobga olishimiz kerak. Birinchidan, Strategiyani qabul qilish bugungi O‘zbek jamiyatida jiddiy muammolar mavjudligini tan olish ekanini anglatadi. Bunday holatda, ushbu muammolarni yechish ham ularning to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinishidan boshlanadi. O‘zbekistonning yangi rahbariyati Harakatlar Strategiyasi doirasida keng ko‘lamli va tarixiy islohotlarni yo‘lga qo‘yish orqali muhim qadamni qo‘ydi.
Ikkinchidan, birinchi marta bunday keng ko‘lamli dastur Hukumat va xalq o‘rtasida
to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot orqali qabul qilindi. Avval uni qabul qilish strategiyasining loyihasi ommaviy axborot vositalarida va Internetda e’lon qilindi va har bir fuqaro o‘z fikrini bildirish, qarashlari bilan bo‘lishish va unga o‘zgartishlar kiritishga imkon yaratdi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda o‘zbek xalqi, jumladan, ekspertlar hamjamiyati vakillari, xususiy sektor, tadbirkorlar, nodavlat tashkilotlar, hatto xorijiy ekspertlar ham strategiyaning hammualliflari bo‘lishdi. Shu orqali xalq qaror qabul qilish jarayonida ishtirok etish uchun haqiqiy imkoniyatni qo‘lga kiritdi va bu umummilliy muhokama mavzusiga aylandi. Uchinchidan, Strategiya nafaqat hujjat, balki haqiqiy harakatlar va aniq choralar uchun yo‘l xaritasidir. Bu balandparvoz gaplar yoki PR kampaniyasining populist deklaratsiyasi emas. Shu bois bugun biz O‘zbekistonda ijobiy va dinamik o‘zgarishlarni kuzatmoqda O‘zbekistonda hokimiyat o‘zgarganidan so‘ng o‘tgan bir yil davomida, bu sobiq SSSR hududidagi eng «vazmin» davlat imijning keskin o‘zgarishi bilan hayratga soldi, umumiy qabul qilingan xalqaro shakllarda istalgan sheriklar bilan hamkorlikka ochiqligi haqida ma'lum qildi. Yangi prezident Shavkat Mirziyoyevning Ashxobod, Ostona, Moskva, Pekin, Anqara va Seulga muvaffaqiyatli tashriflari, Toshkentning tashqi iqtisodiy faoliyatini maksimal diversifikatsiya qilish bo‘yicha siyosatini tasdiqladi. O‘zbekiston oldida turgan vazifalar, istiqbollar haqida EADaily nashri An'anaviy madaniyatlar markazi O‘rta va Markaziy Osiyo geomadaniyati va geoiqtisodiyoti bo‘yicha direktori o‘rinbosari Baxtiyor Ergashev (O‘zbekiston) bilan suhbatlashdi. Toshkent tomonidan bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar, bu mamlakatni rivojlantirishdagi inqilobiy bosqichmi yoki rivojlanishning bir modelidan boshqasiga o‘tishmi? Iqtisodiy sektorda valyuta bozori katta o‘zgarishlarga yuz tutdi.
O‘zbekiston bir yil ichida qanday o‘zgardi? Valyuta bozorini erkinlashtirishni umumiy iqtisodiy siyosatdan ajratgan holda ko‘rish to‘g‘ri emas. Umumiqtisodiy vaziyat qanday? Mamlakat iqtisodiyotini import o‘rnini bosish modelidan eksportga yo‘naltirilgan rivojlanish yangi modeliga
o‘tish bo‘yicha tizimli ish ketmoqda. Aynan shu bilan qator islohotlar, jumladan valyuta bozorining erkinlashtirilishi bog‘liq. Bu eksportga yo‘naltirilgan rivojlanish siyosatining iqtisodiy o‘sishi yangi modelini yo‘lga qo‘yishning muhim bosqichi. Va bu siyosatni valyuta konvertatsiyasi mexanizmi va valyuta kurslarini bir xil qilmasdan tasavvur etib bo‘lmaydi. Albatta, bundan so‘ng milliy valyuta - so‘mning devalvatsiyasi yuz berdi - deyarli ikki barobarga. Biroq so‘mning kuchsizlanishi eksport va eksportchilarni qo‘llab-quvvatlashda ish berdi. Shu bilan birga, yuridik shaxslar erkin konvertatsiyani qo‘lga kiritishdi, jismoniy shaxslar esa qisman konvertatsiyadan foydalanishi mumkin. Hamda konvertatsiyaning bosqichma-bosqich evolyutsiyasi bo‘yicha bu variant – bu to‘g‘ri evolyutsion yo‘l. Ushbu islohotlarning kamchiliklari qanday?
Kursni bir xil qilish so‘mning qadrsizlanishiga olib kelishi kutilgandi. Va aholining daromadlari dollarda hisoblaganda ikki martaga kamayib ketdi. Albatta, bunday kursni joriy etish importchilarga zarba bo‘lib tushdi. Import kutilganidek qimmatlashdi. Biroq falokatli ssenariydan qochishning uddasidan chiqildi. Valyutadan tashqari, boshqa qanday muhim islohotlar amalga oshirildi? Bu haqda kam gapirishmoqda, biroq mamlakatda juda jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Mening fikrimcha, prezidentning davlatning yanada ochiqligi siyosatini amalga oshirish bo‘yicha taklifi davlat boshqaruvi tizimi, davlat hokimiyati organlari tizimi faoliyati va boshqaruvda katta o‘zgarish bo‘ldi. Gap faqat virtual qabulxonalar haqida emas, u bilan birga «xalq qabulxonalari» ham ko‘paydi. Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot, xalqning mamlakat rahbariyati bilan to‘g‘ridan- to‘g‘ri aloqasi mexanizmining joriy etilishi shunga olib keldiki, pastroq darajadagi amaldorlar aholi oldida hisobot berishning yangi shakllarini o‘zlashtirish, muloqot olib borish va noqulay savollarga javob qaytarishga majbur bo‘ldi. Qarorlarni qabul qilish tizimini takomillashtirish, davlat siyosatini amalga oshirish doirasida elektron hukumatning yangi shakllarini tatbiq etish bo‘yicha jiddiy ish ketmoqda. Inson, fuqaro, tadbirkor uchun ma'lumot ochiqroq bo‘ldi. Hattoki xorijda ham shuni tan olishdiki, O‘zbekiston elektron hukumat va boshqaruv sohasida loyihalarni amalga oshirish sur'ati bo‘yicha yetakchilardan biriga aylanmoqda.
Barcha deyarli har hafta elektron hukumatning yangi shakllari va ko‘rinishlari tatbiq etilayotganini ko‘rmoqda: elektron kadastr tizimi, elektron sudlar va hokazo. Hamda bu juda muhim – davlat, jamiyat va biznesning o‘zaro aloqasi jarayonlarini optimallashtirish bo‘yicha haqiqiy mexanizmlar paydo bo‘lmoqda. Fuqaro uchun ma'lumot olish huquqi texnologik yechimni olayapti. Ba'zi kuzatuvchilarga ko‘ra, islohot loyihalari uchun mablag‘ yetmayapti... Juda keng ko‘lamli vazifalar qo‘yilgan, ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha jiddiy loyihalar va dasturlar amalga oshirilmoqda. Masalan, hududlarda muhandislik- kommunal infratuzilmani takomillashtirish bo‘yicha loyiha va dasturlarning o‘zi juda katta mablag‘lar hamda yangi shakllarni talab qiladi (xususiy-davlat sherikchiligi mexanizmlarini tatbiq etish bo‘yicha loyihalar). Men shunga qo‘shilamanki, bu barcha loyiha va dasturlarni bir vaqtning o‘zida bajarish byudjyet uchun juda kuchli yukdir. Albatta, dastur va loyihalarni amalga oshirishda ustuvor yo‘nalishlar belgilab olinadi. Hammasini birdaniga qilish imkonsiz.
O‘zbekiston Markaziy Osiyo strategiyasi doirasida qo‘shnilar bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Qozog‘iston, Turkmaniston bilan hammasi tushunarli. Tojikiston? Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega tashrifi tayyorlanmoqda, hamda shu bilan birga, Tojikiston hukumati «mojaroli» Rog‘un GESni qurishda davom etmoqda. O‘zbekiston rahbariyatining bu masala bo‘yicha pozitsiyasi o‘zgardimi? Turkmaniston, Qozog‘iston bilan avvalgi bosqichda yaratilgan asos tufayli munosabatlar iliqlashdi va hamkorlik masalalarida oldinga siljish ro‘y berdi. Mintaqada o‘ziga xos o‘zak tashkil topdi: Turkmaniston- O‘zbekiston-Qozog‘iston. So‘nggi bahli masala hal etildi – chegaraning Ustyurt qismi bo‘yicha nuqta qo‘yildi. Noyabrda davlat chegaralarining tutashish nuqtasi tumani bo‘yicha muddatsiz uch tomonlama kelishuv imzolandi.
Qirg‘iziston bilan ba'zi kelishuvlarga kelindi, biroq hali o‘z yechimini kutayotgan masalalar talaygina. Qirg‘iziston O‘zbekiston uchun muhim – «Xitoy- Qirg‘iziston-O‘zbekiston» transport yo‘lagi bo‘yicha kelishuvni amalga oshirish lozim, buni avtomobil qismini qurishdan boshlab, temir yo‘l magistralini qurishga o‘tish orqali qilish kerak. Bu loyiha Xitoydan Yaqin Sharq va Janubiy Yevropa
portlariga katta transport yo‘lagining asosiy qismi bo‘ladi. Ya'ni, XQO‘ loyihasi hisobga olinsa, Turkiyadan Xitoyning dengiz portlariga qadar transport- kommunikatsiya magistrali yaratiladi. Kelajakda bu yo‘l Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi mojaroga olib kelmaydimi?
Qozog‘istondan ekspertlar darajasidagi ilk xavotirlar 2000-yillar o‘rtalarida bildirilgandi. O‘shanda Qirg‘iziston temir yo‘li yo‘nalishini shunday qurishni taklif qilganki, o‘zida Shimolni Janub bilan birlashtirmoqchi bo‘lgan. «Xitoy- Qirg‘iziston-O‘zbekiston» transport yo‘lagi loyihasiga qarshi RF avvaliga jiddiy qarshi chiqqan. Qozog‘iston transport loyihalarini o‘z hududi orqali amalga oshirishdan manfaatdor bo‘lgan («G‘arbiy Xitoy-G‘arbiy Yevropa» loyihasi) va XQO‘ loyihasiga qiziqish bildirmagan. Faqatgina so‘nggi yillarda, Qozog‘iston mintaqaviy ahamiyatdagi transport-logistik xab roliga da'vogarlik qilishni boshlaganidan so‘ng, qozoq ekspertlari orasida «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» transport loyihasi yuk tashuvlarining bir qismini XQO‘ yo‘lagiga ketib qolishiga olib kelishi mumkinligi haqida fikr bildirila boshlandi.
Albatta, yuklarning ma'lum qismi uchun bu janubiy yo‘nalish muddatlar va masofa bo‘yicha optimaldir. Yuklar Xitoyning dengiz portlaridan Janubiy Yevropa, O‘rta Yer dengizi va Yaqin Sharq portlariga yuboriladi. U yuklarni Xitoydan O‘zbekiston, Turkmaniston, Ozarboyjon, Gruziya va Turkiya orqali O‘rta Yer dengizidagi Mersin portiga yetkazish imkonini beradi, Mersin esa O‘rta va Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika, Yevropa davlatlari bilan savdo aloqalarini ta'minlaydi. Biroq agarda yuklarni Xitoydan, aytaylik, Bremenga yetkazish bo‘lsa, ularni O‘zbekiston orqali olib o‘tishmaydi, sababi Qozog‘iston orqali tranzitdan foydalanish qulayroq. Hammasi ishlab chiqaruvchilar, eksportchilar va importchilarning logistik manfaatlari bilan aniqlanadi. Hamda asosiy oqimlar esa baribir Qozog‘istonda qoladi. XQO‘ga tranzitning 10-15 foizidan ortig‘i to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun men yangi yo‘nalishning qurilishi Qozog‘iston bilan ziddiyatga olib keladi, deb o‘ylamayman.
Prezident Mirziyoyev nima uchun Tojikistonga borishga shoshilmayapti? Tashrif haqida anchadan beri aytiladi, biroq muddat hali noma'lum. Gap Rog‘un GESdami? Bu sabablardan biri. Markaziy Osiyodagi muammolar va rivojlanish istiqbollariga bag‘ishlangan Samarqand konferensiyasida prezident Shavkat Mirziyoyev mintaqada suvdan foydalanish muammosi hamon hal etilmaganini aytdi. BMTning Markaziy Osiyoda suv masalalari bo‘yicha Konventsiya loyihasi bor va O‘zbekiston uni qo‘llab-quvvatlaydi hamda O‘zbekiston aynan shu konvensiya asosida bundankeyin ham ishlashga rozi.
Tojikiston rahbariyati uchun vaziyat shundayki, O‘zbekiston bilan samarali hamkorlikdan qanday foydalar kelishiga qaramay, ular bu g‘oyadan (Rog‘un GES qurilishi) voz kecha olmaydi. Bu afsuslanarli, lekin fakt. Rog‘un qurilishda davom etadi, hamda bu, albatta, O‘zbekiston bilan munosabatlarni yaxshilashga turtki bermaydi, har holda bu Dushanbe o‘zida Amudaryoning quyi oqimida joylashgan barcha mamlakatlar salbiy munosabatda bo‘layotgan bu loyihadan voz kechishga kuch topa olganida bo‘lishi mumkin bo‘lgan sur'atlar va dinamikada yuz bermaydi.
O‘zbekiston prezidentining Dushanbega tashrifi davomida bu masala muhokama etiladimi? Kun tartibida yana qanday masalalar bo‘lishi mumkin?
Ikki davlat rahbarining Dushanbedagi uchrashuvida Rog‘un GES qurilishi masalasi muhokama qilinadimi? Albatta, muhokama etiladi. Biroq bu muzokaralardan effekt savollarni keltirib chiqaradi. Aftidan, chegara masalalari tilga olinadi. Hozir davlatlararo chegaraning 70-80 foizini delimitatsiya qilish bo‘yicha hujjatlar imzolanishi mumkin. Qolgan 20 foizi, xuddi Qirg‘iziston bilan bo‘lgani kabi, murakkabdir. Bu qismlar aholi zich joylashgan tumanlarda bo‘lib, ular bo‘yicha oson yechim yo‘q. Gap gaz yetkazib berishni tiklash haqidagi ham borishi mumkin – yiliga taxminan 900 mln kubometr. Boshqa real loyihalar yo‘q.
O‘zbekistonning bugungi kunda asosiy tashqi savdo sherigi kim? Avvalgidek Xitoymi, yoki Rossiya vaziyatni o‘zgartirishning hamda yetakchilikka chiqishning uddasidan chiqdimi? Katta ehtimol bilan joriy yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston tashqi savdo sheriklari
ro‘yxatida Rossiya birinchi o‘ringa qaytadi, u bu pozitsiyani 2015 yilda yo‘qotgandi. Toshkentning jahon kuch markazlaridan bir xil masofani saqlash siyosati ishlamoqda. Ba'zilar bu to‘siqlarga chap berish siyosati ekanini aytmoqda. Biroq siyosat – to‘siqlardan qochish san'atidir. Hamma gap bu senda qanday yuz berishi va nimalarni berishida. U esa ko‘p narsa beradi: Rossiya bilan 15,5 mlrd dollarlik sarmoyalar va savdo kelishuvlari Xitoy bilan 22 mlrd dollarlik savdo va investitsiya kelishuvlari bilan to‘ldirildi. Bu O‘zbekiston YaIM yarmidan ko‘p. Shu bilan birga, kimdir oldinga o‘tib ketgani, kimdadir ko‘proq imkoniyatlar borligi haqida gapirmagan bo‘lardim. Toshkentning strategik vazifasi – Xitoy, Rossiya va G‘arb o‘rtasida ham siyosiy, ham iqtisodiy munosabatda muvozanatni saqlash. Toshkentning istalgan turdagi va mintaqadan tashqaridan bo‘lgan xohlagan davlat tomonidan taklif etiluvchi integratsion birlashmaga kirmaslik bo‘yicha qat'iy pozitsiyasini ham Pekin, ham Moskvada tushunishmoqda. Rossiyada shuni tushunishmoqdaki, biz – Xitoy tomonidan ilgari surilayotgan ShHT doirasida Erkin savdo zonasiga qarshimiz. Boshqa tomondan, ham G‘arbda, ham Pekinda O‘zbekiston Rossiya tomonidan ilgari suriluvchi intergatsiya loyihalari bo‘yicha aniq pozitsiyaga ega, - O‘zbekiston na KXShT, na YeOIIga kirishni mo‘ljallamayapti. Rahbariyatning bunday pozitsiyasi to‘g‘ri tushunilmoqda. O‘zbekiston to‘g‘ridan-to‘g‘ri, qandaydir ittifoqlar, alyanslar shakllari bilan cheklanmagan ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish tarafdori. Iqtisodiyotning qanday yo‘nalishlari Rossiya-O‘zbekiston hamkorligida eng istiqbolli?
Bizda iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning ijobiy, ishonchli dinamikasi bor. O‘zbekiston RFdan noenergetik eksport (mashinasozlik, stanoksozlik) bo‘yicha yetakchiga aylandi. Bu katta o‘zgarishlar, rossiyalik ishlab chiqaruvchilar 2030 yilgacha modernizatsiya va texnik qayta jihozlanish jiddiy dasturini amalga oshirayotgan va Rossiya texnologiya uskunalarini jiddiy xaridoriga aylanayotgan O‘zbekiston bilan ishlashidan darak beradi. Shuningdek, Rossiyaga o‘zbek meva-sabzavot mahsuloti
eksporti ancha o‘sganini ta'kidlab o‘tmoqchiman. Joriy yilda u minimum 2 barobarga oshadi. Hamda bu chegara emas – ijobiy kayfiyat Rossiya bundan manfaatdor ekani bilan mustahkamlangan. Siz RJD qandaydir davlat uchun tariflarni 50 foizga kamaytirganini eshitganmisiz? O‘zbekiston uchun bu qilindi. Bizda Rossiya bilan tashqi savdoda jiddiy disbalans hamda biz uni hozir o‘zgartirishimiz kerak: hozir Rossiyadan O‘zbekistonga, O‘zbekistondan Rossiyaga qaraganda qariyb bir milliard dollarga ko‘proq tovarlar olib kiriladi. Xitoy bilan ham shunday vaziyat. Biz eksport-import ko‘rsatkichlarini tenglashtirishimiz, xomashyo hajmini emas, balki boshqa mahsulot eksportini oshirishimiz kerak. 2017 yil 14 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining mamlakatimizni 2016 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini har tomonlama tahlil qilish hamda respublika hukumatining 2017 yil uchun iqtisodiy va ijtimoiy dasturi eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalarini belgilashga bag‘ishlangan kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqida O‘zAda xabar berildi.
Mamlakat Prezidenti o‘z ma'ruzasida mavjud hal bo‘lmagan muammolar va to‘liq ishlatilmagan zaxiralarni batafsil va har tomonlama muhokama qilgan holda 2017 yildagi respublikaning iqtisodiy va ijtimoiy dasturi eng muhim strategik vazifalari va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha taklif kiritdi. Ustuvor vazifalar qatorida “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturini amalga oshirish doirasida aholi bilan doimiy va ochiq muloqotni rivojlantirishga, aholi turmush darajasi va sifatini, uning moddiy farovonligini oshirishga qaratilgan ijtimoiy siyosatni faol davom ettirish masalalari markaziy o‘rinni egalladi.
Hukumat, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari oldiga tarmoqlar va hududlarni rivojlantirishdagi kamchiliklarni bartaraf etish hamda iqtisodiyotning yuqori o‘sish sur'atlarini saqlab qolish, faol investitsiya siyosatini davom ettirish, mamlakatning eksport salohiyatini oshirish, hududlarni kompleks va intensiv ravishda rivojlantirish, tadbirkorlikning huquq va manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish, iqtisodiyotni boshqarishdagi davlat rolini bosqichma-bosqich kamaytirish va uning organlari ishini tubdan
takomillashtirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha aniq vazifalar qo‘yildi.
Shahar va qishloq joylarida aholi turmush sharoitini yaxshilashni ta'minlovchi arzon uy-joylarni qurish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiya qilish borasida qabul qilingan yangi maqsadli dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha muhim vazifa va choralar belgilandi. Majlisda kun tartibini muhokama qilish davomida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari, qator vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining hisobotlari eshitildi.
Yo‘l qo‘yilgan xatolar va kamchiliklar, tashabbussizlik uchun ayrim rahbarlar ularni bartaraf etish hamda respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlarni yanada jadal rivojlantirish bo‘yicha o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali ijrosini ta'minlashda shaxsan javobgar ekanliklari haqida ogohlantirildilar.
O‘tkazilgan majlis yakunlari bo‘yicha mamlakat Prezidenti tomonidan hukumat, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va hokimliklar rahbarlari oldiga quyidagi aniq ustuvor vazifalar va talablar qo‘yildi:
Birinchi – 2017 yilgi iqtisodiy va ijtimoiy dasturning o‘n bitta eng muhim ustuvor vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Ikkinchi – iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va respublika hududlarida ishlarning holatini tizimli tanqidiy tahlil qilish va shu asosda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari hamda ustuvor vazifalariga tegishli tuzatishlar kiritish;
Uchinchi – yakuniy ish natijalari, qattiq intizomga rioya qilish hamda tobora ortib borayotgan zamonaviy talablarga muvofiq boshqaruv tizimi samaradorligini kuchaytirish borasida rahbarlar va mansabdor shaxslarning shaxsiy mas'uliyatini oshirish.
Muhokama yakunlari bo‘yicha respublika hukumati qarori qabul qilinib, 2017 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalari bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilandi.
Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlar va asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar haqida ma'lumotlarni keltirib o'tdi.
"Mamlakatimizda olib borilayotgan jadal va keng ko'lamli islohotlar yurtimizda yangi davrni – yangi O'zbekiston davrini boshlab berdi.
Bugun yurtimizda tarixan qisqa fursatda butunlay yangicha siyosiy, ijtimoiy- iqtisodiy, ilmiy-ma'rifiy va madaniy muhit paydo bo'ldi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor.
Xalqaro valyuta jamg'armasi va nufuzli reyting agentliklari tahlillariga ko'ra, hozirgi qiyin va murakkab sharoitda O'zbekiston jahonning sanoqli mamlakatlari qatorida moliyaviy-iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, ishlab chiqarish tarmoqlarini tiklash va iqtisodiy faollikni oshirishga erishib kelmoqda.
Mana, yaqinda Amerika Qo'shma Shtatlarining “J.P.Morgan” investitsiya banki tomonidan e'lon qilingan “O'zbekiston: yuksalish yo'li” nomli tahliliy hisobotda ham ayni shu fikrlar bayon etilgan.
Shu o'rinda iqtisodiyotimizdagi tarkibiy islohotlar va asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar haqida ayrim ma'lumotlarni keltirib o'tishni zarur, deb bilaman.
2017-2020 yillarda mamlakatimizning iqtisodiy o'sish darajasi 18,3 foizni tashkil etib, yalpi ichki mahsulot 60 milliard dollarga yetdi. Bu haqda gapirganda, tashqi savdo aylanmasi 2016 yildagi 24 milliard dollardan 2020 yilda 36 milliard dollarga ko'payganini ta'kidlash lozim. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 369 trillion so'mni tashkil qilib, 2016 yilga nisbatan 23,4 foizga o'sdi. Natijada sanoat mahsulotlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 19,5 foizdan 27,4 foizga ko'tarildi.
Iqtisodiy sohani, jumladan, bojxona tartiblarini liberallashtirish tufayli 2020 yilda eksport hajmi 15,1 milliard dollarni tashkil qilib, 2016 yilga nisbatan 25 foizga o'sdi.
Islohotlarimiz samarasining turli xalqaro reytinglarda tan olinishi
mamlakatimiz uchun xalqaro moliya bozorlariga chiqish imkoniyatini yaratdi. Jumladan, joriy yilda 635 million dollarlik va 2,5 trillion so'mlik davlat yevroobligatsiyalari, Ipoteka bankining 785 milliard so'mlik va “O'zavtomotors” aksiyadorlik jamiyatining 300 million dollarlik korporativ obligatsiyalari chet el investorlariga sotildi.
Sarmoyadorlarning mamlakatimiz iqtisodiyotiga bo'lgan ishonchini keskin oshirishga muvaffaq bo'ldik. Investitsiyalarning umumiy hajmi qisqa muddatda 2,1 martaga, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar hajmi 3 barobarga yaqin o'sgani ham buning isbotidir.O'tgan uch yil mobaynida soliq sohasida yangi tizim joriy etildi. Soliqlar soni sezilarli darajada kamaytirildi, aylanma mablag'dan olinadigan soliqlar bekor qilindi. Qo'shilgan qiymat solig'i stavkasi 20 foizdan 15 foizgacha pasaytirilib, ushbu soliq zanjirining yaxlit tizimi yaratildi. 2017-2020 yillarda banklarimiz kapitalini 5,7 barobar yoki 5 milliard dollargacha oshirishga erishdik.Elektroenergetika, neft-gaz, kommunal sohalarda amalga oshirilgan tarkibiy o'zgarishlar natijasida davlat boshqaruvi va xo'jalik funksiyalari bir-biridan ajratildi, raqobat muhitini yaratish uchun muhim qadamlar tashlandi. Ayni paytda yangi-yangi infratuzilma tarmoqlari barpo etildi. Minglab kilometr uzunlikdagi yangi yo'llar, elektr va gaz tarmoqlari qurildi va ta'mirlandi. Jamoat transporti izchil rivojlanmoqda. Jumladan, Toshkent shahrida 2 ta yangi metro stansiyasi hamda qariyb 12 kilometrlik yer usti metro liniyasi foydalanishga topshirildi.“Sergeli” yo'nalishi bo'yicha 6,2 kilometrlik qurilish ishlari yakunlandi. Ayni paytda O'zbekistonda ko'plab yirik investitsiyaviy loyihalar amalga oshirilayotganini alohida ta'kidlash joiz. Shular qatorida yaqinda Olmaliq kon- metallurgiya kombinatining qiymati 2 milliard AQSH dollariga teng bo'lgan 3-mis boyitish fabrikasi qurilishiga tamal toshi qo'yilganidan barchangiz xabardorsiz. Kuni kecha Navoiy viloyatining Karmana tumanida 110 million dollar investitsiya hisobidan ishga tushirilgan quyosh elektr stansiyasi O'zbekiston energetika tizimida birinchi ulkan qadam bo'ldi. Ayni paytda “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida ikkita yangi zavod – azot
kislotasi hamda ammiak va karbamid ishlab chiqarish korxonalari ishga tushirildi. Umumiy qiymati 1,5 milliard dollar bo'lgan ushbu loyihalar evaziga “Navoiyazot”da mahsulot ishlab chiqarish hajmi 3 barobarga oshadi. Iqtisodiy islohotlar - xoʻjalik yuritish tizimida, iqtisodiyotni boshqarishda, iqtisodiy siyosatni amalga oshirish yoʻllari va usullarida yirik qayta qurishlar, oʻzgartirishlar samaradorligi past muayyan iqtisodiy tizimni takomillashtirish yoki eski tizimdan yangisiga oʻtish maqsadlarida amalga oshiriladi. Iqtisodiy tizimning samaradorligi qoniqarsiz boʻlgan, iqtisodiy tangliklar yuz bergan, iqtisodiyot kishilarning ehtiyojlarini yetarli qondirmagan hollarda, mamlakat oʻz taraqqiyotida boshqa mamlakatlardan orqada qolgan sharoitlarda oʻtkaziladi. I.i. larzalarsiz, aniq maqsadlar koʻzlangan holda, parlament qabul qilgan qonunlarga bi-noan va davlat raxbarligida oʻtkaziladi. I.i. evolyusion rivojlanishni taʼminlaydi. 20-asr oxiri va 21-asr boshlaridagi I.i. umumbashariy boʻlib, de-yarli hamma mamlakatlarda oʻtkazildi. Bozor iqtisodiyoti qaror topgan mamlakatlarda I.i. iqtisodiyotni erkinlashtirishga qaratilgan boʻlib, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklash, iqtisodiyot subʼyektlari mustaqilligini kuchaytirish, monopoliyalar faoliyatini nazorat qilish, erkin narxlarga yoʻl berish, xullas bozor mexanizmining toʻlaroq amal qilishiga sharoit yaratib berishga qaratildi. Yangidan mustaqil boʻlgan yosh mamlakatlarda (sobiqsotsialistik mamlakatlar va SSSR tarkibidagi respublikalar) I.i. 2 yoʻnalishda bordi: 1) milliy mustaqillikni iqtisodiy jihatdan taʼminlashni koʻzlagan islohotlar; 2) rejali iqtisodiyotdan bozor tizimiga oʻtishga qaratilgan, yaʼni bozor islohotlari yoʻnalishlarida amalga oshirildi. Birinchi yoʻnalish boʻyicha milliy pulni muomalaga kiritish, mustaqil bank, byudjet va soliq ti-zimlarini joriy etish, bojxona xizmatini tashkil qilish va milliy iqtisodiy chegaralarni oʻrnatish, i.ch. tuzilmasini oʻzgartirish kabilar amalga oshirildi. Ikkinchi yoʻnalish boʻyicha mulkni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish, bozor in-fratuzilmasini yaratish, rejali davlat narxlaridan erkin bozor narxlarga oʻtish, agrar sohadagi oʻzgarishlar, tashki iqtisodiy faoliyatni bozor talablariga mos ravishda qayta qurish, monopoliyalarni cheklash, chetdan kapital kiritishni ragʻbatlantirish kabi choratadbirlar joriy etildi.
I.i. bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va davom etadi, iqtisodiyotni erkinlashtirishni taʼminlaydi. I.i.ga umumiylik va milliylik xos. Ularning umumiyligi — I.i. yoʻnalishlarining bir xil boʻlishi va yagona bozor tizimining karor topishidir. Milliylik har bir mamlakatning oʻziga xos sharoitini hisobga olish va shunga qarab islohot tamoyillarini qoʻllashdan iborat. Oʻzbekistonda 1991—2002-yillar davomida amalga oshirilgan I.i. tanlangan milliy modelga binoan oʻtka-zildi va bu jarayon davom etmoqda (qarangBozor iqtisodiyoti, Bozor islohotlari,Bozor shtisodiyotiga oʻtish).
O‘zbekistonda yangi rahbar boshqaruvi ostida bir yil o‘tdi. Ushbu davr mobaynida mamlakatda massiv iqtisodiy islohotlar va dinamik o‘zgarishlar ro‘y berdi. O‘zbekiston o‘ziga xalqaro siyosiy va biznes doiralar, shu jumladan Forbes, The Wall Street Journal, Bloomberg kabi yetakchi chet el ommaviy axborot vositalar e’tiborini qarata boshladi. Endilikda O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan islohotlar jarayoni va natijalari xalqaro media platformalar diqqat markazida bo‘lmoqda va Toshkent Markaziy Osiyoda asosiy yangilik va xabarlar beruvchi shaharga aylandi. Shu bilan birga O‘zbek jamiyatining mamlakatda bo‘layotgan o‘zgarishlarga bo‘lgan munosabati ancha o‘zgardi, xalqning islohotlarga qo‘shishi mumkin bo‘lgan hissasi har doimgidan ko‘ra ahamiyatli. Bundan tashqari butun mamlakatni qamrab olayotgan siyosat va jamiyatda ro‘y berayotgan jarayonlarni televideniedagi har kungi ijtimoiy muhokamalari g‘oyalar generatori bo‘lib davlatning rivojiga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Sh.Mirziyoyevning keng ko‘lamli islohotlari iqtisodiy sohada ham boshlandi. Mamklakat Senati raisning birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevga ko‘ra, yuqori iqtisodiy o‘sish va O‘zbek iqtisodining o‘sib borayotgan raqobatbardoshligini ta’minlash milliy rahbariyat uchun birinchi darajali masalaga aylandi. Prezidentlikning birinchi kunlaridan boshlab Shavkat Mirziyoev davlatning investitsion iqlimini rivojlantirish va milliy iqtisodning chet el investorlari uchun yanada ko‘rkamligini ta’minlash yo‘lida siyosat olib bordi. O‘zbek hukumatining moliya, savdo, soliq va investitsiya sohalarida olib borayotgan siyosat orqali boshlab yuborgan iqtisodiy liberalizatsiyasi Jaxon banki, Xalqaro Valyuta Fondi, YeTTB,
OTB kabi xalqaro moliyaviy institutlar tomonidan ma’qullandi. Sentabr oyidagi milliy valyutaning to‘liq konvertatsiyasi shu sohada qo‘yilgan muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Iqtisodiy liberalizatsiya va jamiyat modernizatsiyasi O‘zbekistonning yangi realligiga aylandi. Ushbu islohotlarni xalqaro ekspertlar “Toshkent butun e’tiborini o‘ziga qaratgan izolyatsion holatga tushib qolgan edi, endilikda esa u qo‘shnilar va dunyo uchun ochilmoqda”, deya baholashmoqda.
Bugungi kunda O‘zbek hukumati asosiy iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni tatbiq etish yo‘lida chet el konsalting kompaniyalari, investitsion banklar va boshqa xalqaro moliyaviy institutlar bilan ishlamoqda. Mamlakat Prezidenti tashabbusi bilan 20172021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi barcha islohotlarni tartibga soladigan va yo‘l xaritasi sifatida xizmat qiladigan hujjat hisoblanadi.
Strategiya mamlakat rivoji uchun muhim hisoblangan beshta yo‘nalishni aniqlab beradi: davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish; qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish; iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish; ijtimoiy sohani rivojlantirish; xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat olib borish. Strategiyada alohida e’tibor davlat suvereniteti va erkinligini kuchaytirishga, uning xalqaro munosabatlarning teng huquqli a’zosi sifatida o‘sib borayotgan o‘rni, rivojlangan demokratik mamlakatlar qatoriga kirib borishi, atrofida xavfzlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatni xalqaro nufuzini mustahkamlashga qaratilgan.
Shu munosabat bilan, BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Helena Fraser strategiya va uning asosida qo‘shni mamlakatlar bilan aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan yangi tashqi siyosat yondashuvi nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyoning kelajakdagi farovonligi va barqaror rivojlanishining kafolati ekanini ta’kidladi. Bundan tashqari, xalqaro ekspertlarning fikricha, Harakatlar strategiyasini qabul qilish va amalga oshirish suveren O‘zbekistonni rivojlantirishda yangi ustun ekanligini anglatadi.
Strategiyaning mazmun va mohiyatiga tayanib, uning asosiy xususiyatlarini hisobga olishimiz kerak. Birinchidan, Strategiyani qabul qilish bugungi O‘zbek jamiyatida jiddiy muammolar mavjudligini tan olish ekanini anglatadi. Bunday holatda, ushbu muammolarni yechish ham ularning to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinishidan boshlanadi. O‘zbekistonning yangi rahbariyati Harakatlar Strategiyasi doirasida keng ko‘lamli va tarixiy islohotlarni yo‘lga qo‘yish orqali muhim qadamni qo‘ydi. Ikkinchidan, birinchi marta bunday keng ko‘lamli dastur Hukumat va xalq o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot orqali qabul qilindi. Avval uni qabul qilish strategiyasining loyihasi ommaviy axborot vositalarida va Internetda e’lon qilindi va har bir fuqaro o‘z fikrini bildirish, qarashlari bilan bo‘lishish va unga o‘zgartishlar kiritishga imkon yaratdi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda o‘zbek xalqi, jumladan, ekspertlar hamjamiyati vakillari, xususiy sektor, tadbirkorlar, nodavlat tashkilotlar, hatto xorijiy ekspertlar ham strategiyaning hammualliflari bo‘lishdi. Shu orqali xalq qaror qabul qilish jarayonida ishtirok etish uchun haqiqiy imkoniyatni qo‘lga kiritdi va bu umummilliy muhokama mavzusiga aylandi.
Uchinchidan, Strategiya nafaqat hujjat, balki haqiqiy harakatlar va aniq choralar uchun yo‘l xaritasidir. Bu balandparvoz gaplar yoki PR kampaniyasining populist deklaratsiyasi emas. Shu bois bugun biz O‘zbekistonda ijobiy va dinamik o‘zgarishlarni kuzatmoqdamiz. O‘zbekiston viloyatlariga ko‘plab tashriflar aholiga Prezident bilan muloqotga kirishish imkonini bermoqda. Hukumat va mintaqaviy darajada tez-tez o‘zgarishlar, shuningdek, islohotlarga moyil bo‘lgan yosh vazirlarni tayinlash O‘zbekiston rahbariyatining modernizatsiya qilishga qaratilgan jiddiy e’tiborini tasdiqlaydi.
To‘rtinchidan, O‘zbekiston Markaziy Osiyo bo‘yicha demografik ko‘rsatkichlari eng yirik bo‘lgan davlat hisoblanadi. Mintaqaning deyarli yarim aholisi O‘zbekiston fuqarosi hisoblanadi. Mustaqillikdan buyon O‘zbekiston aholisi 50 foizga (20 milliondan 32,5 milliongacha) oshdi. Bir so‘z bilan aytganda, mintaqadagi har ikkinchi odam O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi. Shunday qilib, Markaziy Osiyo aholisining yarmi rivojlanishning yangi bosqichiga o‘tdi.
Shu munosabat bilan, Strategiyani amalga oshirish nafaqat O‘zbekistonga, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. O‘zbekiston mintaqaning barcha davlatlari, jumladan, Afg‘oniston bilan chegaradosh. O‘zbekistonning faol mintaqaviy siyosati va butun dunyoga ochiqligi Markaziy Osiyoda yangi siyosiy voqea bo‘ldi.
BMT Bosh Assambleyasining 2017 yil sentabridagi murojaatida Sh.Mirziyoev O‘zbekiston zamonaviy tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ta’riflab, Markaziy Osiyo mintaqasi asosiy ustuvor yo‘nalish ekanligini ta’kidladi va buni "ongli ravishdagi tanlov" deb atadi. U "tinch va iqtisodiy jihatdan gullab- yashnayotgan Markaziy Osiyo bizning eng muhim maqsadimiz va asosiy vazifamiz", deb ta’kidladi. Bundan tashqari, Prezident Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining sammitini tashkillashtirish tashabbusi bilan davlatlararo aloqalarni kuchaytirishga alohida urg‘u berdi. U ta’kidlaganidek, "Prezidentlar muntazam maslahatlashuv uchrashuvlarini o‘tkazish" qo‘shnilar bilan yaqinlashish tendensiyasini mustahkamlashga yordam beradi.
Yuqorida keltirilgan fikrlarni tasdiqlab, Prezidentlikning dastlabki kunlaridan Sh.Mirziyoyev qo‘shnilar bilan o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirishga, Markaziy Osiyo davlatlarining barcha rahbarlari bilan ishonchli aloqalarni o‘rnatishga qaratilgan qat’iy va aniq qadamlar qo‘ydi.
2017 yilning dekabrida o‘tkazilgan Parlament majlisidagi tarixiy nutqida Shavkat Mirziyoyev tashqi siyosat sohasida o‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston xorijiy davlatlar bilan, birinchi navbatda, qo‘shni davlatlar bilan do‘stona va o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishda salmoqli natijalarga erishganini ta’kidladi.
Bundan tashqari, Toshkent "O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi - Markaziy Osiyo" tamoyilini amalga oshirishga kirishdi. Natijada mintaqada mutlaqo yangi siyosiy muhit yaratildi, o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilik asosida aloqalar mustahkamlandi.
Turkmaniston va Qirg‘iziston bilan Strategik hamkorlikka asoslangan aloqalar tuzildi. Qozog‘iston bilan strategik hamkorlikni yanada chuqurlashtirish uchun bir qator muhim hujjatlar qabul qilindi, 2 milliard dollarga teng bo‘lgan iqtisodiy
bitimlar imzolandi. Tojikiston bilan hamkorlik mustahkamlanmoqda. Toshkent va Dushanbe o‘rtasida havo aloqalari qayta yo‘lga qo‘yildi. Shu ma’noda Qirg‘iziston bilan Davlat Chegarasi to‘g‘risidagi Shartnomani imzolash Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘nalishidagi jiddiy qadam bo‘ldi. Juda qisqa vaqt ichida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 70 foizga, Tojikiston bilan 85 foizga, Qozog‘iston bilan esa 30 foizga oshdi. Qo‘shni Afg‘oniston bilan muhim va o‘zaro manfaatli bitimlar imzolandi, yangi iqtisodiy va ijtimoiy loyihalar bo‘yicha amaliy ishlar boshlangan.
Markaziy Osiyo bo‘yicha tahlilchi Ketrin Pus, "The Diplomat" gazetasida yozilishicha, ikki tomonlama aloqalarni tiklash jumboqning faqat bir qismidir, ikkinchisi - Toshkentning ko‘p tomonlama hamkorga aylana olishi. O‘zbekistonning mintaqa bilan kirishishga qaratilmagan va tashqi kuchlarga nisbatan muvozanatli tashqi siyosati Markaziy Osiyoda geosiyosiy muvozanatni, geosiyosiy plyuralizmni saqlab qolishning hal qiluvchi omili hisoblanadi. Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Prezidenti O‘zbekiston hech qanday harbiy blokning tarkibiga kirmasligini, chet eldagi harbiy bazalarning mamlakat ichida joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymasligini, chet eldagi harbiy operatsiyalarda qatnashmasligini tasdiqladi.
2017 yilda Prezidentimizning 21 ta oliy darajadagi tashriflari bo‘lib o‘tdi. Prezident 60 dan ortiq davlat va xalqaro tashkilotlar rahbarlari va vakillari bilan uchrashdi. Natijada 400 dan ziyod bitimlar tuzildi va umumiy hajmi 60 milliard AQSh dollariga teng savdo-sotiq shartnomalari imzolandi. Qabul qilingan hujjatlarni o‘z vaqtida tatbiq etish uchun xorijiy sheriklarimiz bilan birgalikda amalga oshirilayotgan 40 ta "yo‘l xaritalari" ishlab chiqildi.
O‘zbekiston Prezidenti so‘nggi 12 oy mobaynida respublikaning strategik hamkorlari, jumladan, Rossiya, Xitoy, AQSh, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Turkiya va boshqa davlatlarga rasmiy tashrif buyurdi.
Xulosa
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlik qayta tiklandi va Yevropa investitsiya banki bilan hamkorlik o‘rnatildi. Jaxon Banki, Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi, Osiyo Taraqqiyot Banki, Islom Taraqqiyot Banki kabi xalqaro moliya institutlari bilan o‘zaro hamkorlik dinamik xususiyat kasb etmoqda. Mamlakatdagi bu kabi ijobiy o‘zgarishlar xalqaro maydonda O‘zbekistonning nufuzini oshirmoqda.
Xulosa o‘rnida eslatib o‘tish joizki, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan bunday keskin o‘zgarishlar Toshkent bilan uning mintaqaviy va xalqaro hamkorlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun ishonchli poydevor yaratdi. O‘zbekiston hukumati o‘z innovatsion va samarali ichki va tashqi siyosatini tasdiqladi, bu nafaqat O‘zbekiston uchun, balki barqaror va ravnaq topgan Markaziy Osiyo uchun manfaatdor xorijiy sheriklar uchun muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston hukumati tasdiqlagan innovatsion va samarali ichki va tashqi siyosat nafaqat O‘zbekiston uchun, balki rivojlanayotgan va barqaror Markaziy Osiyoga qiziqish bildirgan xorijiy hamkorlar uchun ham muhim ahamiyatga ega.
|
| |