|
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev Pdf ko'rish
|
bet | 116/163 | Sana | 24.11.2023 | Hajmi | 2,73 Mb. | | #104925 |
Bog'liq 2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015Majmuayontomonida. Ma’lumki, XVI asrda, Shayboniylar hukmronligi
davrida Toshkent Movarounnaxrning yirik madaniy, savdo va hunarmandchilik
markaziga aylanadi. Xuddi shu davrda Shayx Kaffol Shoshiy qabri atrofi
obodonlashtirilib, uning ustiga maqbara bunyod etiladi. Maqbara atrofi hamda Eski
shaharning Sebzor qismi shayx nomi bilan Xazrati (Xasti) Imom deb atala
boshlanadi. XVI asrning 30-50 yillarida Xazrati Imom qabristoni hududida
Baroqxon madrasasi bunyod etilib, XV-XVI asr boshlariga oid ikki maqbara biri
nomsiz, ikkinchisi Suyunxo’ja maqbarasi bilan yagona majmuaga aylantiriladi.
Abdullaxon II mablagi hisobiga Kaffol Shoshiy maqbarasi ro’parasida shu yilda
vafot etgan Shoshiy avlodi bo’lmish Shayx Boboxoji sharafiga qo’sh uslubida
maqbara bunyod etiladi. Maqbara 1939-yilda buzib tashlangan.
Xazrati Imom majmuasida binolar qurilishi XIX asrda ham davom ettiriladi.
Xususan, 1856-1857-yillarda Baroqxon madrasasi ro’parasida Qo’qon xonining
Toshkentdagi hokimi Mirza Axmad Qushbegi Muyi Muborak madrasasini, uning
yonidagi shahar jome’ masjidlaridan biri-Tilla Shayx masjidini qaytadan qurdiradi.
XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida Kaffol Shoshiy maqbarasidan sharq
tomonda yirik Namozgoh masjidi quriladi. Obidaning eshigi ustida mayolik
pannoda usta va xattotning ismi she’riy tarzda fors tilida bitilgan. Inshoot bir necha
marta qayta ta’mirlangan.
(Ekskursantlarga tomosha qilish va rasmga tushishlari uchun 2 daqiqa vaqt
beriladi. Savollarga javob beriladi).
207
10.15-rasm.XazratiImomMajmuasi.
208
10.16-rasm.XazratiImomMajmuasi.
1
3
2
|
| |