• Tillakori majmuasi hovlisi.
  • Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev




    Download 2,73 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet99/163
    Sana24.11.2023
    Hajmi2,73 Mb.
    #104925
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   163
    Bog'liq
    2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

    TILLAKORI MAJMUASI (1646-1660-yillar) 
     
    Tillakori majmuasi peshtoqi.Hurmatli ekskursantlar! Qarshingizdagi 
    masjid-madrasa Registonning uchinchi tarafida Bahodir Yalangtush farmoniga 
    binoan 1646-1660-yillarda (14 yil davomida) qurilgan, Tillakori nomi bilan atalgan 
    yangi masjid-madrasa binosi hisoblanadi. Binoning bosh tomoni maydon tomonini 
    yopib, Registon maydonining ko‘rinishini mukammalashtirishi lozim edi. Asta-
    sekin to‘kilayotgan Bibixonim jome’ masjidining holati shunday darajada yomon 


    166 
    ediki, unda nomoz o‘qish xavfsiz emas edi. Shuning uchun Tillakori madrasasi va 
    hovliningg‘arb tarafida masjid qurilishihaqidaqarorqabulqilindi. Tillakori 
    masjidining qurilishi o‘n yilga yaqinlashganida Yalangtush Bahodir olamdan 
    o‘tadi. Boshlangan qurilishning nihoyasiga yetkazish e’tiborsiz qoldi. Masjid 
    qurilishi oxirigacha yetkazilmasdan, ikkinchi qavat bilan gumbaz berkitilmay 
    qoldi. Registonning qolgan ikki madrasasidan bu madrasa yoni old tomoni 
    yo‘llanmasi, ikki qator peshayvon mavjudligi, burchaklarda minoralar yo‘qligi 
    bilan ajralib turadi. Minoralar o‘rnini moviy gumbazchalar bilan yopilgan chiroq 
    o‘rinli kichik bo‘yli burjlar egallagan. Old tomonida peshayvonlar o‘rnatish uslubi 
    ikki tomondan yopiqo‘lkan devor va arkli peshtoqlar orasida mavjud binoning 
    maydon muhitidagi ma’nosini yanada kuchaytiradi. 
    O‘ng tomonda Shayboniylar dahmasi, keyin esa Chorsu «Toqi 
    telpakfurushon» ya’ni bosh kiyimlar sotiladigan rastani ko‘rishingiz mumkin.
    Hurmatli ekskursantlar keling Tillakori majmuasiga kirsak! 
    Tillakori majmuasi hovlisi. Hurmatli ekskursantlar! Tillakori majmuasining 
    qurilish va bezak uslublari O‘zbekiston me’morchilik obidalaridagi boy 
    an’analarning biridir. Tillakori masjid-madrasa qurilishining asosiy sababi 
    Bibixonim jom’e masjidining xaroba holatiga aylanganligi va shaharda namoz 
    o‘qish uchun katta masjid kerakligi sababli, aynan shu masjid-madrasa qurilishi 
    Samarqand hokimi Bahodir Yalangtush tashabbusi bilan boshlanadi. Noto‘g‘ri 
    shakldagi to‘rtburchak reja Registon maydoni tarafidan kirish peshtoqi va uchta 
    eshiklardan iborat. Hujralarhovlining uch tarafida va maydon tomonda joylashgan. 
    Masjidning boy naqshlarida tilla suvi yuritilgan va katta o‘rta xonadan iborat 
    (Tillakori so‘zi «tilla bilan qoplangan» degan ma’noga ega) bo‘lib, yana ikkita 
    yonbosh xonalardan tuzilgan, ularning tepasi ark va g‘isht ustunlaridagi gumbazlar 
    bilan yopilgan. 
    Aytib o‘tganimizdek, masjid-madrasa Samarqand hokimi Bahodir Yalangtush 
    farmoniga binoan quriladi. Ammo, Bahodir Yalangtush vafoti tufayli, 
    Tillakorining qurilishi oxirigacha yetkazilmaydi. Natijada yillar o‘tgan sayin 
    masjid-madrasaning umumiy ko‘rinishida nuqsonlar ko‘payib boradi. Ammo 


    167 
    shunga 
    qaramasdan, 
    Tillakori 
    masjid-madrasasi 
    Registon 
    maydonining 
    shakllanishiga bugungi kundagi takrorlanmas ansambl tashkil etilishiga olib keladi.
    Hurmatli ekskursantlar! Marhamat endi Tillakori masjid-madrasasining «Tilla 
    bilan qoplangan» deb nom olgan masjidi tomon yo‘l olsak.

    Download 2,73 Mb.
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   163




    Download 2,73 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Samarqand iqtisodiyot va servis instituti r. S. Amriddinova, N. E. Ibadullayev, G. R. Tursunova, O. I. Tuxliyev

    Download 2,73 Mb.
    Pdf ko'rish