• Kalit so‘zlar
  • Keywords
  • Xususiyatlariga doir mulohalazalar




    Download 0.64 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana14.03.2024
    Hajmi0.64 Mb.
    #171644
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Nurmetov Sardor Baxtiyorovich
    Tarixiy geografiya 14-22, Gumanitar fanlar fakulteti kurs ishi mavzu Amir Temurning,,Temu, 6-Mavzu, Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integrasiya fan, Reja kirish bet I bob. Chig`atoy ulusining tashkil topishi, 617f72b1db884 Tarix fanini o\'qitishda innovatsion texnologiyalar, Adabiyot oxirgi, Foydalanilgan adabiyotlar ro, Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo\'llash fan dasturi, Snoska, Snoska, Adabiyotlar ro\'yxati, 6-mavzu Kibermakon va diniy sohada rivojlanayotgan islohotlar, AKT Sillabus, 4amaliy1


    SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH 
    International scientific online conference 
    58 
    O‘ZBEKISTONDA BRONZA DAVRI AHOLI TURAR-JOYLARI TUZILISHI 
    XUSUSIYATLARIGA DOIR MULOHALAZALAR. 
    Nurmetov Sardor Baxtiyorovich 
    Urganch innovatsion university stayjor-oʻqituvchisi 
    Telefon raqam: +998970927111. 
    Elektron pochta: sardornur.7111@gmail.com. 
     
    Annotatsiya: Maqolada O‘zbekiston xo‘jalik-madaniy hududlarida bronza davri 
    turar-joylari xususiyatlari to‘g‘risida innovatsion yondashuvlarga asoslangan g‘oyalar 
    ilgari surilgan. 
    Резюме: В статье представлены основанные на новаторских подходах 
    представления об особенностях поселений эпохи бронзы в экономических и 
    культурных регионах Узбекистана. 
    Summary: The article presents ideas based on innovative approaches about the 
    characteristics of Bronze Age settlements in the economic and cultural regions of 
    Uzbekistan. 
    Kalit so‘zlar: Turon , Xorazm, Zarafshon, Tuyamo‘yin, Sulton Sanjar, Qo‘shbuloq , 
    Qarriqizil, Ulonbuloqsoy. 
    Ключевые слова: Туран, Хорезм, Заравшан, Туямойин, Султан Санжар, 
    Кошбулок, Каррикызил, Уланбулоксой. 
    Keywords: Turan, Khorezm, Zarafshan, Tuyamoyin, Sultan Sanjar, Koshbulok, 
    Karriqizil, Ulanbuloksoy. 
     
    Kirish 
    Turon pasttekisligi markazida tabiiy manbalar , muqaddas zamin, iqlim sharoiti, 
    geografik muhiti, ekologiya zaxirasi serobligi hamda sernam va serunum dehqonchlikka 
    qulay Toshkent, Farg„ona, Zarafshon, Qashqadaryo, Xorazm va Surxondaryo kabi hududlari 
    mavjudligi eng qadimgi davrdan boshlab ijtimoiy hayot rivojlanishiga qulay imkoniyat hosil 
    qilgan. Shu bilan birga O„zbekiston hududining geografik o„rni strategik ahamiyatga ega 
    ekanligi bilan Sharq hududlaridan farqlanish xususiyatiga ega. Arxeologik adabiyotlarda 
    qayd qilingan munosabatlardan ma‟lumki, geologik jarayonlar ta‟sirida O„zbekiston yer 
    yuzasi tuzilishi ikki geografik manzaradan, ya‟ni tog„li va tekislik hududlardan iboratdir. 
    Markaziy Osiyo hududlari kabi O„zbekistonda ashel davri quyi bosqichidan boshlab, 
    aholi joylashib bronza davrida mavjud bo„lgan tabiiy manzaradan o„z manfaatlarida 
    foydalanishga imkon bergan yer sathi va tekislikda yarim yerto„la shaklidagi manzilgohlar 
    xizmat qilgan. Darhaqiqat, miloddan avvalgi II mingyillik o„rtalaridan boshlab O„zbekiston 
    madaniy-xo„jalik hududlarida etnik munosabatlarda tub o„zgarishlar yuz berdi. Bronza davri 
    aholisining joylashishi turar-joylar tuzilishi ularning qurilish uslubida yuz bergan 
    o„zgarishlardan kelib chiqib, ularni ikki turga ajratish imkoniyatini hosil qildi. 


    SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH 
    International scientific online conference 
    59 
    1-tur. Sharq materigining mintaqasi bo„lgan Janubiy Turkmaniston qabilalarining bir 
    qismi tarix taqozosiga ko„ra , Surxon vohasiga kelib joylashib turar-joy qurilishida 
    binokorlik bilimlarini amalga oshirganlar. 
    2-tur. O„zbekistonning boshqa hududlari aholi turar-joylari rivojlanish xususiyatlari 
    bilan ajralib turadi. 
    O„zbekiston xo„jalik-madaniy hududlarida bronza davri jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy 
    va etnomadaniy munosabatlar rivojlanishiga eneolit davri aholisi natijalari asos bo„lishini 
    ikki tarixiy bosqichga ajratish mumkin. 
    1-bosqich. Miloddan avvalgi III mingyillik II yarmi – II mingyillik birinchi yarmi. 
    2-bosqich. Miloddan avvalgi II mingyilliklar II yarmi va oxiri. 
    Arxeologik adabiyotlarda qayd qilinishicha , Xorazm, Zarafshon hamda Toshkent 
    hududlarida istiqomat qilgan aholining yer sathi va yarim yerto„lalarda , qurilish ashyolari, 
    yog„och ustunlar, novdalari, qobiqlari, qamishdan bo„lgan chaylalarda kundalik 
    faoliyatlarini olib borilishi jarayonida eneolit davri xo„jalik an‟analari davom etgan. 
    Mazkur davrda Farg„ona vodiysida xo„jalik sohalarini olib borgan ziroatkor aholi 
    Chust manzilgohi tuzilishida farqlanish xususiyati mavjud bo„lgan. Surxondaryo hududi esa 
    etnik jarayonlar maydoniga aylangan emas. 
    O„zbekiston hududiga shimoliy tarafdan ko„chmanchi-chorvador qabilalarning , 
    Turkmaniston janublaridan esa ziroatkor qabilalarning Surxon vohasi shimoli-g„arbiy 
    hududiga kelib joylashib, yangi geografik sharoitda amaliy xo„jalik mashg„ulotlarini davom 
    ettirishganini yoritish nazarga olingan. 

    Download 0.64 Mb.
      1   2   3   4




    Download 0.64 Mb.
    Pdf ko'rish