Va diniy sohada rivojlanayotgan islohotlar




Download 19.9 Kb.
Sana14.09.2023
Hajmi19.9 Kb.
#81881
Bog'liq
6-mavzu Kibermakon va diniy sohada rivojlanayotgan islohotlar
Tarixiy geografiya 14-22, Gumanitar fanlar fakulteti kurs ishi mavzu Amir Temurning,,Temu, 6-Mavzu, Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integrasiya fan, Reja kirish bet I bob. Chig`atoy ulusining tashkil topishi, 617f72b1db884 Tarix fanini o\'qitishda innovatsion texnologiyalar, Adabiyot oxirgi, Foydalanilgan adabiyotlar ro, Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo\'llash fan dasturi, Snoska, Snoska, Adabiyotlar ro\'yxati, AKT Sillabus, 4amaliy1

Kibermakon va diniy sohada rivojlanayotgan islohotlar
Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari, 16 ta diniy konfessiya aʼzolari bag‘rikenglik tamoyili asosida tinch-totuv yashab kelishmoqda. Turli millat va din vakillarining har qanday tajovuzdan bexavotir o‘z ibodatlarini emin-erkin ado etishlari jamiyat barqarorligining muhim ko‘rsatkichlaridan sanaladi.
O‘zbekistonda islom maʼrifatini tarqatish, o‘tmish ajdodlarning boy maʼnaviy merosini yana-da chuqur o‘rganish olib borilayotgan diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan sanaladi. Bu borada O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi va Islom sivilizatsiyasi markazining tashkil etilishi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yilishi tarixiy ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonida ham «jaholatga qarshi maʼrifat» degan ulug‘vor g‘oya asosida din sohasidagi ilmiy-maʼrifiy faoliyatni jadal tashkil etish, buzg‘unchi g‘oyalarning asl mohiyati va maqsadlari haqida aholi, ayniqsa, yoshlarning xabardorlik darajasini oshirish kabi ustuvor yo‘nalishlar eʼtirof etilgan.
O‘zbekistonda o‘tgan uch yilda ekstremistik guruhlarga aloqadorligi uchun nazoratga olingan 20 mingdan ziyod fuqaro «maxsus hisoblar»dan chiqarildi. Taqiqlangan tashkilotlarga adashib kirib qolgan, qilmishiga pushaymon bo‘lib, tuzalish yo‘liga qatʼiy o‘tgan jazo muddatini o‘tayotgan 1000 ga yaqin fuqaro Prezidentning afv etish haqidagi farmonlari asosida har yili ozodlikka chiqarilmoqda.
Shuningdek, 2019-2020 yillarda tashkil etilgan “Mehr” operatsiyasi doirasida Yaqin Sharqning jangovar harakatlar olib borilayotgan hududlaridan 318 nafar ayollar va bolalar Vatanga qaytarildi. Taqiqlangan diniy oqimlar safiga qo‘shilib qolgan fuqarolarni jamiyatga qayta moslashtirish bilan bog‘liq tizimli ishlar muntazam olib borilmoqda.
O‘z navbatida, hukumat tomonidan islom dinini musaffoligini asrash, uni turli buzg‘unchi oqimlar g‘oyalaridan ayri ekanini yosh avlodga singdirishga qaratilgan tadbirlar ham tashkil etilmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida so‘zlagan tarixiy nutqi alohida eʼtiborga molik. Yurtboshimiz o‘z nutqida islom dinini zo‘ravonlik va qon to‘kish bilan bir qatorga qo‘yadiganlarni qoralab, ular bilan hech qachon murosa qilib bo‘lmasligini taʼkidlagan edi. Bu fikrning amaliy ifodasi o‘laroq BMT Xavfsizlik Kengashining 2017 yil 21 dekabrdagi 2396-sonli rezolyutsiyasida: «Terrorizm, zo‘ravon ekstremizm hech bir din, millat va sivilizatsiya bilan aloqador emas va bog‘liq holda talqin qilinmasligi kerak», deya qayd etildi.
Shu bilan birga O‘zbekiston tashabbusi bilan ishlab chiqilgan «Maʼrifat va diniy bag‘rikenglik» rezolyutsiyasi BMT Bosh Assambleyasining 2018 yil 12 dekabr kunidagi yalpi sessiyasida qo‘llab-quvvatlanib, bir ovozdan qabul qilindi.
O‘zbekiston tomonidan ilgari surilayotgan bu kabi ezgu g‘oyalar dunyoning nufuzli siyosatchilari, davlat va jamoat arboblari tomonidan ko‘tarinkilik bilan kutib olinmoqda. Xususan, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Bosh komissari Zayd al-Husayn o‘z intervyusida bugungi dinlararo va millatlararo notinchlik bo‘lib turgan tahlikali zamonda O‘zbekistondagi mavjud dinlararo va millatlaro totuvlik va diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlar turli davlatlar uchun o‘rnak bo‘lishga loyiq ekanligini qayd etib o‘tdi.
AQSHning J.Xopkins universiteti huzuridagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti prezidenti Frederik Starr hamda institut direktori Svante Kornell “O‘zbekiston: musulmon dunyosidagi islohotlar uchun yangi model” sarlavhali maqolada “Mintaqa islomning eʼtiqodiy markazi sifatida qaraladigan Yaqin Sharqdan qolishmagan holda, tarixiy, diniy va intellektual asoslariga ko‘ra, musulmon dunyosining markazi bo‘lishga haqli”, deya taʼkidlagan.
O‘z navbatida bu o‘zgarishlar respublikamizning xalqaro imijini yana-da yuksalishiga zamin hozirlaydi. Jumladan, 2020 yil dekabr oyida AQSHning Xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha komissiyasi (USCIRF) O‘zbekistonni maxsus kuzatuvdagi mamlakatlar ro‘yxatidan olib tashladi. Bu haqidagi xabarni AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo maʼlum qilgan.
Xususan, Pompeo o‘z bayonotda diniy erkinlik bu insonning ajralmas huquqi ekanini alohida taʼkidlab, «Maxsus kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati»da o‘zgarishlar bo‘lganini aytib o‘tgan.
«So‘nggi bir yil ichida O‘zbekiston hukumati erishgan muhim, aniq yutuqlarga asoslanib, O‘zbekistonni maxsus kuzatuv ro‘yxatidan chiqarilganligini eʼlon qilishdan mamnunman. O‘zbekistonning qonunlari va amaliyotdagi jasoratli islohotlari boshqalar uchun namuna bo‘lmoqda», deya Maykl Pompeo respublikamiz erishayotgan yutuqlarni eʼtirof etib o‘tgan.
Qayd etish lozimki, O‘zbekiston 2006 yildan 2018 yilgacha
«alohida xavotirdagi mamlakatlar ro‘yxati»da edi. Diniy erkinliklar borasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida mamlakatimiz 12 yildan so‘ng ushbu ro‘yxatdan chiqarilib, «Maxsus kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati»ga o‘tkazildi. Oradan ikki yil o‘tib, O‘zbekiston mazkur ro‘yxatdan to‘liq chiqarildi. Ushbu jarayon respublikamizda olib borilayotgan islohotlarning xalqaro eʼtirofi va ortga qaytmasligining tasdig‘idir.
Download 19.9 Kb.




Download 19.9 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Va diniy sohada rivojlanayotgan islohotlar

Download 19.9 Kb.