• Qabul qildi: Tuxsasinova Gulhayo Farg’ona – 2023 QADIMGI DUNYO FEODAL JAMIYATI VA ILK KAPITALIZMNING IQTISODIY TA’LIMOTLARI
  • «ishlab chiqarishda boshqaruv» fakulteti




    Download 125.92 Kb.
    bet1/4
    Sana06.11.2023
    Hajmi125.92 Kb.
    #94781
      1   2   3   4
    Bog'liq
    81-23 i.ch.b I.F REFERAT
    davlat-standarti-asosida-chizmalarni-taxt-qilish, Test tayyorlanishga (2), Asbobsozlik materiallari Qirindi hosil bo’lish jarayoni, Testlar to\'plami 2021, маруза, Referat Psixologiya fanidan Mavzu Temperament va uning tiplari, Хавоканд, MInimalizm uslubining milliy uylarimizdagi muhim jihatlari, ttb 6, Исокжонов Жамшидбек 89 А 20-гурух, xx asrning 60-80-yillarida ozbekistonda suv resurslaridan foydalanish muammolari, Саволлар Коллеж учун, betlik, 55555, lira

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM, FAN VA IONNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


    «ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV» FAKULTETI
    IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI fanidan

    WORKSHOP




    Bajardi: 81-23 guruh talabasi
    Boboyev Firdavs
    Qabul qildi: Tuxsasinova Gulhayo

    Farg’ona – 2023


    QADIMGI DUNYO FEODAL JAMIYATI VA ILK KAPITALIZMNING
    IQTISODIY TA’LIMOTLARI
    REJA:
    1.Ko‘hna Vaviloniya iqtisodiy fikrlari.
    2.«Avesto»dagi iqtisodiy fikrlar.
    3.Qadimgi Xindistondagi iqtisodiy ta’limotlar
    4.Qadimgi Xitoy iqtisodiy g‘oyalari.
    5.Antik dunyodagi iqtisodiy fikrlar.
    6.Qadimgi Rimdagi iqtisodiy qarashlar

    Iqtisodiy fan manbalarini avvalo jahon sivilizatsiyasining beshigi bo‘lgan qadimgi Sharqdan izlash mantiqan to‘g‘ridir.


    Iqtisodiy g‘oyalarning shakllanishi insoniyatning paydo bo‘lishi bilan bog‘langan, ammo hozirgi paytda qo‘l yozmalarda aks ettirilgan g‘oyalargina tahlil qilingan. Shu sababli iqtisodiy ta’limotlar tarixi quldorlik jamiyati paydo bo‘lishi bilan bog‘lanadi.
    Dastlabki iqtisodiy fikrlar quldorlik davridan e’tiboran yozuv paydo bo‘lishi bilanoq qadimgi dunyoda vujudga keladi. Miloddan 4 ming yil avval o‘sha davrning madaniyat o‘chog‘i hisoblangan Mesopotamiya va Misrda ilk yozuv kashf qilinadi. Bunga asosiy sabab shuki, bu yerda texnologik inqilob ro‘y berdi, metall qurollar ishlatila boshlandi, qishloq xo‘jaligida intensiv, ko‘p hollarda sug‘orma dehqonchilikka o‘tildi. Oqibatda jamiyatda mehnat taqsimotini rivojlantirishga, ko‘pgina hunarmandchilik sohalarining ajralib chiqishiga, sinfiy tabaqalanishga turtki bo‘ldi.

    1.Qadimgi Sharqda ancha rivojlangan davlatlardan biri Vaviloniya bo‘lgan.Undaxususiy mulkchilik va tovar-pul munosabatlari nisbatan tez rivojlana boshladi. Jamiyatdagi kishilar borgan sari ko‘proq tovar ayirboshlashga jalb qilinardi. Ularning ba’zilari sudxo‘rlar to‘riga ilinib, xonavayron bo‘ldi va qullarga aylandi. Jamiyatdagi erkin kishilarni sudxo‘rlardan himoya qilish maqsadida (ularning mulkini himoya qilish, savdo, ijara va boshqa shartlarini qonuniy ravishda rasmiylashtirish) xususiy, huquqiy munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish zarurati kuchaydi. Chunki erkin fuqarodan soliq to‘lash, sipohlikka olishda foydalanish mumkinedi. Qulllarning bunga haqlari yo‘q edi. Bu borada iqtisodiy fikrlar nuqtai nazaridan Eshnunn podshohi qonunlari (m.o. XX asr) va Hammurapi qonunlari (m.o. XVIII asr) ancha diqqatga sazovor.


    Eshnunn qonunlari matni asosiy mahsulotlarga qat’iy baho o‘rnatishdan boshlanadi. Bunda arpa, yog‘, teri, tuz, miss va boshqa mahsulotlarning kumushdagi narxi o‘rnatildi. Qat’iy narxning o‘rnatilishi qonun tuzuvchilarga yollanma va ijara haqi darajasini, jarima miqdorini, foiz normasini aniqlash imkonini berdi. Podsho qonunlari tovar-Qadimgi Vaviloniyada (Bobilda) Hammurapi (m.o. 1792-1750y., 18 asr) podsholik qilgan davrda tayyorlangan qonunlar to‘plami (jami 282ta) ancha obro‘ qozongan. Bu to‘plam Fransiya poytaxti Parijdagi mashhur muzey – Luvrda saqlanyapti. Nushasini BMT binosidagi muzeyda ham ko‘rish mumkin. Toshga o‘yib yozilgan muhim va qadimiy, tarixiy hujjatni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, mavjud davlat sinfiy va sotsial jihatdan ancha mukammal ajralgan.
    Qonun moddalarida Vavilon fuqarolarning mulkini himoya qilish, ijara, sudxo‘rlik va ishga yollash masalalari ko‘rib chiqilgan. Hammurapi qonunlarida fuqarolarning ulushi (yerlari) sotilishi man etiladi. «Sipoh yoki daromad to‘lovchiga tegishli bo‘lgan dala, uy, bog‘, - deyiladi qonunda, - kumushga sotilishi mumkin emas». Sudxo‘rlik faoliyati cheklangan, uning miqdori pulda 20, mahsulotda 33% dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Sudxo‘rlikning keng rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi asosiy omillaridan biri qarzdorlik uchun qullik muhlatining 3 yil Bilan cheklanishidir. ( 4 yilga unga erkinlik berilishi lozim bo‘lgan). Biroq sudxo‘rlikka qarshi qonunchilikda izchillik bo‘lmagan. Xususan, qarzdorni ozod etishda uni ishlab chiqarish yoki yashash vositalari Bilan ta’minlash nazarda tutilmagan. Hech qanday vositasi bo‘lmagach, ozod etilgan qarzdor Yana qayta sudxo‘rga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.
    Qonundagi asosiy maqsad – ishlab chiqarishni, birinchi navbatda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘lgan, ya’ni mehnatsiz daromad topishga qarshi kurashilgan. Umuman, xususiy mulkchilik, shu jumladan yerga bo‘lgan xususiy mulkchilik tan olingan. Birovning xususiy mulkiga ko‘z olaytirgan, unga zarar yetkazganlar iqtisodiy jihatdan jazolangan.pul munosabatlarining rivojlanishida ijobiy rol o‘ynadi.
    Qadimgi Vaviloniyada (Bobilda) Hammurapi (m.o. 1792-1750y., 18 asr) podsholik qilgan davrda tayyorlangan qonunlar to‘plami (jami 282ta) ancha obro‘ qozongan. Bu to‘plam Fransiya poytaxti Parijdagi mashhur muzey – Luvrda saqlanyapti. Nushasini BMT binosidagi muzeyda ham ko‘rish mumkin. Toshga o‘yib yozilgan muhim va qadimiy, tarixiy hujjatni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, mavjud davlat sinfiy va sotsial jihatdan ancha mukammal ajralgan.
    Qonun moddalarida Vavilon fuqarolarning mulkini himoya qilish, ijara, sudxo‘rlik va ishga yollash masalalari ko‘rib chiqilgan. Hammurapi qonunlarida fuqarolarning ulushi (yerlari) sotilishi man etiladi. «Sipoh yoki daromad to‘lovchiga tegishli bo‘lgan dala, uy, bog‘, - deyiladi qonunda, - kumushga sotilishi mumkin emas». Sudxo‘rlik faoliyati cheklangan, uning miqdori pulda 20, mahsulotda 33% dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Sudxo‘rlikning keng rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi asosiy omillaridan biri qarzdorlik uchun qullik muhlatining 3 yil Bilan cheklanishidir. ( 4 yilga unga erkinlik berilishi lozim bo‘lgan). Biroq sudxo‘rlikka qarshi qonunchilikda izchillik bo‘lmagan. Xususan, qarzdorni ozod etishda uni ishlab chiqarish yoki yashash vositalari Bilan ta’minlash nazarda tutilmagan. Hech qanday vositasi bo‘lmagach, ozod etilgan qarzdor Yana qayta sudxo‘rga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.
    Qonundagi asosiy maqsad – ishlab chiqarishni, birinchi navbatda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘lgan, ya’ni mehnatsiz daromad topishga qarshi kurashilgan. Umuman, xususiy mulkchilik, shu jumladan yerga bo‘lgan xususiy mulkchilik tan olingan. Birovning xususiy mulkiga ko‘z olaytirgan, unga zarar yetkazganlar iqtisodiy jihatdan jazolangan.


    Download 125.92 Kb.
      1   2   3   4




    Download 125.92 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «ishlab chiqarishda boshqaruv» fakulteti

    Download 125.92 Kb.