Samarqand iqtisodiyot va servis instituti




Download 84.55 Kb.
bet8/8
Sana23.10.2023
Hajmi84.55 Kb.
#89951
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Malakaviy amaliyot hisoboti-hozir.org
O’zbekistonrespublikasiaxborottexnologiyalarivakommunikatsiyalar-fayllar.org, 10-Mavzu. Mashinali o\'qitishda o’rgatuvchi tanlanma (Dataset). M
Bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʼzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʼyiladigan minimal talablar toʼgʼrisida
NIZOM

Mazkur Nizom Oʼzbekiston Respublikasining «Oʼzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʼgʼrisida»gi Qonuni hamda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 martdagi PQ-3620-son «Bank xizmatlari ommabopligini oshirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida»gi qaroriga muvofiq bank xizmatlari isteʼmolchilarining huquq va manfaatlarini himoyalash maqsadida bank xizmatlari isteʼmolchilari (bundan buyon matnda isteʼmolchilar deb yuritiladi) bilan munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) faoliyatiga qoʼyiladigan minimal talablarni belgilaydi.


1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: isteʼmolchilar — bank xizmatidan foydalanish istagida bankka murojaat qilgan, ushbu xizmatdan foydalanayotgan yoki oldin foydalangan jismoniy yoki yuridik shaxslar;
shaxsiy kabinet — bankning rasmiy veb-saytida joylashtirilgan, isteʼmolchiga bank xizmatini koʼrsatish shartnomasi boʼyicha oʼz majburiyatlarini bajarishi yuzasidan axborot olish, shuningdek Internet tarmogʼidan foydalangan holda xabarlar almashish orqali bank bilan oʼzaro hamkorlik qilish imkonini beruvchi axborot resursi;
murojaat — isteʼmolchi (yoki uning vakili) tomonidan ogʼzaki, yozma yoki electron shaklda bankka yuborilgan bank xizmatlarini koʼrsatishga taalluqli ariza, shikoyat yoki taklif.
2. Isteʼmolchilar bank va bank xizmatlarini erkin tanlash huquqiga ega.
Bank tomonidan bir xizmatning isteʼmolchiga qoʼshimcha xizmatdan foydalanish sharti bilan koʼrsatilishi taqiqlanadi.
3. Bank xizmatlari bank va isteʼmolchi oʼrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq koʼrsatiladi.
Shartnomalarning matni isteʼmolchilar tushunishi uchun aniq va sodda tarzda bayon etilishi va kompьyuter vositasida bosib chiqarishda «Times New Roman» 12 oʼlchamli shriftdan kam boʼlmagan yoki shunga oʼxshash shriftni qoʼllagan holda Misrosoft Word matn redaktoridan foydalanilishi lozim.
Isteʼmolchilar tanloviga koʼra shartnoma matni davlat yoki rus tilida tuzilishi mumkin.
2-bob. Isteʼmolchiga axborot berishning minimal talablari
1-§. Maʼlumotlar berishning umumiy minimal talablari
4. Bank tomonidan koʼrsatiladigan barcha xizmatlar toʼgʼrisida maʼlumotlar isteʼmolchiga oshkor etilishi lozim.
Xizmatlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlar tijorat yoki bank sirini oʼz ichiga olmasligi zarur.
5. Bank xizmatlarini taqdim etish shartlarining oʼzgarishi haqidagi maʼlumot bankning rasmiy veb-saytida joylashtirilishi hamda bankning axborot stendlarida doimiy ravishda joylashtirilib borilishi kerak.
6. Isteʼmolchilarga bank xizmatlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlar shartnomalar tuzilishidan avval bepul taqdim etilishi va tanishtirilishi shart.
7. Bank tomonidan isteʼmolchilarga bank xizmatlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlar davlat va rus tillarida yetkaziladi. Bank xizmatlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlarning matni loʼnda, oddiy va ravon tilda bayon etilishi kerak.
8. Isteʼmolchilarga bank tomonidan koʼrsatiladigan xizmatlar toʼliq va toʼgʼri tushuntirilishi lozim.
Bank xizmatlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlar qogʼoz shaklda berilganda «Times New Roman» 12 oʼlchamli shriftdan kam boʼlmagan yoki shunga oʼxshash shriftni qoʼllagan holda Misrosoft Word matn redaktoridan foydalanish kerak.
9. Bank tomonidan kredit boʼyicha xizmat koʼrsatish davrida isteʼmolchining ogʼzaki yoki yozma soʼrovi olingan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida unga quyidagi axborotlar yozma shaklda oyda bir marta bepul taqdim etiladi:
kreditlash limiti;
kredit boʼyicha toʼlangan pul mablagʼlari summasi;
asosiy summa boʼyicha qarz qoldigʼi;
navbatdagi toʼlovlarning miqdori, tarkibi va muddatlari (toʼlovlar jadvali);
kreditni muddatidan oldin qisman yoki toʼliq soʼndirish istagi bildirilgan taqdirda toʼlash lozim boʼlgan summalar miqdori;
muddati oʼtkazib yuborilgan qarzdorlik miqdori va tarkibi;
kelib tushayotgan pul mablagʼlari kredit boʼyicha qarzni soʼndirishga yoʼnaltirilishi haqida axborotlar.
10. Bank isteʼmolchining talabiga koʼra quyidagi hujjatlarning bank tomonidan tasdiqlangan nusxalarini bepul (bitta bank xizmatini koʼrsatish shartnomasi boʼyicha bir marta) berishga majbur: bank va isteʼmolchi tomonidan imzolangan bank xizmatini koʼrsatish haqidagi shartnomasini;
isteʼmolchi tomonidan berilgan ariza (agar qonun hujjatlariga muvofiq bunday arizaning rasmiylashtirilishi majburiy boʼlsa yoki bankning ichki qoidalariga asosan bank xizmatini koʼrsatish toʼgʼrisidagi shartnomani tuzish chogʼida bunday arizani rasmiylashtirilishi shart boʼlganda);
isteʼmolchiga kredit berilganligini tasdiqlovchi hujjat (order, toʼlov topshiriqnomasi, elektron toʼlov vositasiga pul mablagʼlari oʼtkazilganligi toʼgʼrisida maʼlumotnoma);
kredit shartnomalari boʼyicha isteʼmolchi tomonidan majburiyatlari toʼliq bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat (maʼlumotnoma).
Bank isteʼmolchining talabiga koʼra mazkur bandda nazarda tutilgan hujjatlarni ularni tayyorlash xarajatlaridan oshmaydigan haq evaziga cheklanmagan tarzda taqdim etishi mumkin. Bunday hujjatlarni taqdim etishning imkoni mavjud boʼlmagan taqdirda, bu haqida bank tomonidan isteʼmolchiga asosli ravishda yozma xabar berilishi kerak.
11. Bank isteʼmolchilarga maʼlumot berish uchun bank xizmatini koʼrsatish shartnomasini tuzish chogʼida ular bilan bogʼlanish aloqa vositalarini kelishib olishi va ushbu aloqa vositalari orqali bogʼlanish imkoniyatini taʼminlashi lozim.
12. Isteʼmolchining tegishli soʼrovi bankda roʼyxatdan oʼtkazilgan kundan boshlab oʼn ish kuni ichida bank xizmatini koʼrsatish haqidagi shartnoma, isteʼmolchi tomonidan berilgan ariza va isteʼmolchiga kredit berilganligini tasdiqlovchi hujjat hamda bir ish kuni ichida kredit shartnomalari boʼyicha isteʼmolchi tomonidan majburiyatlari toʼliq bajarilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi.
2-§. Bankning rasmiy veb-saytida axborot berish xususiyatlari
13. Bank oʼzining rasmiy veb-saytiga ega boʼlishi shart.
14. Bankning rasmiy veb-saytida saytning tuzilishini bayon etuvchi, ushbu tuzilmadagi rasmiy veb-saytning har bir sahifasi joylashgan joyni qulay shaklda aniqlash imkonini beruvchi boʼlim boʼlishi kerak.
15. Bankning rasmiy veb-sayti Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 2 iyuldagi 176-son qarori bilan tasdiqlangan Аktsiyadorlik jamiyatlarining korporativ veb-saytlariga qoʼyiladigan talablar toʼgʼrisidagi nizomga muvofiq boʼlishi kerak.
16. Bankning rasmiy veb-saytidagi axborotdan foydalanishda: isteʼmolchilar zarur maʼlumotlardan xohlagan paytida tanishib chiqish va undan foydalanish imkoniga ega boʼlishi kerak. Maʼlumot bilan tanishganlik yoki undan boshqacha tarzda foydalanganlik uchun haq undirilmasligi hamda boshqa cheklovlar qoʼyilmasligi lozim;
isteʼmolchi maʼlumot bilan bepul va keng tarqalgan dasturiy taʼminot yordamida foydalanish imkoniga ega boʼlishi lozim;
axborot shifrlangan yoki boshqa vositalar orqali himoyalangan boʼlmasligi kerak;
bank oʼz rasmiy veb-saytida joylashtirilgan axborotdan (isteʼmolchining shaxsiy kabinetida joylashtirilgan axborotdan tashqari) foydalanish uchun isteʼmolchidan roʼyxatdan oʼtish yoki shaxsiy maʼlumotlarini taqdim etishini, shuningdek u bilan turli xil bitimlar tuzishni talab qilishga haqli emas.
17. Bank rasmiy veb-saytining mazkur bank va koʼrsatilayotgan bank xizmatlari shartlari toʼgʼrisida axborotlarni oʼz ichiga olgan boʼlimiga veb-saytning bosh sahifasidan giperhavolalar orqali bir oʼtishda kirish uchun imkoni yaratilgan boʼlishi kerak.
18. Bank isteʼmolchiga uning shaxsiy kabinetida kredit shartnomasi boʼyicha isteʼmolchi bilan tuzilgan shartnoma va unga kiritilgan oʼzgartirishlar hamda mazkur Nizomning 9-bandida koʼrsatilgan maʼlumotlardan foydalanish imkoniyatini taʼminlab berishi shart.
3-§. Bank faoliyatga oid reklama tusidagi axborotlar berish
19. Reklama tusidagi axborot isteʼmolchining ishonchini suiisteʼmol qilmaydigan tarzda va (yoki) isteʼmolchining tajribasi va bilimi yetishmasligidan foydalanishni koʼzlamagan holda taqdim etilishi lozim.
20. Reklama tusidagi axborot bevosita yoki bilvosita, ikki xil maʼnoda qoʼllash yoki oshirib koʼrsatish vositasida isteʼmolchini chalgʼitishi, xususan bank xizmatining shartlari yuzasidan isteʼmolchining tanloviga taʼsir oʼtkazmasligi kerak.
21. Reklama beruvchi bank Internet tarmogʼida kontekstli reklamani joylashtirishda boshqa kredit tashkilotining firma nomi va (yoki) tovar belgisidan kalit soʼzlar sifatida foydalanishi mumkin emas.
22. Reklama beruvchi bank isteʼmolchiga notoʼgʼri axborot taqdim etilishiga yoʼl qoʼymaslik maqsadida oʼz rasmiy veb-saytini boshqa kredit tashkilotining ilgari eʼlon qilingan rasmiy veb-saytiga oʼxshatib niqoblamasligi kerak.
4-§. Isteʼmolchiga beriladigan axborotning minimal hajmi
23. Bankning axborot stendlarida va rasmiy veb-saytida quyidagi axborotlar joylashtirilishi shart: bankning toʼliq va qisqartirilgan nomi, manzili, filiallari manzillari, ish vaqti, bogʼlanish uchun aloqa telefonlari, rasmiy veb-sayti va elektron pochta manzili;
mazkur Nizomning matni;
isteʼmolchilarga bank xizmatlarini koʼrsatish tartibi, shartlari va qiymati, shu jumladan bank xizmati boʼyicha shartnoma va boshqa hujjatlar shartlarini izohlab berilgan matni;
bank operatsiyalari boʼyicha tariflar, foiz stavkalari va vositachilik haqlari toʼgʼrisida;
isteʼmolchilar murojaatlarini koʼrib chiqish tartibi, shu jumladan murojaat qilish usullari va ular yoʼllanadigan manzillar toʼgʼrisida;
isteʼmolchining huquqlarini himoya qilish usullari, shu jumladan nizoni sudgacha hal etish imkoniyati va usullari haqida.
24. Bank isteʼmolchini taraflarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi haqida xabardor qilishi, shuningdek isteʼmolchining talabiga koʼra mazkur Nizomning 23- bandida koʼrsatilgan axborotni taqdim etishi shart.
Taqdim etilayotgan xizmatlarning shartlari va qiymati haqidagi axborotni berishni rad etishga yoʼl qoʼyilmaydi.
25. Bank omonati shartnomasi shartlariga omonatchining huquq va qonuniy manfaatlariga daxl qiladigan oʼzgartirishlarni bank tomonidan bir tomonlama kiritilishiga yoʼl qoʼyilmaydi.
26. Bank omonati shartnomasi tuzilgunga qadar bank isteʼmolchiga ogʼzaki tarzda quyidagi axborotni taqdim etadi:
omonat turi (talab qilib olguncha, muddatli, jamgʼarma);
omonat muddati (mavjud boʼlganda);
omonatning eng kam summasi;
mukofot stavkalari;
qoʼshimcha bitim tuzmagan holda omonat muddatini uzaytirish shartlari;
omonatni toʼldirish imkoniyati;
omonatni toʼliq yoki qisman muddatidan oldin qaytarib olish shartlari;
bank omonati shartnomasi boʼyicha nazarda tutilgan bank va isteʼmolchining huquq va
majburiyatlari, ularning javobgarligi toʼgʼrisida.
27. Kredit shartnomasi tuzilgunga qadar bank isteʼmolchiga quyidagi axborotni
taqdim etadi: kreditning eng koʼp miqdori va valyutasi, shu jumladan chet el valyutasi bilan bogʼliq ehtimoliy tavakkalchiliklari (chet el valyutasi boʼyicha kurslar oʼzgarishi natijasida yuzaga keladigan moliyaviy yoʼqotish bilan bogʼliq tavakkalchilik) haqida ogohlantiradi;
kreditdan foydalanish muddati;
foiz stavkasining yillik nominal qiymati, shuningdek isteʼmolchi murojaat qilgan sanadagi yillik real foiz stavkasining miqdori;
vositachilik haqlari, tariflar va kredit olish hamda unga xizmat koʼrsatish bilan bogʼliq boʼlgan boshqa toʼlovlarning batafsil roʼyxati va miqdorlari;
kredit shartnomasi boʼyicha majburiyatlar bajarilmagan taqdirda isteʼmolchining javobgarligi va tavakkalchiliklari;
garovga qoʼyuvchi, kafil (kafolat beruvchi) va kredit shartnomasining tarafi hisoblangan boshqa shaxsning javobgarligi;
bank va isteʼmolchining huquqlari va majburiyatlari, shu jumladan muddati oʼtkazib yuborilgan qarzdorlikni undirish jarayonida isteʼmolchining huquqlari, shuningdek bank xizmatlarini koʼrsatish shartnomasida koʼzda tutilgan taraflarning javobgarligi haqidagi maʼlumotlar.
28. Bank isteʼmolchini quyidagi omillarni hisobga olgan holda oʼz moliyaviy
ahvolini tahlil qilishi zarurligi toʼgʼrisida ogohlantirishi lozim:
isteʼmolchining qarz yuki joriy moliyaviy ahvoliga mos kelishi;
bank xizmatini koʼrsatish shartnomasida koʼrsatilgan majburiyatlarini bajarishi uchun taxminan qaysi muddatlarda va qancha miqdorda pul mablagʼlari kelib tushishi kutilayotganligi (masalan, jismoniy shaxslar uchun — ish haqi toʼlanishi, boshqa daromadlar olishi davriyligi);
kredit shartnomasi boʼyicha oʼz majburiyatlarini bajara olmasligiga olib kelishi mumkin boʼlgan yengib boʼlmas kuch taʼsiridagi vaziyatlar va boshqa holatlar yuz berishi ehtimoli (shu jumladan jismoniy shaxslar uchun — ishini yoʼqotish, oʼziga bogʼliq boʼlmagan sabablarga koʼra ish haqi va boshqa turdagi daromadlarni kechikib olishi, ishga joylashishi, sogʼligʼining yomonlashganligi natijasida daromadlarining tushib ketishi).
29. Bank isteʼmolchi kredit shartnomasi boʼyicha oʼz majburiyatlarini lozim darajada bajarmasligi bilan bogʼliq tavakkalchiliklar toʼgʼrisida, shu jumladan isteʼmolchiga nisbatan majburiyatlarni buzganligi uchun qoʼllaniladigan neustoyka (jarima, penya) va ularning natijasida isteʼmolchining xarajatlari summasi oshishi ehtimoli toʼgʼrisida axborot beradi.
30. Bank soʼroviga javoban isteʼmolchi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar — tuzilayotgan kredit shartnomasining shartlariga taʼsir koʼrsatishi mumkinligi haqida isteʼmolchi ogohlantirilishi zarur.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, T.: “O‘zbekiston”, 2010.
2. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi T.: “O‘zbekiston”, 1999.
3. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi qonun, T.: “O‘zbekiston”, 1995.
4. O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni, T.: “O‘zbekiston”, 1996.
5. O‘zbekiston Respublikasining “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi qonun, T.: “O‘zbekiston”, 2006..
6. O‘zbekiston Respublikasining “Foizlarni o‘stirmaslik to‘g‘risida”gi Nizomi Adliya Vazirligida 2004-yil 1-yanvarda 1304-son bilan ro‘yxatga olingan.
7. O‘zbekiston Respublikasining “Tijorat banklarida foizlarni hisoblash to‘g‘risida”gi Nizomi, Adliya Vazirligida 2004-yil 30-yanvarda 1306-son bilan ro‘yxatga olingan.
8. “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisob varaqalari rejasi”, Adliya Vazirligida 2004-yil 13-avgustda 773-17-son bilan ro‘yxatga olingan.
9. Karimov I.A. “Bank tizimi, pul muomalasi, kredit, investitsiya va moliyaviy barqarorlikda”, T.: “O‘zbekiston”, 2005.
10. Abdullaeva Z.Sh “Pul va pul tizimi”, T.: “O‘zbekiston”, 2010.
11. Muratov R.S. va boshq. Korxona iqtisodiyoti. – T.: Fan. 2014. – 424 b.

12. Xotamov I.S., Sa’dulloyev H.I.. Marketing faoliyatini tahlil qilish va istiqbollash. Darslik. Toshkent – “Iqtisodiyot” – 2012


http://hozir.org
Download 84.55 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 84.55 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Download 84.55 Kb.