• I. MEMORАNDUMNING MАQSАDI
  • II. HАMKORLIK SHАKLLАRI VА YO‘NАLISHLАRI
  • Samarqand viloyati xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazi hamda Sharof Rashidov nomli Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorаndum




    Download 50.5 Kb.
    bet1/2
    Sana26.02.2024
    Hajmi50.5 Kb.
    #162780
      1   2
    Bog'liq
    Меморандум СамГУ
    TEST, dakument 2, veb-kvest-tehnologiya, Kembrij, {teacherscom library} EFL Grade 4 Guess What SB, inklyuziv-ta-lim-va-yangicha-pedagogik-yondashuvlar, 8-мавзу маруза, Metodbirlashma matn, vystuplenie na mmo28.08.2018g. veb-kvestyryabova i a, 3-kurs 2-ОТ амалиёт дафтари, Jurabek dis oxirgi var-конвертирован, 11 sinf Ingliz tili imtihon javoblari 2023 Английский язык 11 класс, Ta’lim jarayonini takomillashtirishga yo‘naltirilgan raqamli texnologiyalardan, Axborot, Academy Stars 1 WB www.frenglish.ru

    Samarqand viloyati xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazi hamda Sharof Rashidov nomli Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida
    MEMORАNDUM

    Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi direktori birinchi tomon va Sharof Rashidov nomli Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti ikkinchi tomon sifatida mazkur Memorandumni tuzdilar.


    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son, 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-6108-son Farmonlari hamda Samarqand viloyati pedagorni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazining Nizomi, markaz ustaviga asoslangan holda tomonlarning hamkorlik qilishga doir vakolatlari doirasida hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha quyidagilar to‘g‘risida kelishib oldilar:


    I. MEMORАNDUMNING MАQSАDI
    1.1. Qonun hujjatlariga muvofiq berilgan vakolatlar doirasida belgilangan vazifalarni o‘z muddatlarida va sifatli bajarish hamda o‘zaro kelishilgan tadbir va dasturlarning ijrosini taʼminlashda ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni amalga oshirish va rivojlantirish.
    1.2. Markaz va Universitet hamkorlikda xalq taʼlimi sohasidagi muammolarni birgalikda muhokama qilish va ularga yechim izlab topish mexanizmini yo‘lga qo‘yish va mazkur sohani rivojlantirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish.
    1.3. Taʼlim, ilm-fanni rivojlantirish, ilmiy va innovatsion salohiyatdan samarali foydalanish, professional taʼlimning sifat jihatdan yangi darajaga olib chiqish va qo‘shma innovatsion loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek xorijiy grant va loyihalarda ishtirok etishda amaliy yordam ko‘rsatish.
    II. HАMKORLIK SHАKLLАRI VА YO‘NАLISHLАRI
    2.1. Memorandumning samaradorligini oshirish maqsadida quyidagi shakllar va yo‘nalishlarda amalga oshiradilar:
    - ijtimoiy-madaniy tadbirlar, konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari, mahorat darslari, ijodiy uchrashuvlar va boshqalarni tashkil yetish va o‘tkazish. O‘quv, ilmiy, uslubiy va ixtisoslashtirilgan adabiyotlar, davriy nashrlar almashinuvi;
    - qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga taʼlim sohasida seminar-treninglar va ilmiy amaliy konferensiyalarga jalb qilishda amaliy yordam ko‘rsatish;
    - taʼlim sohasida ilg‘or innovatsiyalarni joriy etish yo‘nalishida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
    - qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilarida ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, Internet global tarmog‘idan samarali foydalanish kompetensiyalarini rivojlantirish;
    - qayta tayyorlash va malaka oshirish instituti tomonidan amalga oshirilayotgan yangiliklardan keng jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida tadbirlarni hamkorlikda o‘tkazish va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlik qilish.
    2.2. Mazkur Memorandumning maqsad va vazifalariga erishish uchun Tomonlar, zarur hollarda o‘z vakillari orasidan Ishchi guruhlarini tuzish, shuningdek, davlat organlari, taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari, NNT va ommaviy axborot vositalaridan mutaxassislarni jalb qilishlari mumkin.
    2.3. Mazkur Memorandumning maqsadlaridan kelib chiqib, Tomonlar kelishuvga ko‘ra qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan hamkorlikning boshqa shakllaridan foydalanishlari mumkin.



    Download 50.5 Kb.
      1   2




    Download 50.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Samarqand viloyati xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazi hamda Sharof Rashidov nomli Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorаndum

    Download 50.5 Kb.