• Klaviatura
  • Malumotlar qanday saqlanadi
  • Kompyuter qanday tuzilgan?




    Download 1.32 Mb.
    bet6/10
    Sana05.01.2023
    Hajmi1.32 Mb.
    #37508
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Informatika 5 6 sinf bo\'sh o\'zlashtiruvchi Kampyuter savodxonligi
    Faoliyat xavfsizligini taminlashning ergonomik ko`rsatgichlarini-fayllar.org, 6-Mavzuga topshiriq, mineral hosil qiluvchi geologik jara, 0f66881c3e7a8b6859b208ee098baf7316c60158 (1), 3-hisob grafik ishi, operatsion tizimlar-1ish, ABDULLA QODIRIYNING «O’TGAN KUNLAR», ФАЛСАФА (1), 1698216677 (2), 221-I 26.04.1996
    Kompyuter qanday tuzilgan?
    Kompyuter ko'rinishidan uch asosiy bo'lakdan iborat:
    Monitor deb ataluvchi qurilma televizor ekraniga o'xshash vazifani bajaradi, ya'ni chizilayotgan rasm, yozilayotgan harflar, ko'rilayotgan film unda namoyon bo'ladi.
    Monitor har xil ko'rinishlarda bo'lishi mumkin:
    Klaviatura ustiga harf, son va boshqa belgilar yozilgan. Uning yordamida kompyuterga turli ma'lumot va buyruqlar kiritiladi.
    Sistema bloki himoya g'ilofiga o'ralgan elektron sxemalar va qurilmalardan iborat. Elektron sxemalar yaxlit asosga yig'ilgan bo'lib, asosiy plata deyiladi.
    Asosiy plataga kompyuterning boshqa qurilmalarini ulash mumkin. Kompyuterning eng asosiy xususiyatini asosiy platada joylashgan protsessor deb ataluvchi elektron sxema belgilaydi.
    U kompyuterning barcha qurilmalari ishini boshqaradi. Protsessorning turiga qarab kompyuterga baho beriladi. Masalan, Intel Pentium 4 protsessori hozircha eng kuchli protsessor hisoblanadi.
    Ma'lumotlar qanday saqlanadi?
    Biz ma'lumotlarni (kino, klip, qo'shiq, musiqa, rasmlar, hikoyalar, referatlar) daftarlar, kitoblar, magnit tasmalar va boshqa vositalar yordamida uzoq vaqt saqlay olamiz. Kompyuterda ham ma'lumotlarni uzoq vaqt saqlab qo'yish imkoniyati bor. Buning uchun asosan magnit disklar va kompakt disklar ishlatiladi. Magnit disklarning qattiq va egiluvchan turlari bor.
    Qattiq disklar vinchester deb atalib, odatda u sistema blokida joylashtiriladi. Egiluv­chan disklar disket deb atalib, asosan bir kompyuterdan boshqasiga ma'lumotlarni ko'chirish uchun ishlatiladi. Disketlarga ma'lumot yozish va undagi ma'lumotni o'qish diskyuritgich (diskovod) qurilmasi yordamida amalga oshiriladi.Vinchesterlarda disketlarga nisbatan bir necha ming marta ko'p ma'lumot saqlash mumkin. Kompakt disklardagi ma'lumotlarni o'qish uchun CD-ROM qurilmasi ishlatiladi.
    Vinchester, kompakt disk va disketlardagi ma'lumotlar kompyuter elektr manbasidan uzilgan holda ham saqlanib qoladi. Shu sababli ularni umumiy nom bilan kompyuterning tashqi xotirasi deb ataymiz.

    Download 1.32 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 1.32 Mb.